{"id":22292,"date":"2026-10-27T07:21:26","date_gmt":"2026-10-27T04:21:26","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=22292"},"modified":"2026-10-27T07:22:42","modified_gmt":"2026-10-27T04:22:42","slug":"giyohvandlik-jamiyat-va-kelajak-uchun-jiddiy-tahdid","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=22292","title":{"rendered":"Giyohvandlik \u2014 jamiyat va kelajak uchun jiddiy tahdid"},"content":{"rendered":"<p>Giyohvandlikni insoniyat genofondiga solayotgan xavfi hozirning dolzarb muammosi ekanligi hech kimga sir emas. Bu ofatga qarshi ayni paytda xalqaro miqyosda mislsiz kurash olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Giyohvandlik vositalari \u2014maxsus ro\u2018yxatga kiritilgan hamda O\u2018zbekiston Respublikasida qat\u2019iy nazorat ostiga olingan, tabiiy yoki sintetik kelib chiqishga ega moddalar, ularni o\u2018z ichiga olgan preparatlar va ayrim o\u2018simliklardir. \u00a0Psixotrop moddalar esa inson ruhiy holatiga ta\u2019sir qiluvchi va davlat tomonidan nazorat qilinadigan kimyoviy moddalardir.<\/p>\n<p>Shuningdek, prekursorlar deb, aynan shu turdagi moddalarni tayyorlashda foydalaniladigan yordamchi kimyoviy vositalarga aytiladi. Bugungi kunda ta\u2019lim muassasalari \u2014 maktab, litsey va kollejlar, shuningdek, mahalla va mehnat jamoalarida giyohvandlikning zararli oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan targ\u2018ibot ishlari muntazam olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Bu orqali ayniqsa yoshlar ongida sog\u2018lom turmush tarzini shakllantirish va zararli odatlarga nisbatan salbiy munosabatni kuchaytirish maqsad qilinmoqda. Statistik ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra, dunyo bo\u2018yicha millionlab insonlar giyohvandlikka qaram bo\u2018lib qolgan bo\u2018lib, ularning katta qismini yoshlar tashkil etadi.<\/p>\n<p>Eng achinarlisi, bu illat tufayli har yili ko\u2018plab insonlar hayotdan bevaqt ko\u2018z yumadi. Giyohvandlik nafaqat inson salomatligiga, balki uning oilasi, jamiyatdagi o\u2018rni va kelajagiga ham jiddiy zarar yetkazadi.Mazkur illatning oqibatlari nihoyatda og\u2018ir: sog\u2018liqning izdan chiqishi, og\u2018ir yuqumli kasalliklar (jumladan, OITS va virusli gepatitlar)ga chalinish, jinoyat sodir etishga moyillikning ortishi, oilalarning buzilishi va farzandlarning nogiron tug\u2018ilishi shular jumlasidandir. Ko\u2018pincha giyohvandlikka ruju qo\u2018ygan shaxslar erta hayotdan ko\u2018z yumishi kuzatiladi.<\/p>\n<p>Shu boisdan, giyohvandlikka qarshi kurashish har birimizning muhim vazifamizdir.<br \/>\nBu borada, avvalo aholi, ayniqsa yoshlar orasida sog\u2018lom turmush tarzini keng targ\u2018ibqilish;<br \/>\n-zararli odatlarga nisbatan mustahkam immunitet va ongli qarashni shakllantirish;<br \/>\n-ota-onalar tomonidan farzandlarning tarbiyasi, muhitini va qiziqishlarini doimiy nazorat qilish;<br \/>\n-ta\u2019lim va jamoatchilik tizimlari o\u2018rtasida hamkorlikni kuchaytirish zarur.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-276<sup>8<\/sup>-moddalarini o\u2018z ichiga olgan XIX bobi \u201cAholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar*\u201d deya nomlanib, buning uchun qat\u2019iy jazo choralari belgilangan. Biroq jazodan ko\u2018ra muhimroq jihat \u2014 bu illatning oldini olishdir.<\/p>\n<p>Xulosa qilib aytganda, giyohvandlikka qarshi kurashish faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlar vazifasi emas. Bu \u2014 ota-ona, ustoz, mahalla va keng jamoatchilikning umumiy mas\u2019uliyatidir. Zero, yoshlar \u2014 yurtimiz kelajagi. Ularning sog\u2018lom, barkamol bo\u2018lib voyaga yetishi esa barchamizning bevosita e\u2019tiborimiz va harakatimizga bog\u2018liqdir.<\/p>\n<p><strong>Surxondaryo viloyat sudi<\/strong><\/p>\n<p><strong>jinoyat ishlari bo\u2018yicha sudyasi\u00a0 <\/strong><strong>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 <\/strong><\/p>\n<p><strong>O.Ergashev<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Giyohvandlikni insoniyat genofondiga solayotgan xavfi hozirning dolzarb muammosi ekanligi hech kimga sir emas. Bu ofatga qarshi ayni paytda xalqaro miqyosda mislsiz kurash olib borilmoqda. Giyohvandlik vositalari \u2014maxsus ro\u2018yxatga kiritilgan hamda O\u2018zbekiston Respublikasida qat\u2019iy nazorat ostiga olingan, tabiiy yoki sintetik kelib chiqishga ega moddalar, ularni o\u2018z ichiga olgan preparatlar va ayrim o\u2018simliklardir. \u00a0Psixotrop moddalar esa inson &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21762,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22292"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22292"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22292\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22294,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22292\/revisions\/22294"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21762"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22292"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22292"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22292"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}