{"id":22358,"date":"2026-11-20T10:45:08","date_gmt":"2026-11-20T07:45:08","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=22358"},"modified":"2026-11-20T10:45:10","modified_gmt":"2026-11-20T07:45:10","slug":"odil-sudlov-2030-inson-huquqlari-va-adolatli-sud-tizimi-sari-muhim-qadam","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=22358","title":{"rendered":"\u201cODIL SUDLOV \u2013 2030\u201d: INSON HUQUQLARI VA ADOLATLI SUD TIZIMI SARI MUHIM QADAM"},"content":{"rendered":"<p>Adolat va qonun ustuvorligi har qanday demokratik davlat taraqqiyotining muhim sharti hisoblanadi. Zero, fuqarolarning huquq va erkinliklari ishonchli himoya qilingan, sud hokimiyati mustaqil faoliyat yuritadigan jamiyatdagina qonuniylik va ijtimoiy adolatni ta\u2019minlash mumkin.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda sud-huquq tizimini takomillashtirish, inson huquqlarini sud orqali himoya qilish imkoniyatlarini kengaytirish va sudlarni xalqqa yanada yaqinlashtirish maqsadida muhim islohotlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Xususan, 2026-yil 14-avgustda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cOdil sudlov \u2014 2030\u201d: Yangi O\u2018zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi to\u2018g\u2018risidagi<br \/>\nPF-160-son Farmoni qabul qilindi.<\/p>\n<p>Mazkur Farmon bilan \u201cOdil sudlov \u2014 2030\u201d strategiyasi, uni<br \/>\n2026\u20132028 yillarda amalga oshirish bo\u2018yicha harakatlar dasturi hamda belgilangan maqsadlarga erishishning asosiy ko\u2018rsatkichlari tasdiqlandi.<\/p>\n<p><strong>Strategiyaning asosiy maqsadi nimadan iborat?<\/strong><\/p>\n<p>Strategiyaning bosh maqsadi \u2014 inson qadrini ulug\u2018lash, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali ishonchli himoya qilish, mustaqil va xalqchil sud tizimini shakllantirishdan iborat.<\/p>\n<p>Ushbu maqsadga erishish uchun sud tizimini isloh qilish oltita ustuvor yo\u2018nalish asosida amalga oshirilishi belgilangan.<\/p>\n<p><strong>Birinchisi \u2014 <\/strong><strong>\u201c<\/strong><strong>Xalqchil sud<\/strong><strong>\u201d<\/strong><strong>.<\/strong><\/p>\n<p>Bu yo\u2018nalish sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta\u2019minlash, fuqarolarning sud jarayonlari haqidagi axborotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ortiqcha byurokratik to\u2018siqlarni bartaraf etishga qaratilgan.<\/p>\n<p>Bunda sudga murojaat qilgan har bir fuqaro o\u2018z huquqlarini amalga oshirishda qulayliklarga ega bo\u2018lishi, sud xizmatlaridan ortiqcha sarsongarchiliksiz foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p><strong>Ikkinchisi \u2014 <\/strong><strong>\u201c<\/strong><strong>Adolat qo\u2018rg\u2018oni<\/strong><strong>\u201d<\/strong><strong>.<\/strong><\/p>\n<p>Mazkur yo\u2018nalishning asosiy vazifasi sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash, sudyalarning faoliyatiga har qanday noqonuniy aralashuvlarning oldini olish va inson huquqlari ustuvorligini ta\u2019minlashdan iborat.<\/p>\n<p>Sudya faqat Konstitutsiya va qonunga bo\u2018ysungan holda ish yuritishi, har qanday ishni xolis va qonuniy hal etishi adolatli sudlovning muhim kafolatidir.<\/p>\n<p><strong>Uchinchisi \u2014 <\/strong><strong>\u201c<\/strong><strong>Kafolatlangan adolat<\/strong><strong>\u201d<\/strong><strong>.<\/strong><\/p>\n<p>Ushbu yo\u2018nalish qonuniy, adolatli va asoslantirilgan sud qarorlarini qabul qilish, sud hujjatlarining sifati va barqarorligini ta\u2019minlashga qaratilgan.<\/p>\n<p>Bunda fuqarolar va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini sud orqali tiklash kafolatlarini kuchaytirish, sud qarorlarini qayta ko\u2018rib chiqish mexanizmlarini takomillashtirish nazarda tutilgan.