{"id":22269,"date":"2026-10-22T18:03:08","date_gmt":"2026-10-22T15:03:08","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=22269"},"modified":"2026-10-22T18:10:45","modified_gmt":"2026-10-22T15:10:45","slug":"sud-organlari-mustaqilligi-odil-sudlov-va-inson-huquqlarining-muhim-kafolati-sud-organlarining-mustaqilligi-demokratik-huquqiy-davlatning-eng-muhim-tamoyillaridan-biri-bolib-odil","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=22269","title":{"rendered":"Sud organlari mustaqilligi \u2014 odil sudlov va inson huquqlarining muhim kafolati"},"content":{"rendered":"<p>Sud organlarining mustaqilligi demokratik huquqiy davlatning eng muhim tamoyillaridan biri bo\u2018lib, odil sudlovni qonuniy, xolis va adolatli amalga oshirishning asosiy kafolati hisoblanadi. Sud hokimiyatining mustaqilligi, avvalo, insonning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligini ta\u2019minlash hamda jamiyatda adolat va qonuniylik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Sudyaning mustaqilligi deganda uning muayyan ishni ko\u2018rib chiqish va qaror qabul qilish jarayonida har qanday tashqi ta\u2019sir, bosim, aralashuv yoki manfaatdor shaxslarning ta\u2019siridan xoli bo\u2018lishi, qarorni faqat Konstitutsiya va qonun talablariga asoslangan holda qabul qilishi tushuniladi.<\/p>\n<p>Sudya o\u2018z faoliyatida biror-bir davlat organi, mansabdor shaxs, jamoat birlashmasi yoki boshqa shaxsning ko\u2018rsatmasiga emas, balki qonunga tayanadi. O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida sud hokimiyatining mustaqilligiga alohida e\u2019tibor qaratilgan.<\/p>\n<p>Sudyalar mustaqildirlar va faqat Konstitutsiya va qonunga bo\u2018ysunadilar. Muayyan ish bo\u2018yicha sudyadan hisobot talab qilish, shuningdek, sud ishlariga aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo\u2018ladi. Bu qoida sudyaning ichki ishonchi asosida, dalillarga huquqiy baho bergan holda mustaqil qaror qabul qilishi uchun muhim huquqiy asos yaratadi.<\/p>\n<p>Sud organlari mustaqilligi nafaqat sudyaning shaxsiy mustaqilligini, balki butun sud tizimining institutsional mustaqilligini ham anglatadi. Sudlar o\u2018z vakolatlarini amalga oshirishda boshqa hokimiyat tarmoqlaridan mustaqil ravishda faoliyat yuritishi, sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligi esa faqat qonunda belgilangan tartibda tekshirilishi lozim.<\/p>\n<p>BMTning sud organlari mustaqilligi asosiy prinsiplarida ham sud organlarining mustaqilligi davlat tomonidan kafolatlanishi va mamlakat Konstitutsiyasi yoki qonunlarida mustahkamlanishi belgilangan. Ushbu xalqaro prinsiplarga ko\u2018ra, barcha davlat organlari va boshqa institutlar sud organlarining mustaqilligini hurmat qilishi va unga rioya etishi shart.<\/p>\n<p>Sud ishlarini hal etishga har qanday aralashuvga yo\u2018l qo\u2018yilmasligi sudyaning mustaqil qaror qabul qilishi uchun muhim shartdir. Chunki sudyaga nisbatan tashqi ta\u2019sir mavjud bo\u2018lgan taqdirda, odil sudlovning xolisligi va qonuniyligiga shubha paydo bo\u2018lishi mumkin. Shu sababli sud ishlarini hal etish jarayoniga aralashish, sudyani muayyan qaror qabul qilishga majburlash yoki unga boshqacha tarzda ta\u2019sir o\u2018tkazish qonunchilikka zid hisoblanadi. Sudyalarning daxlsizligi ham sud mustaqilligining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.<\/p>\n<p>Sudya o\u2018z vazifalarini erkin va qonuniy amalga oshirishi uchun uning shaxsi, huquqlari va kasbiy faoliyati qonun bilan himoya qilinadi. Sudyani lavozimga tayinlash, lavozimidan ozod qilish, intizomiy yoki boshqa javobgarlikka tortish faqat qonunchilikda belgilangan asos va tartibda amalga oshirilishi sudya mustaqilligining muhim kafolatidir. Sud mustaqilligini ta\u2019minlashda sudyalarning munosib moddiy va ijtimoiy ta\u2019minoti ham katta ahamiyatga ega.<\/p>\n<p>Sudyaning o\u2018z vazifasini xolis va vijdonan bajarishi uchun uning mehnati munosib baholanishi, mehnat sharoitlari va ijtimoiy kafolatlari ta\u2019minlanishi zarur. Bunday kafolatlar sudyaning tashqi manfaatlar ta\u2019siriga tushib qolishining oldini olishga ham xizmat qiladi. Odil sudlovning asosiy talablaridan biri \u2014 sud oldida barcha shaxslarning tengligi va ishlarning xolis ko\u2018rib chiqilishidir.