{"id":22089,"date":"2026-09-20T19:39:39","date_gmt":"2026-09-20T16:39:39","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=22089"},"modified":"2026-09-20T19:44:48","modified_gmt":"2026-09-20T16:44:48","slug":"raqamli-texnologiyalar-sohasida-yangi-huquqiy-muhit-orq-1169-son-konstitutsiyaviy-qonunning-ahamiyati-bugungi-kunda-raqamli-texnologiyalar-iqtisodiyot-davlat-boshqaruvi-tadbirkorlik-va-ijt","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=22089","title":{"rendered":"RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI HUQUQIY MUHIT: O\u2018RQ-1169-SON KONSTITUTSIYAVIY QONUNNING AHAMIYATI"},"content":{"rendered":"<p>Bugungi kunda raqamli texnologiyalar iqtisodiyot, davlat boshqaruvi, tadbirkorlik va ijtimoiy hayotning deyarli barcha sohalariga jadal kirib bormoqda. Yangi texnologiyalarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish bilan bir qatorda, ular bilan bog\u2018liq munosabatlarni aniq va zamonaviy huquqiy asosda tartibga solish ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi.<\/p>\n<p>Shu maqsadda O\u2018zbekiston Respublikasining 2026-yil 19-avgustdagi O\u2018RQ-1169-son \u00abRaqamli texnologiyalar xalqaro markazi to\u2018g\u2018risida\u00bbgi Konstitutsiyaviy qonuni qabul qilindi.<\/p>\n<p>Mazkur Konstitutsiyaviy qonunning asosiy maqsadi Raqamli texnologiyalar xalqaro markazining alohida hudud sifatidagi maqomini hamda uning hududida amal qiladigan maxsus huquqiy rejimni belgilashdan iborat.<\/p>\n<p>Qonun 2027-yil 21-yanvardan kuchga kiradi. Maxsus huquqiy rejim joriy etiladi<\/p>\n<p>Konstitutsiyaviy qonunning muhim jihatlaridan biri \u2014 Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi hududida maxsus huquqiy rejimning belgilanishidir.<\/p>\n<p>Ushbu rejim doirasida innovatsion texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlarni yaratish, sinovdan o\u2018tkazish hamda amaliyotga joriy etish uchun alohida huquqiy sharoitlar yaratiladi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, raqamli texnologiyalar sohasiga investitsiyalarni jalb etish, eksport faoliyatini rag\u2018batlantirish, korporativ va tijorat munosabatlari, soliq va bojxona, mehnat munosabatlari, bank-moliya faoliyati, shaxsga doir ma\u2019lumotlarni himoya qilish, davlat xizmatlari hamda intellektual mulkni muhofaza qilish kabi yo\u2018nalishlarda ham maxsus huquqiy tartib belgilanadi.<\/p>\n<p>\u00abTartibga solish qumdoni\u00bb \u2014 innovatsiyalarni sinovdan o\u2018tkazish imkoniyati Qonun bilan raqamli texnologiyalar sohasida yangi va innovatsion yechimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun \u00abTartibga solish qumdoni\u00bb mexanizmi nazarda tutilgan. \u00abTartibga solish qumdoni\u00bb \u2014 innovatsion texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlarni yaratish, sinovdan o\u2018tkazish hamda joriy etish uchun tashkil etiladigan tajribaviy-huquqiy muhitdir. Bu mexanizm yangi texnologiyalarni ularni keng miqyosda joriy etishdan oldin maxsus sharoitlarda sinab ko\u2018rish, ularning samaradorligi va xavfsizligini baholash hamda zarur huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, sinovdan o\u2018tkazilayotgan innovatsion texnologiya, mahsulot yoki xizmatdan shartnoma asosida foydalanish mumkinligi belgilangan. Qonunda nazarda tutilgan hollarda bunday texnologiyalardan foydalanishning o\u2018zi javobgarlikka tortish uchun asos bo\u2018lmaydi, biroq inson hayoti va sog\u2018lig\u2018iga zarar yetkazish bilan bog\u2018liq javobgarlik bundan mustasno hisoblanadi.<\/p>\n<p>Raqamli texnologiyalar va investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlar Yangi huquqiy rejimning yana bir muhim yo\u2018nalishi raqamli texnologiyalar sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va raqamli xizmatlar eksportini rag\u2018batlantirish bilan bog\u2018liq. Bunda Markaz ishtirokchilari, investorlar va raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi sub\u2019ektlar uchun zamonaviy huquqiy muhit yaratish ko\u2018zda tutilmoqda. Shuningdek, Markaz qarorlari uning hududida majburiy bo\u2018lgan huquqiy normalarni belgilashi, o\u2018zgartirishi yoki bekor qilishi mumkin. Bunday qarorlar Konstitutsiyaviy qonun normalari, Angliya va Uels umumiy huquqining elementlari hamda yetakchi xalqaro moliya markazlari standartlariga asoslanishi mumkin. Markaz qarorlari rasmiy manbalarda ingliz tilida e\u2019lon qilinadi.