<\/p>\n<p><strong>To\u2018rtinchisi \u2014 <\/strong><strong>\u201c<\/strong><strong>Adolat posbonlari<\/strong><strong>\u201d<\/strong><strong>.<\/strong><\/p>\n<p>Mazkur yo\u2018nalish doirasida yuksak ma\u2019naviy-axloqiy fazilatlarga, chuqur huquqiy bilim va kasbiy mahoratiga ega bo\u2018lgan, xalq manfaatlariga xizmat qiladigan sudyalar korpusini shakllantirish ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p>Sudyaning xolisligi, halolligi, mas\u2019uliyati va qonunga sadoqati odil sudlov sifatini belgilaydigan muhim mezonlar hisoblanadi.<\/p>\n<p><strong>Beshinchisi \u2014 <\/strong><strong>\u201c<\/strong><strong>Raqamli odil sudlov<\/strong><strong>\u201d<\/strong><strong>.<\/strong><\/p>\n<p>Zamonaviy axborot texnologiyalarini sud tizimiga keng joriy etish orqali sud ish yurituvini raqamlashtirish, elektron xizmatlarni rivojlantirish va fuqarolar uchun qulay imkoniyatlar yaratish ushbu yo\u2018nalishning asosiy vazifasidir.<\/p>\n<p>Bu orqali sudga murojaat qilish, zarur hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish, sud hujjatlarini izlash va sud jarayonlari bilan bog\u2018liq axborotlarni olish imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutilgan.<\/p>\n<p><strong>Oltinchisi \u2014 <\/strong><strong>\u201c<\/strong><strong>Xalqaro e\u2019tirof<\/strong><strong>\u201d<\/strong><strong>.<\/strong><\/p>\n<p>Ushbu yo\u2018nalish inson huquqlari sohasidagi ilg\u2018or xalqaro standartlarni milliy sud amaliyotiga tatbiq etish, xalqaro tajribani o\u2018rganish va mamlakatimiz sud tizimining xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga qaratilgan.<\/p>\n<p><strong>Sud tizimida qanday muhim o\u2018zgarishlar amalga oshiriladi?<\/strong><\/p>\n<p>Strategiyada sud qarorlarini qayta ko\u2018rib chiqishning xolisligi va samaradorligini oshirishga alohida e\u2019tibor qaratilgan.<\/p>\n<p>Jumladan, 2027-yil 1-iyuldan boshlab umumiy yurisdiksiya va ma\u2019muriy sud yo\u2018nalishlarida ishlarni qayta ko\u2018rib chiqish vakolatiga ega bo\u2018lgan hududlararo sudlarni tashkil etish belgilangan.<\/p>\n<p>Ushbu sudlar bir nechta ma\u2019muriy-hududiy birliklarni qamrab oladi va jami 319 ta boshqaruv xodimi shtat birligidan iborat bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, 2027\u20132030-yillarda aholining sud himoyasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida barcha hududlarda fuqarolik ishlari bo\u2018yicha tuman va shahar sudlarini bosqichma-bosqich tashkil etish nazarda tutilgan.<\/p>\n<p>Yana bir muhim yangilik \u2014 2027-yil 1-iyuldan boshlab tergov sudyalarining vakolatlarini kengaytirish rejalashtirilgan. Bunda ular shaxsni ushlab turishning qonuniyligi va asosliligini, gumon qilish yoki ayblov e\u2019lon qilish uchun asoslar yetarliligini tekshirish imkoniyatiga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Bu esa jinoyat protsessida inson huquqlarini himoya qilish va sud nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.<\/p>\n<p><strong>Sudga murojaat qilish yanada qulaylashtiriladi<\/strong><\/p>\n<p>Strategiyada fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlarining sudlarga murojaat qilish jarayonini soddalashtirish ham muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan.