{"id":22232,"date":"2026-10-21T19:57:42","date_gmt":"2026-10-21T16:57:42","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=22232"},"modified":"2026-10-21T20:05:15","modified_gmt":"2026-10-21T17:05:15","slug":"kiberjinoyatlar-qonun-va-jinoiy-javobgarlik-bugungi-kunda-axborot-texnologiyalari-hayotimizning-ajralmas-qismiga-aylandi-elektron-tolovlar-internet-banking-elektron-davlat-xizmatlari-va-i","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=22232","title":{"rendered":"KIBERJINOYATLAR: QONUN VA JINOIY JAVOBGARLIK"},"content":{"rendered":"<p>Bugungi kunda axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Elektron to\u2018lovlar, internet-banking, elektron davlat xizmatlari va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Biroq raqamli texnologiyalardan qonunga xilof maqsadlarda foydalanish, kompyuter tizimlariga ruxsatsiz kirish, ma\u2019lumotlarni o\u2018g\u2018irlash va zararli dasturlarni tarqatish kabi qilmishlar ham jamiyat uchun jiddiy xavf tug\u2018dirmoqda.<\/p>\n<p>Kiberjinoyatlar fuqarolarning shaxsiy ma\u2019lumotlari, mulkiy manfaatlari, tashkilotlarning axborot tizimlari va davlat axborot resurslariga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli O\u2018zbekiston Respublikasi qonunchiligida axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Qonun qanday javobgarlikni belgilaydi?<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XX\u00b9 bobi, 278\u00b9\u2013278\u2079-moddalari axborot texnologiyalari sohasidagi ayrim jinoyatlar va ular uchun belgilangan jazo choralarini nazarda tutadi. JKning 278\u00b9-moddasi \u2014 axborotlashtirish qoidalarini buzish. Belgilangan himoya choralarini ko\u2018rmaslik natijasida axborot tizimlaridan foydalanish jarayonida fuqarolarning huquqlariga yoki davlat va jamoat manfaatlariga ko\u2018p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilsa, BHMning 50 baravarigacha jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari tayinlanishi mumkin.<\/p>\n<p>Juda ko\u2018p miqdorda zarar yetkazilganda BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari belgilangan. JKning 278\u00b2-moddasi \u2014 kompyuter axborotidan ruxsatsiz foydalanish. Kompyuter axborotiga qonunga xilof ravishda kirish ma\u2019lumotlarni o\u2018chirish, to\u2018sib qo\u2018yish, o\u2018zgartirish, nusxalash yoki tizim ishini buzishga sabab bo\u2018lsa, BHMning 100 baravarigacha jarima, uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari qo\u2018llanilishi mumkin.<\/p>\n<p>Qilmish takroran, bir guruh shaxslar tomonidan, xizmat mavqeidan foydalanib yoki uyushgan guruh manfaatlarini ko\u2018zlab sodir etilsa, BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha jarima, bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.<\/p>\n<p>JKning 278\u00b3-moddasi \u2014 ruxsatsiz foydalanish uchun maxsus vositalarni tayyorlash yoki tarqatish. Himoyalangan kompyuter tizimlari va telekommunikatsiya tarmoqlariga qonunga xilof kirish uchun mo\u2018ljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini tayyorlash, o\u2018tkazish yoxud tarqatish BHMning 200 baravarigacha jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Og\u2018irlashtiruvchi holatlarda BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha jarima yoki bir yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari tayinlanishi mumkin.<\/p>\n<p>JKning 278\u2074-moddasi \u2014 kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish. Kompyuterda saqlanayotgan ma\u2019lumotlarni qonunga xilof ravishda o\u2018zgartirish, o\u2018chirish, shikastlash yoki bila turib yolg\u2018on axborot kiritish ko\u2018p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon keltirib chiqarsa, BHMning 100 baravarigacha jarima, bir yilgacha axloq tuzatish ishlari, ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish mumkin. Juda ko\u2018p miqdorda zarar yetkazish, takroriylik yoki oldindan til biriktirgan guruh bo\u2018lib sodir etish kabi holatlarda jazo kuchaytiriladi.<\/p>\n<p>JKning 278\u2075-moddasi \u2014 kompyuter sabotaji. O\u2018zganing yoki xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, shuningdek kompyuter tizimini buzish uchun uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish bilan birga BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima, ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish belgilangan. Takroran yoki bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan holatlarda ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish mumkin.