{"id":15690,"date":"2022-12-19T05:42:12","date_gmt":"2022-12-19T02:42:12","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=15690"},"modified":"2022-12-19T05:42:14","modified_gmt":"2022-12-19T02:42:14","slug":"sergaklik-zamon-talabi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=15690","title":{"rendered":"Sergaklik zamon talabi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Sergaklik zamon talabi.<\/strong><\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, O\u2018zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq o\u2018zining dinga munosabati iniq va qa\u2019tiy belgilab oldi. Davlatning dinga munosabati \u201cInson e\u2019tiqodisiz yashay olmaydi\u201d, \u201cDunyoviylik-daxriylik emas\u201d degan aniq tamoyillar asosida belgilandi. Bu tamoyil bosh qomusimiz Konstitutsiya hamda \u201cVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u2018g\u2018risidagi\u201d qonunda o\u2018zining huquqiy ifodasini topgan.<\/p>\n<p>Bugungi kunda O\u2018zbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2\u00a0238 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi xristian, 8 tasi yaxudiy, 6 tasi baxoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasidir. Bulardan tashqari konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.<\/p>\n<p>Diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qatiy nazar faoliyat borasida bir xil xuquqqa yegadirlar. Ushbu diniy tashkilotlarning yemin-yerkin faoliyat olib borayotgan ham yurtimizda hukm surayotgan diniy bag\u2018rikenglikning amaliy ifodasidir.<\/p>\n<p>Ayniqsa, respublikada mavjud dinlar orasida islomning mavqei nihoyatda katta. Xususan, hozirgi kunda O\u2018zbekistonda yashab kelayotgan 130 dan ziyod millat fuqarolar mavjud. Bugungi kunda dinga bo\u2018lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining o\u2018ziga xos in\u2019ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida aloxida olingan millat va jamiyatlar darajasida o\u2018z-o\u2018zini anglashga bo\u2018lgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda.<\/p>\n<p>Afsuski, komunikatsiya va informatsion texnologiyalarning tez suratdagi taraqqiyoti g\u2018oyaviy ta\u2019sir o\u2018tkazish imkoniyatlarining kengayishiga turtki bo\u2018lib, geosiyosiy maqsadlarga bo\u2018ysindirilgan, inson qalbi va ongi uchun kurashning yangidan-yangi usul va vositalarining ko\u2018payib borayotgani, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol namoyon bo\u2018lmoqda. Aksariyat xolatlarda ushbu kurash quroli tus olib, ko\u2018plab xalqlarning boshiga fojiali kunlarni solmoqda.<\/p>\n<p>So\u2018ngi yillarda mutaassib oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini xorijiy mamlakatlardagi mehnat migrantlarini ta\u2019sir doirasida olish, \u201cInternet\u201d orqali targ\u2018ibot o\u2018tkazish, oila a\u2019zolari, yaqinlari va qo\u2018shnilarini o\u2018z guruhiga tortish, yashirin \u201cxujralar\u201d tashkil qilish, diniy-ekstremistik mazmundagi materiallarni bosma, elektron ko\u2018rinishida tarqatish kabi usullarda amalga oshirmoqda.<\/p>\n<p>Mutaxasislarning fikricha hozirda 100 mingdan ortiq ekstremizmning turli ko\u2018rinishlarini o\u2018zida tashuvchi g\u2018oyalar targ\u2018iboti bilan shug\u2018ullanuvchi saytlar faoliyat olib bormoqda. Internet orqali suxbat olib borish jarayonida yoshlarga kufr diyori, hijrat, jixod, shahidlik, halifalikni tiklash kabi g\u2018oyalar sindirib, ular turli to\u2018qnashuv va nizo o\u2018choqlariga jalb qilinmoqda.<\/p>\n<p>Tinchlikni asrash hushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Shu nuqtai-nazardan, glaballashuv jarayonlari shiddatli tus olgan hozirgi zamonda xalqimizda, ayniqsa, yoshlarda milliy g\u2018urur, iftixor, tuyg\u2018usi, yanada chuqurroq shakillantirish, yot g\u2018oyalardan saqlovchi mafkuraviy immunited shakllantirish O\u2018zbekistondek buyuk Vatanimiz kelajagiga o\u2018zini mas\u2019ul hisoblovchi barcha yurtdoshlarimizning\u00a0 burchi hisoblanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sergaklik zamon talabi. Ma\u2019lumki, O\u2018zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq o\u2018zining dinga munosabati iniq va qa\u2019tiy belgilab oldi. Davlatning dinga munosabati \u201cInson e\u2019tiqodisiz yashay olmaydi\u201d, \u201cDunyoviylik-daxriylik emas\u201d degan aniq tamoyillar asosida belgilandi. Bu tamoyil bosh qomusimiz Konstitutsiya hamda \u201cVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u2018g\u2018risidagi\u201d qonunda o\u2018zining huquqiy ifodasini topgan. Bugungi kunda O\u2018zbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15691,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15690"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=15690"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15690\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15692,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15690\/revisions\/15692"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/15691"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=15690"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=15690"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=15690"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}