{"id":22046,"date":"2026-09-18T09:28:15","date_gmt":"2026-09-18T06:28:15","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=22046"},"modified":"2026-09-18T09:28:17","modified_gmt":"2026-09-18T06:28:17","slug":"2026-yil-14-avgustdagi-ozbekiston-respublikasining-ayrim-qonun-hujjatlariga-iqtisodiy-va-mamuriy-sudlarga-murojaat-qilishda-fuqarolar-va-tadbirkorlar-uchun-yanada-qulay-shar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=22046","title":{"rendered":"2026 yil 14 avgustdagi \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy va ma\u2019muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar va tadbirkorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirishga qaratilgan o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida\u201dgi O\u2018RQ-1165-sonli Qonunning mazmun mohiyati"},"content":{"rendered":"<p>Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlarining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga iqtisodiy va ma\u2019muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan yangi huquqiy institutlarni amaliyotga joriy etish, shuningdek fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida ushbu sudlarning rolini yanada oshirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.<\/p>\n<p>Mazkur Qonun bilan O\u2018zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual, Iqtisodiy protsessual kodekslariga hamda \u00abSudlar to\u2018g\u2018risida\u00bbgi O\u2018zbekiston Respublikasi Qonuniga iqtisodiy sudlarning ma\u2019muriy boshqaruv tizimini soddalashtirishga va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan o\u2018zgartirishlar kiritilmoqda.<\/p>\n<p>Shuningdek O\u2018zbekiston Respublikasining Ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksi ma\u2019muriy sud tomonidan nizolarni hal etish jarayonida ma\u2019muriy huquqbuzarliklar to\u2018g\u2018risidagi ishlarni ko\u2018rib chiqish tartibini nazarda tutuvchi norma bilan to\u2018ldirilmoqda.<\/p>\n<p>Bundan tashqari O\u2018zbekiston Respublikasining Ma\u2019muriy sud ishlarini yuritish to\u2018g\u2018risidagi kodeksiga va O\u2018zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga eksterritorial sudlovga tegishlilikni joriy etishga qaratilgan o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritilmoqda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga O\u2018zbekiston Respublikasining Ma\u2019muriy sud ishlarini yuritish to\u2018g\u2018risidagi kodeksiga davlat organining mansabdor shaxsi yoki uning vakili ma\u2019muriy sudning majlisida majburiy ishtirok etishini ta\u2019minlash tartibini, ishonchning huquqiy himoyasi prinsipini va dastlabki eshituv institutini kiritish nazarda tutilmoqda.<\/p>\n<p>Shuningdek \u00abDavlat boji to\u2018g\u2018risida\u00bbgi O\u2018zbekiston Respublikasi Qonunida to\u2018lovga qobiliyatsizlik to\u2018g\u2018risida ish qo\u2018zg\u2018atilganligi sababli qarzdorga nisbatan qo\u2018zg\u2018atilgan boshqa da\u2019volar ko\u2018rib chiqilmagan hollarda, shuningdek dastlabki eshituv natijalariga ko\u2018ra ariza ko\u2018rmasdan qoldirilganda to\u2018langan davlat boji qaytarib berilishi belgilanmoqda.<\/p>\n<p>Ushbu Qonun fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlari uchun sudlarga murojaat qilishda yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga, sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga, shuningdek davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o\u2018rnatishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p><strong>\u00ab245<sup>13<\/sup>-modda. Ma\u2019muriy sudlar<\/strong><\/p>\n<p>Ma\u2019muriy sudlar ma\u2019muriy ishlarning muhokamasi chog\u2018ida ma\u2019muriy huquqbuzarliklar aniqlangan hollarda ushbu Kodeksning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma\u2019muriy huquqbuzarliklar to\u2018g\u2018risidagi ishlarni ko\u2018rib chiqadi\u00bb.