{"id":18427,"date":"2024-07-13T13:08:51","date_gmt":"2024-07-13T10:08:51","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=18427"},"modified":"2024-07-13T13:08:53","modified_gmt":"2024-07-13T10:08:53","slug":"ozbekiston-pensiya-tizimi-muammolar-reytinglar-va-isloh-qilish-yollari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=18427","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston pensiya tizimi: muammolar, reytinglar va isloh qilish yo\u2018llari"},"content":{"rendered":"<div class=\"entry-content\">\n<p><strong>O\u2018zbekiston\u00a0<\/strong><strong>\u201c<\/strong><strong>Allianz Pension Ranking 2023<\/strong><strong>\u201d<\/strong>\u00a0pensiya reytingidagi\u00a0<strong>75<\/strong>\u00a0<strong>ta<\/strong>\u00a0mamlakatlar qatorida\u00a0<strong>71-o\u2018rinni<\/strong>\u00a0egallagan (<em>Qozig\u2018iston 34-o\u2018rinda, Rossiya \u2013 37, Turkiya \u2013 59-o\u2018rinda<\/em>). Mazkur reyting uchta sub-indekslarga asoslangan, bular:\u00a0<strong>bazaviy sharoitlar<\/strong>,<strong>\u00a0barqarorlik\u00a0<\/strong>va\u00a0<strong>pensiya tizimining monandligi<\/strong>. Ular\u00a0<strong>1<\/strong>\u00a0dan\u00a0<strong>7<\/strong>\u00a0gacha bo\u2018lgan shkala bo\u2018yicha baholanadi (<em>bunda 1 \u2013 eng yuqori baho<\/em>). O\u2018zbekistonning umumiy bahosi 4,5 ni tashkil etgan. (<em>bazaviy sharoitlar bo\u2018yicha 4,4; barqarorlik bo\u2018yicha 3,6 va monandlik bo\u2018yicha 5,3<\/em>)<strong>. Strategik islohotlar agentligi\u00a0<\/strong>mazkur holat sabablari va pensiya tizimi yaxshilash imkoniyatlarini\u00a0\u00a0<a href=\"https:\/\/asr.gov.uz\/news\/11896\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">https:\/\/asr.gov.uz\/news\/11896<\/a><\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda pensiya badallari darajasi (<em>12-25%<\/em>) boshqa mamlakatlarga\u00a0<strong>nisbatan yuqori<\/strong>\u00a0hisoblanadi. Biroq to\u2018lovlarning yalpi koeffitsiyenti (<em>55%<\/em>) o\u2018rtacha. Ushbu ko\u2018rsatkich ishchining o\u2018rtacha ish haqiga nisbatan olingan o\u2018rtacha pensiyani ko\u2018rsatadi. Bu nomuvofiqlik fuqaro pensiya badallaridan ko\u2018p mablag\u2018 olmayotgani va pensiyalar juda past ekanligini anglatadi. Bundan tashqari, O\u2018zbekistonda norasmiy bandlik yuqori bo\u2018lgani sababli pensiya ta\u2019minoti tizimining qamrovi past bo\u2018lib \u2013 38%ni tashkil etadi. Pensiya mexanizmlari sifatida foydalanish mumkin bo\u2018lgan rasmiy moliyaviy xizmatlar ommabopligi ham past.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston pensiya tizimi majburiy badallar bo\u2018yicha belgilangan to\u2018lov tizimidan iborat bo\u2018lib, borgan sari davlat byudjetidan ko\u2018proq moliyalashtirilmoqda.<\/p>\n<p>So\u2018nggi 10-yilda Pensiya jamg\u2018armasi daromadlari 3,4 baravarga oshgan bo\u2018lsa, xarajatlari 5 baravarga oshgan. 2020-yildan pensiya to\u2018lovlarini moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan doimiy ravishda transfert ajratilmoqda.<\/p>\n<p>2022-yilda transfert miqdori 11 trln so\u2018m (jami xarajatning 24,7%) tashkil etgan bo\u2018lsa, 2023-yilda 15 trl so\u2018m (29%) ko\u2018zda tutilgan. 2030-yilda transfert miqdori 38 trln so\u2018mga yetishi prognoz qilinmoqda.<\/p>\n<p><em>Nota bene: to\u2018lovlar o\u2018rnatilgan tizim \u2013 bu fuqaroning belgilangan pensiya olishi kafolatlangan pensiya tizimi hisoblanadi. Pensiya miqdori badallar miqdoriga, pensiya yoshiga va ish stajiga qarab o\u2018zgarishi mumkin, ammo uni belgilashning qat\u2019iy qoidalari mavjud. Biroq, olingan pensiya miqdori odatda badallarga bog\u2018liq emas, chunki badallar odatda umumiy pensiya jamg\u2018armasiga birlashtiriladi.