<\/p>\n<p>Sudya ish ishtirokchilarining ijtimoiy mavqei, mansabi, moliyaviy imkoniyati yoki boshqa holatlaridan qat\u2019i nazar, qonun talablariga amal qilishi kerak. Qonun oldida tenglik va xolislik tamoyillari sud qarorlariga nisbatan jamoatchilik ishonchini ta\u2019minlaydi. Sud organlari mustaqilligi inson huquq va erkinliklarini himoya qilish bilan bevosita bog\u2018liq. Agar shaxs o\u2018zining buzilgan huquqini tiklash uchun sudga murojaat qilganida, sud uning huquqiy himoyasini mustaqil va xolis ravishda ta\u2019minlay olsa, bu huquqiy davlatning muhim belgisi hisoblanadi.<\/p>\n<p>Shu ma\u2019noda, mustaqil sud \u2014 fuqaroni davlat organlari, mansabdor shaxslar yoki boshqa shaxslarning qonunga xilof harakatlaridan himoya qiluvchi ishonchli huquqiy institutdir. Sud mustaqilligi sudyaning qonundan ustun turishini anglatmaydi. Aksincha, sudya mustaqilligining eng asosiy chegarasi ham, uning eng muhim mezoni ham qonunga bo\u2018ysunishdir.<\/p>\n<p>Sudya o\u2018z qarorini shaxsiy xohish-irodasi yoki tashqi ta\u2019sir asosida emas, balki ishdagi dalillar, qonun normalari va huquqiy prinsiplar asosida qabul qilishi lozim. Sudyalar axloqining xalqaro prinsiplarida ham mustaqillik, xolislik, halollik, odob-axloq, tenglik, kompetentlik va g\u2018ayratlilik sudya faoliyatining muhim mezonlari sifatida e\u2019tirof etilgan. Sudyaning mustaqilligi uning xolisligi va adolatparvarligi bilan uyg\u2018un bo\u2018lgandagina odil sudlovning haqiqiy kafolatiga aylanadi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda O\u2018zbekistonda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim yo\u2018nalishlaridan biri ham sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, sudyalarning huquqiy maqomini kuchaytirish, sud ishlarini ko\u2018rishda inson huquqlari va qonuniylik talablarini ta\u2019minlashdan iborat. Bu islohotlar sudlarga bo\u2018lgan ishonchni oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish hamda qonun ustuvorligini ta\u2019minlashga qaratilgan bo\u2018lib, sud organlarining mustaqilligi \u2014 odil sudlovning poydevori, inson huquq va erkinliklarining ishonchli kafolati hamda qonun ustuvorligini ta\u2019minlashning muhim shartidir.<\/p>\n<p>Mustaqil va xolis sud mavjud bo\u2018lgan jamiyatdagina har bir inson o\u2018z huquqi va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishiga ishonch hosil qiladi. Shu bois sudyalarning mustaqilligini ta\u2019minlash, sud ishlariga aralashishga yo\u2018l qo\u2018ymaslik, sudlarning moddiy-texnik va tashkiliy asoslarini mustahkamlash, sudyalarning daxlsizligi va ijtimoiy kafolatlarini ta\u2019minlash huquqiy davlat barpo etishning muhim shartlaridan biri bo\u2018lib qolaveradi.<\/p>\n<p><strong>Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha <\/strong><\/p>\n<p><strong>Sariosiyo tumanlararo sudining devonxona mudiri <\/strong><\/p>\n<p><strong>Boborajabov Yoqubjon Murodalievich<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sud organlarining mustaqilligi demokratik huquqiy davlatning eng muhim tamoyillaridan biri bo\u2018lib, odil sudlovni qonuniy, xolis va adolatli amalga oshirishning asosiy kafolati hisoblanadi. Sud hokimiyatining mustaqilligi, avvalo, insonning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligini ta\u2019minlash hamda jamiyatda adolat va qonuniylik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi. Sudyaning mustaqilligi deganda uning muayyan ishni ko\u2018rib chiqish va qaror &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22272,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[5],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22269"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22269"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22269\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22273,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22269\/revisions\/22273"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22272"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22269"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22269"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22269"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}