{"id":18365,"date":"2024-06-25T19:40:22","date_gmt":"2024-06-25T16:40:22","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=18365"},"modified":"2024-06-25T19:50:51","modified_gmt":"2024-06-25T16:50:51","slug":"tabiat-insonlarning-barcha-moddiy-va-manaviy-ehtiyojlarini-qondiruvchi-asosiy-manbadir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=18365","title":{"rendered":"Tabiat insonlarning barcha moddiy va ma\u2019naviy ehtiyojlarini qondiruvchi asosiy manbadir!"},"content":{"rendered":"<p><strong><u>Hattoki, bir giyoh turining yo\u2018qolishi ham yashil olam muvozanati buzilishiga sabab bo\u2018lishi mumkin<\/u><\/strong><strong><u>.<\/u><\/strong><\/p>\n<p>Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda bo\u2018lish, flora va fauna olamini asrab-avaylash, keng miqyosdagi ekologik inqirozga yo\u2018l qo\u2018ymaslik insoniyat oldidagi dolzarb vazifalarga aylangan. Tabiat va inson o\u2018rtasidagi munosabat ma\u2019lum bir qonunlar orqali boshqariladi. Ularga rioya qilmaslik ertami, kechmi, albatta ekologik halokatga olib keladi. Tabiatda turlarning rivoji zanjir kabi bir-biri bilan chambarchas bog\u2018langan, ular o\u2018zaro yaxlit ekotizimni tashkil etadi.<\/p>\n<p>Xalqimizda \u201cBuloq suvi qurimaguncha inson uning qadriga yetmaydi\u201d degan maqol bor. Asrlar davomida inson o\u2018zining taraqqiyot jarayoni bilan birga ekologiya inqirozi jarayonini tezlashtirdi. Bugun jahon hamjamiyati iqlim o\u2018zgarishini insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri deb e\u2019tirof etmoqda. Afsuski, dunyo bo\u2018yicha kuzatilayotgan iqlim o\u2018zgarishi atrof-muhitning turli sohalariga salbiy ta\u2019sir yetkazyapti. Dunyo mamlakatlari uning oldini olish uchun qonuniy va amaliy chora-tadbirlarni ko\u2018rmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ham bu borada tizimli reja asosida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik holatni yaxshilashni ta\u2019minlash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda. Shu o\u2018rinda, avvalo, Konstitutsiyamizning 62-moddasida \u201cFuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo\u2018lishga majburdirlar\u201d, deya belgilab qo\u2018yilganini ta\u2019kidlab o\u2018tish o\u2018rinlidir.<\/p>\n<p>Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo\u2018nalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, 2030-yilgacha bo\u2018lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarga erishishni ta\u2019minlash maqsadida 2019-yil 30-oktabrda \u201c2030-yilgacha bo\u2018lgan davrda O\u2018zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to\u2018g\u2018risida\u201dgi Prezident farmoni qabul qilindi.<\/p>\n<p>Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida O\u2018zbekiston Prezidenti kechiktirib bo\u2018lmaydigan dolzarb masalalar qatorida Orolbo\u2018yi masalasiga yana bir bor to\u2018xtalib o\u2018tdi: \u201cDavrimizning o\u2018tkir muammolaridan yana biri \u2014 global iqlim o\u2018zgarishlaridir. Bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy ta\u2019sirini his etmoqda. Ming afsuski, bunday o\u2018zgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tug\u2018dirmoqda\u201d.<\/p>\n<p>Amalga oshirilayotgan chora tadbirlarga muvofiq BMT shafeligida Orolbo\u2018yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo\u2018yicha ko\u2018p tomonlama sheriklik asosidagi Trast fondi tuzildi. Zero, Orol dengizi fojiasi nafaqat o\u2018zbek xalqi, balki bashariyatning eng zalvorli muammosiga aylanmoqda.<\/p>\n<p>Yuzaga kelgan vaziyat bois, mintaqadagi global ekologik muammo hisoblangan Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish va Orolbo\u2018yi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududning ekologik holatini sog\u2018lomlashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ijrosini ta\u2019minlashga jiddiy e\u2019tibor qaratilayotir. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator farmon va qarorlari mazkur ekologik muammoni hal etish bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligiga erishish uchun qonuniy asos bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Borliqni asrash, hayvonot va nabotot olamiga bo\u2018lgan g\u2018amxo\u2018rlik, tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish zarurligini bilib turib, unga rioya etmaslikni qanday izohlash mumkin? Iste\u2019moldan ortiqcha suv jo\u2018mraklardan oqishiga yo\u2018l qo\u2018ymaslik, suv havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to\u2018kmaslik, turarjoylarni ozoda saqlash shunchalik mushkulmi? Sanab o\u2018tganlarimiz zohiran oddiy bo\u2018lib ko\u2018rinishi mumkin, botinan esa yirik muammolarning oldini oladi. Zero, xalqimizda atrof-muhitni asrash, muhofaza qilishdek qadriyatlar mujassam.<\/p>\n<p>Aslida qadimdan ekologiya masalasi dolzarb bo\u2018lgan. Ajdodlarimiz ham tabiat in\u2019omlariga hurmat bilan yondashib, ularni asrab-avaylab, pokiza saqlashga intilgan. O\u2018zimizdan qiyos qiladigan bo\u2018lsak, \u201cChiqindini ariqqa tashlama, suvga tupurma, hovli va ko\u2018chalarga axlat tashlama\u201d, kabi o\u2018gitlar ota-onalarimizning doimiy tarbiya amollari edi. Afsuski, hozirda tabiatga nisbatan bunday munosabat unutilgandek.<\/p>\n<p>Chunki aholining ko\u2018cha-ko\u2018y, atrof-muhitga munosabati shunday taassurot uyg\u2018otadi. Toza-tartibli tutish birgina xonadonlar emas, qishlog\u2018 va shaharlarimizga ham tegishli emasmi? Taassufki, ayniqsa, shaharlarda ko\u2018p qavatli uylar, yo\u2018llar chetida turli xil chiqindilar sochilib yotadi. Ayrimlar to\u2018plangan maishiy xazonlarni, chiqindilarni yondirib, ulardan osongina qutilmoqchi bo\u2018ladi. Vaholanki, bunda inson hayotiga, iqlim sharoitiga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatuvchi ko\u2018plab moddalar ajralib chiqadi, havoni zaharlaydi.<\/p>\n<p>Muxtasar aytganda, ona tabiatga mehr-muhabbat ruhida yondashish, oilada ekologik tarbiyani kuchaytirish, har bir insonda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo\u2018lish hissini kuchaytirish zarur. Tabiat insonlarning barcha moddiy va ma\u2019naviy ehtiyojlarini qondiruvchi asosiy manbadir. Zero, ona tabiat ajdodlardan qolgan meros bo\u2018libgina qolmay, balki kelajak avlodga beshikast qoldirishimiz zarur bo\u2018lgan amol hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>\u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0Fuqarolik ishlari\u00a0 bo\u2018yicha <\/strong><strong style=\"font-size: revert; color: initial;\">Sariosiyo <\/strong><strong style=\"font-size: revert; text-align: right; color: initial;\">tumanlararo sudining <\/strong><strong style=\"font-size: revert; text-align: right; color: initial;\">arxiv mudiri:\u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0<\/strong><strong style=\"font-size: revert; text-align: right; color: initial;\"><u>Boborajabov Yoqubjon <\/u><\/strong><strong style=\"font-size: revert; text-align: right; color: initial;\"><u>Murodalievich\u00a0 \u00a0<\/u><\/strong><\/p>\n<p><u><\/u><strong>\u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0\u00a0<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hattoki, bir giyoh turining yo\u2018qolishi ham yashil olam muvozanati buzilishiga sabab bo\u2018lishi mumkin. Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda bo\u2018lish, flora va fauna olamini asrab-avaylash, keng miqyosdagi ekologik inqirozga yo\u2018l qo\u2018ymaslik insoniyat oldidagi dolzarb vazifalarga aylangan. Tabiat va inson o\u2018rtasidagi munosabat ma\u2019lum bir qonunlar orqali boshqariladi. Ularga rioya qilmaslik ertami, kechmi, albatta ekologik halokatga olib &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":18366,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18365"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=18365"}],"version-history":[{"count":6,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18365\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18375,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18365\/revisions\/18375"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/18366"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=18365"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=18365"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=18365"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}