{"id":15881,"date":"2023-02-16T15:05:59","date_gmt":"2023-02-16T12:05:59","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=15881"},"modified":"2023-02-16T15:06:01","modified_gmt":"2023-02-16T12:06:01","slug":"gaz-jihozlariga-texnik-xizmat-korsatish-uchun-onlayn-tolash-imkoniyati-yaratildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=15881&lang=kr","title":{"rendered":"Gaz jihozlariga texnik xizmat ko&#8217;rsatish uchun onlayn to\u2018lash imkoniyati yaratildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Jamiyatning qator sohalari kabi gaz ta\u2019minoti tizimining \u00a0aholi va kommunal ob\u2019ektlarining gaz jihozlariga xizmat ko\u2019rsatish yo\u2018nalishiga ham raqamli iqtisodiyotning kirib kelishi bilan bugun oldingiga nisbatan ish unumdorligi tubdan farq qilmoqda. Buni isboti sifatida, aniq natijalarga e\u2019tibor qaratamiz.<\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\">\u201cHGT Service\u201d dasturiy ta&#8217;minotni &#8212; gaz uskunalarining holati to\u2018g\u2018risida batafsil ma&#8217;lumotlarni masofadan yig\u2018ish hamda har bir abonent bo\u2018yicha tabiiy va suyultirilgan gazdan oqilona foydalanishni nazorat qilish texnologiyasini ishlab chiqdilar.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Ushbu dastur gaz uskunalarini kundalik hayotda ishlatishda iste&#8217;molchilar xavfsizligini ta&#8217;minlashga, gaz ta&#8217;minoti tizimi xodimlari tomonidan gaz jihozlariga texnik va profilaktik xizmat ko\u2018rsatish bo\u2018yicha majburiy xizmatlar sifatini baholash va o\u2018zaro hisob-kitoblarni naqd pulsiz amalga oshirishga qaratilgan.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>Bundan ko\u2018zlangan maqsad, birinchi navbatda shaffoflikni ta\u2019minlashga qaratilgan.<\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\">Iste&#8217;molchilarga qulaylik yaratish uchun ishga tushirilayotgan yangi dasturiy ta&#8217;minot abonentning shaxsiy ma&#8217;lumotlari, xonadon geolokatsiyasi va telefon raqami kabi ma&#8217;lumotlarni o\u2018z ichiga olgan. Shuningdek, dasturga iste&#8217;molchida maishiy gaz uskunalarining mavjudligi va ularning texnik holati to\u2018g\u2018risida ma&#8217;lumotlar kiritilgan. Dasturning yana bir xususiyati shundaki, u xizmat sifatini baholash yoki shaxsiy kabinet orqali iste&#8217;molchining shikoyatini uzatish imkoniyatiga ega.<\/p>\n<p dir=\"auto\">\u201cHGT Service\u201d dasturi gaz yetkazib beruvchi va iste&#8217;molchi o\u2018rtasida gaz uskunalariga profilaktik va texnik xizmat ko\u2018rsatish bo\u2018yicha o\u2018zaro hisob-kitoblarni tartibga solish va ularni naqd pulsiz amalga oshirishga imkon beradi. Ko\u2018rsatilgan servis xizmatlar uchun to\u2018lov (invoys) SMS orqali onlayn rejimida taqdim etish yo\u2018li bilan amalga oshiriladi va buning to\u2018g\u2018risidagi xabar xizmat tugagandan so\u2018ng darhol iste&#8217;molchining telefoniga keladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">\u2013 Ba\u2019zi iste\u2019molchilar gaz jihozlarida nosozlik kuzatilgach, gaz ta\u2019minoti xodimlari xonadoniga tez yetib kelib, xizmat ko\u2018rsatmaganidan norozi bo\u2018lib, murojaat etadi, \u2013 deydi &#171;Hududgaz Surxondaryo&#187; gaz ta\u2019minoti filiali servis xizmatini rivojlantirish bo\u2018limi mas\u2019ul xodimi Sh.Tohirov. \u2013 Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi \u201cElektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo\u2018shimcha chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi qarorining 2-ilovasida \u201cTabiiy gazdan foydalanish qoidalari\u201d belgilab qo\u2018yilgan. Unda gazdan foydalanish uskunalarini iste\u2019molchilarning yozma yoki elektron buyurtmalari asosida gaz ta\u2019minoti tashkiloti tomonidan tasdiqlangan tariflar bo\u2018yicha ta\u2019mirlash muddatlari bayon qilingan bo\u2018lib, xizmat ko\u2018rsatish muddati holatning xavflilik darajasiga qarab belgilanadi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Bu jarayonda iste\u2019molchi xonadonida tabiiy gaz sizib chiqish holati kuzatilsa, soha xodimi darhol borib xizmat ko\u2018rsatishi kerak. Ovqat tayyorlash yoki isitish mavsumida isitish uchun mo\u2018ljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida bir kun davomida xizmat ko\u2018rsatiladi. Issiq suv va isitish uchun mo\u2018ljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida (isitish mavsumidan tashqari vaqtda) ikki kun, gazdan foydalanish uskunalarini almashtirishda esa besh kun davomida xizmat ko\u2018rsatilishi zarur. Pirovardida bu ishlarning barchasi iste\u2019molchilar xavfsizligini ta\u2019minlashga qaratilgani ahamiyatlidir.<\/p>\n<p dir=\"auto\">\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jamiyatning qator sohalari kabi gaz ta\u2019minoti tizimining \u00a0aholi va kommunal ob\u2019ektlarining gaz jihozlariga xizmat ko\u2019rsatish yo\u2018nalishiga ham raqamli iqtisodiyotning kirib kelishi bilan bugun oldingiga nisbatan ish unumdorligi tubdan farq qilmoqda. Buni isboti sifatida, aniq natijalarga e\u2019tibor qaratamiz. \u201cHGT Service\u201d dasturiy ta&#8217;minotni &#8212; gaz uskunalarining holati to\u2018g\u2018risida batafsil ma&#8217;lumotlarni masofadan yig\u2018ish hamda har bir abonent bo\u2018yicha &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15882,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[5],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15881"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=15881"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15881\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15883,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15881\/revisions\/15883"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/media\/15882"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=15881"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=15881"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=15881"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}