<\/p>\n<p>JKning 278\u2076-moddasi \u2014 zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish. Kompyuter axborotini qonunga xilof ravishda o\u2018chirish, o\u2018zgartirish yoki to\u2018sib qo\u2018yishga qaratilgan zararli dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha jarima, ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qonunda ko\u2018rsatilgan og\u2018irlashtiruvchi holatlarda ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan.<\/p>\n<p>JKning 278\u2077-moddasi \u2014 telekommunikatsiya tarmog\u2018idan ruxsatsiz foydalanish. Himoya tizimlarini chetlab o\u2018tib, telekommunikatsiya tarmog\u2018idan qonunga xilof foydalanish va xalqaro trafikni o\u2018tkazishga qaratilgan harakatlar BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha jarima, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.<\/p>\n<p>Og\u2018irlashtiruvchi holatlarda BHMning 300 baravaridan 600 baravarigacha jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish belgilangan.<\/p>\n<p>JKning 278\u2078-moddasi \u2014 kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish. Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o\u2018tkazish yoki ayirboshlash, tegishli litsenziyasiz xizmat ko\u2018rsatish yoki anonim kripto-aktivlar bilan qonunga xilof operatsiyalar amalga oshirish uchun, ma\u2019muriy jazodan keyin sodir etilgan bo\u2018lsa, BHMning 100 baravarigacha jarima, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish belgilangan.<\/p>\n<p>Og\u2018irlashtiruvchi holatlarda BHMning 300\u2013400 baravarigacha jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish mumkin. JKning 278\u2079-moddasi \u2014 mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish. Anonim kripto-aktivlar mayningi yoki belgilangan tartibni buzgan holda mayning faoliyatini ma\u2019muriy jazodan keyin davom ettirish uchun BHMning 100 baravarigacha jarima, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish belgilangan. Yashirin mayning uchun BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish mumkin.<\/p>\n<p>Qonunda ko\u2018rsatilgan og\u2018irlashtiruvchi holatlarda uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan. Kiberxavfsizlik \u2014 har birimizning mas\u2019uliyatimiz Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emas. Har bir fuqaro shaxsiy ma\u2019lumotlarini himoya qilishi, murakkab parollardan foydalanishi, tasdiqlanmagan havolalarni ochmasligi va bank kartasiga oid maxfiy ma\u2019lumotlarni boshqalarga bermasligi lozim.<\/p>\n<p>Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar uchun belgilangan javobgarlik raqamli muhitda qonuniylikni ta\u2019minlash va fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi. Raqamli savodxonlikni oshirish, axborot xavfsizligi talablariga amal qilish va qonunbuzarliklarning oldini olish har birimizning vazifamizdir.<\/p>\n<p><strong>Jinoyat ishlari bo\u2018yicha <\/strong><\/p>\n<p><strong>Uzun tuman sudining devonxona mudiri <\/strong><\/p>\n<p><strong>Z.Abdimuratov<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Elektron to\u2018lovlar, internet-banking, elektron davlat xizmatlari va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Biroq raqamli texnologiyalardan qonunga xilof maqsadlarda foydalanish, kompyuter tizimlariga ruxsatsiz kirish, ma\u2019lumotlarni o\u2018g\u2018irlash va zararli dasturlarni tarqatish kabi qilmishlar ham jamiyat uchun jiddiy xavf tug\u2018dirmoqda. Kiberjinoyatlar fuqarolarning shaxsiy ma\u2019lumotlari, mulkiy manfaatlari, tashkilotlarning axborot tizimlari &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22235,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22232"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22232"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22232\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22236,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22232\/revisions\/22236"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22235"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22232"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22232"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22232"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}