<\/p>\n<p>Shaxsga doir ma\u2019lumotlar va intellektual mulk himoyasi Raqamli iqtisodiyot rivojlangani sari ma\u2019lumotlarni himoya qilish va intellektual mulk huquqlarini ta\u2019minlash masalalari ham alohida ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiyaviy qonunda Markaz hududida ma\u2019lumotlarni himoya qilish, shaxsga doir ma\u2019lumotlarga ishlov berish va ularni muhofaza qilish, shuningdek intellektual mulkni himoya qilishga oid maxsus huquqiy mexanizmlar nazarda tutilgan. Intellektual faoliyat natijalarini yaratish, himoya qilish va tijoratlashtirishni rag\u2018batlantiruvchi qo\u2018shimcha mexanizmlarni belgilash imkoniyati ham mavjud.<\/p>\n<p>Qonun ustuvorligi va huquqiy tartib Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi yangi huquqiy munosabatlarni ham vujudga keltiradi. Shu sababli raqamli muhitda faoliyat yurituvchi sub\u2019ektlarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilash, qonuniylikni ta\u2019minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiyaviy qonun Markaz hududidagi munosabatlarning huquqiy asoslarini belgilab, raqamli texnologiyalar sohasida innovatsiya va qonuniylik o\u2018rtasidagi muvozanatni ta\u2019minlashga qaratilgan.<\/p>\n<p>Ayniqsa, yangi texnologiyalarni sinovdan o\u2018tkazish jarayonida inson huquqlari, jamoat xavfsizligi, shaxsga doir ma\u2019lumotlarning daxlsizligi va intellektual mulk huquqlariga rioya etilishi muhim huquqiy talab sifatida namoyon bo\u2018ladi. O\u2018RQ-1169-son Konstitutsiyaviy qonun O\u2018zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasini rivojlantirish uchun yangi huquqiy mexanizmlarni belgilab bermoqda. Mazkur hujjat orqali innovatsion texnologiyalarni sinovdan o\u2018tkazish, raqamli mahsulot va xizmatlarni joriy etish, investitsiyalarni jalb qilish, eksport faoliyatini rag\u2018batlantirish, ma\u2019lumotlar va intellektual mulkni himoya qilishga qaratilgan maxsus huquqiy muhit shakllantirilmoqda.<\/p>\n<p>Qonunning 2027-yil 21-yanvardan kuchga kirishi bilan ushbu yo\u2018nalishda belgilangan huquqiy mexanizmlarni amaliyotga tatbiq etish uchun yangi imkoniyatlar yuzaga keladi. Raqamli texnologiyalar taraqqiyoti sharoitida qonunchilikdagi yangiliklarni bilish va ularga rioya qilish har bir fuqaro, tadbirkorlik sub\u2019ekti va mas\u2019ul shaxs uchun muhim ahamiyatga ega.<\/p>\n<p><strong>Jinoyat ishlari bo\u2018yicha <\/strong><\/p>\n<p><strong>Uzun tuman sudining sudya yordamchisi <\/strong><\/p>\n<p><strong>S.Xushboqov<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda raqamli texnologiyalar iqtisodiyot, davlat boshqaruvi, tadbirkorlik va ijtimoiy hayotning deyarli barcha sohalariga jadal kirib bormoqda. Yangi texnologiyalarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish bilan bir qatorda, ular bilan bog\u2018liq munosabatlarni aniq va zamonaviy huquqiy asosda tartibga solish ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda O\u2018zbekiston Respublikasining 2026-yil 19-avgustdagi O\u2018RQ-1169-son \u00abRaqamli texnologiyalar xalqaro markazi to\u2018g\u2018risida\u00bbgi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22044,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[15],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22089"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22089"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22089\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22092,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22089\/revisions\/22092"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22044"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22089"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22089"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22089"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}