<\/em><\/p>\n<p>Aksariyat mamlakatlarda mazkur komponent kasbiy pensiya dasturlari yoki shaxsiy jamg\u2018arish dasturlari bilan to\u2018ldiriladi. O\u2018zbekistonda kasbiy pensiya rejalari mavjud emas. Mavjud bo\u2018lgan yagona individual jamg\u2018arish dasturi majburiy bo\u2018lib, badallar stavkasi past bo\u2018lgani (oylik ish haqining 0,1%) va cheklovchi qoidalari ko\u2018p bo\u2018lgani bois katta ahamiyat kasb etmaydi.<\/p>\n<p>Ushbu mablag\u2018larga har yili inflyatsiya miqdorida foiz daromadlari (2021-yilda 10%, 2022-yilda 12,4%, 2023-yilda 8,8%) hisoblansa-da, fuqarolar o\u2018z jamg\u2018armalarini ixtiyoriy ravishda boshqa moliyaviy instrumentlarga yoki bank omonatlariga yo\u2018naltirish huquqiga ega emas.<\/p>\n<p><strong>Daniya va Niderlandiya\u00a0<\/strong>yuqoridagi va boshqa reytinglarda eng yuqori o\u2018rinlarni egallaydi. Ularning pensiya tizimlari kuchli professional komponentga asoslangan. Masalan, Niderlandiyada davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan bazaviy belgilangan stavkali davlat pensiyasi mavjud. U sanoat shartnomalari bilan bog\u2018langan majburiy pensiya rejasi bilan birlashtirilgan. Ushbu pensiya rejasi daromad bilan bog\u2018liq va belgilangan imtiyozlarga ega, ammo kapital moliyalashtirishga asoslangan. Ish joyini o\u2018zgartirganda pensiya huquqlari to\u2018liq o\u2018tkaziladi. Pensiya tizimiga umumiy badal stavkasi\u00a0<strong>18%<\/strong>\u00a0ni tashkil qiladi. Qamrov koeffitsiyenti\u00a0<strong>100%ni<\/strong>, yalpi koeffitsiyent to\u2018lovlari \u2013 kasbiy komponent hisobga olinmaganda va Niderlandiya aholining keksayishiga qaramasdan davlat komponenti uchun\u00a0<strong>69%ni\u00a0<\/strong>tashkil etadi. Pensiya yoshi o\u2018rtacha umr ko\u2018rish davomiyligining o\u2018zgarishiga qarab belgilab boriladi.<\/p>\n<p>Mazkur tizimning tarixiy ildizlari uni O\u2018zbekistonda bevosita qo\u2018llashni qiyinlashtiradi. Biroq, belgilangan davlat pensiya tizimlari\u00a0<strong>Germaniya<\/strong>\u00a0va\u00a0<strong>Shveysariyadagi<\/strong>\u00a0kabi kasbiy va shaxsiy jamg\u2018arma sxemalari bilan birlashtirish imkomiyati mavjud. Bunday holda, kasbiy komponent ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan belgilangan badallar bo\u2018yicha pensiya rejasi yoki sanoat shartnomalaridan iborat bo\u2018ladi.<\/p>\n<p><em>Nota bene:\u00a0<\/em><em>b<\/em><em>yelgilangan badalga ega pensiya tizimi \u2013 bu shunday pensiya tizimiki, unda fuqaro har oy qancha badal to\u2018lashini bilsada, pensiya sifatida qancha olishini bilmaydi. Pensiya miqdori shaxsiy hisoblarni boshqaradigan pensiya jamg\u2018armasining bozor ko\u2018rsatkichlariga bog\u2018liq.<\/em><\/p>\n<p>Bundan tashqari, ixtiyoriy ravishda xususiy banklar va sug\u2018urta kompaniyalarining pensiya rejalariga badallar kiritish mumkin.\u00a0<strong>Germaniyada<\/strong>\u00a0pensiya tizimi uchun umumiy badal stavkasi\u00a0<strong>18,6%<\/strong>\u00a0ni, qamrov darajasi esa\u00a0<strong>82%<\/strong>\u00a0ni tashkil qiladi. \u201c<strong>Allianz<\/strong><strong>\u201d<\/strong>\u00a0reytingida Germaniya pensiya tizimining monandlik balli\u00a0<strong>2,8\u00a0<\/strong>ni tashkil qiladi.<\/p>\n<p>Jahon banki ko\u2018p pog\u2018onali pensiya tizimi uchun quyidagi yondashuvni tavsiya qiladi:<\/p>\n<ol>\n<li>Davlat byudjeti hisobidan bazaviy pensiya;<\/li>\n<li>To\u2018lovlar miqdori belgilangan majburiy davlat pensiya ta\u2019minoti tizimi;<\/li>\n<li>Moliyaviy aktivlarga ega bo\u2018lgan kasbiy yoki shaxsiy pensiya rejalarida majburiy belgilangan badallar sxemasi;<\/li>\n<li>Bir qator moliyaviy va nomoliyaviy aktivlardan va qo\u2018llab-quvvatlashdan foydalanish imkoniyati mavjud bo\u2018lgan ixtiyoriy tizim.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Birinchi variantdan boshqa barcha pensiyalar o\u2018z-o\u2018zidan moliyalashtirilishi kerak, ya\u2019ni individual ishtirokchilar va ish beruvchilarning badallari hisobidan to\u2018lanishi kerak.