<\/p>\n<p>Xususan, 2030-yilga qadar sud binolarida \u201cyagona darcha\u201d tamoyili asosida xizmat ko\u2018rsatish ofislarini bosqichma-bosqich tashkil etish ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p>Ushbu ofislar orqali fuqarolar zarur huquqiy va tashkiliy ma\u2019lumotlarni bir joyning o\u2018zida olishlari, protsessual murojaatlarni taqdim etishda va raqamli sud xizmatlaridan foydalanishda amaliy yordam olishlari mumkin bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, 2027 yil yakuniga qadar Oliy sudning interaktiv xizmatlar portali \u2014 my.sud.uz imkoniyatlarini kengaytirish, uning mobil ilovasini yangilash va sudga murojaat namunalaridan foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish belgilangan.<\/p>\n<p><strong>Tadbirkorlar uchun ham yangi imkoniyatlar<\/strong><\/p>\n<p>\u201cOdil sudlov \u2014 2030\u201d strategiyasida tadbirkorlik sub\u2019ektlari va investorlarning huquqlarini himoya qilish masalasiga ham alohida e\u2019tibor qaratilgan.<\/p>\n<p>Jumladan, 2028-yil 1-yanvardan boshlab iqtisodiy sud ishlarini ko\u2018rish jarayonida rasmiy tusdagi kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etishda sudning faol ishtirokini nazarda tutuvchi \u201ciqtisodiy ishlarni proaktiv boshqarish\u201d mexanizmini joriy etish belgilangan.<\/p>\n<p>Bu tadbirkorlarning vaqt va xarajatlarini tejash, sudga murojaat qilishdagi ortiqcha rasmiyatchiliklarni kamaytirish hamda iqtisodiy nizolarni samarali hal etishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>\u201cOdil sudlov \u2014 2030\u201d strategiyasi mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash va odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan muhim strategik hujjatdir.<\/p>\n<p>Strategiyada belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilishi natijasida sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta\u2019minlash, sud jarayonlarini raqamlashtirish, fuqarolar va tadbirkorlar uchun qulayliklar yaratish hamda sud qarorlarining sifati va barqarorligini oshirishga huquqiy zamin yaratiladi.<\/p>\n<p>Shuni unutmaslik kerakki, odil sudlovning asosiy maqsadi faqat nizolarni hal qilish emas, balki buzilgan huquqlarni tiklash, qonuniy manfaatlarni himoya qilish va jamiyatda adolat tamoyillarini qaror toptirishdan iborat.<\/p>\n<p>Zero, sud \u2014 adolat qaror topadigan, inson huquqlari himoya qilinadigan va qonun ustuvorligi ta\u2019minlanadigan maskandir. Odil sudlov \u2014 xalq ishonchi, adolatli jamiyat va farovon kelajak kafolatidir!<\/p>\n<p><strong>Jinoyat ishlari bo\u2018yicha <\/strong><\/p>\n<p><strong>Uzun tuman sudining devonxona mudiri \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 <\/strong><\/p>\n<p><strong>Z.Abdimuratov<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Adolat va qonun ustuvorligi har qanday demokratik davlat taraqqiyotining muhim sharti hisoblanadi. Zero, fuqarolarning huquq va erkinliklari ishonchli himoya qilingan, sud hokimiyati mustaqil faoliyat yuritadigan jamiyatdagina qonuniylik va ijtimoiy adolatni ta\u2019minlash mumkin. Mamlakatimizda sud-huquq tizimini takomillashtirish, inson huquqlarini sud orqali himoya qilish imkoniyatlarini kengaytirish va sudlarni xalqqa yanada yaqinlashtirish maqsadida muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22359,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[5],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22358"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22358"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22358\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22360,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22358\/revisions\/22360"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22359"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22358"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22358"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22358"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}