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston pensiya tizimini takomillashtirish uchun quyidagilar taklif etiladi:<\/p>\n<ul>\n<li>\n<p data-pm-slice=\"1 1 []\">Xalq bankidagi amaldagi majburiy pensiya jamg\u2018arma hisobvaraqlari tizimi ixtiyoriy, moslashuvchan va boshqa banklar uchun ochiq shaklga o\u2018tkazilishini ta\u02bcmiinlash.<\/p>\n<\/li>\n<li>Yirik ish beruvchilarga kasbiy pensiya ta\u2019minoti tizimini joriy etishga ruxsat berish, ularni moliya institutlari bilan hamkorlik uchun bog\u2018lash.<\/li>\n<li>O\u2018zini o\u2018zi band qilganlar tomonidan davlat pensiya jamg\u2018armasiga kiritiladigan badallar miqdorini bir martalik qat\u2019iy belgilangan miqdor o\u2018rniga daromadlariga bog\u2018liq qilib belgilash. Ularga oz miqdorda badal kiritishga ruxsat berish.<\/li>\n<li>Har bir pensiya uchun ma\u2019muriy va operatsion xarajatlarni kamaytirish uchun davlat pensiya jamg\u2018armasi boshqaruvini takomillashtirish. Shaffoflikni oshirish, pensiyaning aniq mezonlarini belgilash va tizimni yanada avtomatlashtirish xarajatlarni kamaytirish imkoniyatini beradi.<\/li>\n<li>Rasmiy bandlik darajasini shu jumladan xotin-qizlar o\u2018rtasida oshirish, bu pensiya ta\u2019minoti tizimiga badallar bazasini va aholini qamrovi darajasini oshirish imkonini beradi.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Agentlik tomonidan pensiya tizimini takomillashtirish maqsadida Prezident farmoni loyihasini ishlab chiqish tavsiya etiladi. Bunda: pensiya tizimini keng ko\u2018lamli isloh qilish, shu jumladan pensiya tayinlash shartlarini qayta ko\u2018rib chiqish, pensiya yoshini umr davomiyligiga moslab qayta ko\u2018rib chiqish, ish staji yoki pensiya olish uchun badallarni qayta ko\u2018rib chiqish, pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini ta\u02bcminlash va aholi qamrovini oshirish kabi jihatlar inobatga olinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi<\/p>\n<\/div>\n<nav class=\"navigation post-navigation\" role=\"navigation\">\n<h2 class=\"screen-reader-text\">Post navigation<\/h2>\n<div class=\"nav-links\"><a class=\"nav-previous\" href=\"https:\/\/asr.gov.uz\/news\/11906\" rel=\"prev\"><span class=\"meta-nav\" aria-hidden=\"true\">PREVIOUS<\/span><span class=\"screen-reader-text\">Previous<\/span><\/a><\/div>\n<\/nav>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston\u00a0\u201cAllianz Pension Ranking 2023\u201d\u00a0pensiya reytingidagi\u00a075\u00a0ta\u00a0mamlakatlar qatorida\u00a071-o\u2018rinni\u00a0egallagan (Qozig\u2018iston 34-o\u2018rinda, Rossiya \u2013 37, Turkiya \u2013 59-o\u2018rinda). Mazkur reyting uchta sub-indekslarga asoslangan, bular:\u00a0bazaviy sharoitlar,\u00a0barqarorlik\u00a0va\u00a0pensiya tizimining monandligi. Ular\u00a01\u00a0dan\u00a07\u00a0gacha bo\u2018lgan shkala bo\u2018yicha baholanadi (bunda 1 \u2013 eng yuqori baho). O\u2018zbekistonning umumiy bahosi 4,5 ni tashkil etgan. (bazaviy sharoitlar bo\u2018yicha 4,4; barqarorlik bo\u2018yicha 3,6 va monandlik bo\u2018yicha 5,3). Strategik islohotlar agentligi\u00a0mazkur &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":18428,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[8],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18427"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=18427"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18427\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18429,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18427\/revisions\/18429"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/18428"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=18427"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=18427"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=18427"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}