<\/p>\n<p><strong>\u00ab11<sup>1<\/sup>-modda. Ishonchning huquqiy himoyasi<\/strong><\/p>\n<p>Vijdonan harakat qiluvchi shaxsning ma\u2019muriy organning qarori (mansabdor shaxsning harakati) qonuniy ekanligiga bo\u2018lgan ishonchi qonun bilan qo\u2018riqlanadi.<\/p>\n<p>Ishonchni huquqiy himoya qilish asoslari va tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi\u00bb;<\/p>\n<p>3) <a href=\"https:\/\/lex.uz\/uz\/docs\/3527353?ONDATE=01.04.2018%2000#3528970\">33-modda<\/a>:<\/p>\n<p>quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to\u2018ldirilsin:<\/p>\n<p>\u00abUshbu Kodeksning 32-moddasida belgilangan sudlovga tegishlilik arizachining eksterritorial sudlovga tegishlilikni tanlash haqidagi iltimosnomasiga ko\u2018ra o\u2018zgartirilishi mumkin. Bunday iltimosnoma mavjud bo\u2018lgan taqdirda, ariza (shikoyat) ushbu Kodeksning 32-moddasida yoki mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sudga taqdim etiladi. Ishni ko\u2018radigan sudni aniqlash avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ushbu Kodeksning 32-moddasida va mazkur moddaning birinchi qismida ko\u2018rsatilgan sudning tanlanishi istisno etiladigan tartibda amalga oshiriladi\u00bb;<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/lex.uz\/uz\/docs\/3527353?ONDATE=13.01.2021%2000#5226311\">ikkinchi<\/a> va <a href=\"https:\/\/lex.uz\/uz\/docs\/3527353?ONDATE=13.01.2021%2000#5226317\">uchinchi qismlari<\/a> tegishincha uchinchi va to\u2018rtinchi qismlar deb hisoblansin;<\/p>\n<p>4) <a href=\"https:\/\/lex.uz\/uz\/docs\/3527353?ONDATE=01.04.2018%2000#3529721\">105-modda<\/a> quyidagi mazmundagi 2<sup>1<\/sup>-band bilan to\u2018ldirilsin:<\/p>\n<p>\u00ab2<sup>1<\/sup>) dastlabki eshituv natijasi bo\u2018yicha arizachi arizani ko\u2018rmasdan qoldirish haqida arz qilgan bo\u2018lsa\u00bb;<\/p>\n<p>5) <a href=\"https:\/\/lex.uz\/uz\/docs\/3527353?ONDATE=01.04.2018%2000#3530204\">130-modda<\/a> quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to\u2018ldirilsin:<\/p>\n<p>\u00abEksterritorial sudlovga tegishlilik tanlanganida arizaga (shikoyatga) arizachining shu mazmundagi iltimosnomasi ham ilova qilinadi\u00bb;<\/p>\n<p>6) 17-bobning <a href=\"https:\/\/lex.uz\/uz\/docs\/3527353?ONDATE=01.04.2018%2000#3530332\">nomi<\/a> \u00abmuhokamasiga tayyorlash\u00bb degan so\u2018zlardan keyin \u00abva dastlabki eshituv\u00bb degan so\u2018zlar bilan to\u2018ldirilsin;<\/p>\n<p>7) 139-moddaning <a href=\"https:\/\/lex.uz\/uz\/docs\/3527353?ONDATE=01.04.2018%2000#3530397\">ikkinchi qismi<\/a> \u00abajrimda bayon etilishi mumkin\u00bb degan so\u2018zlardan keyin \u00abbundan dastlabki eshituv o\u2018tkaziladigan hollar mustasno\u00bb degan so\u2018zlar bilan to\u2018ldirilsin;<\/p>\n<p>8) <a href=\"https:\/\/lex.uz\/uz\/docs\/3527353?ONDATE=01.04.2018%2000#3530399\">140-modda<\/a> quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to\u2018ldirilsin:<\/p>\n<p>\u00abDastlabki eshituv o\u2018tkazilgan hollarda ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddati yigirma kundan oshmasligi kerak\u00bb;<\/p>\n<p>9) <a href=\"https:\/\/lex.uz\/uz\/docs\/3527353?ONDATE=01.04.2018%2000#3530332\">17-bob<\/a> quyidagi mazmundagi 140<sup>1<\/sup>-modda bilan to\u2018ldirilsin:<\/p>\n<p><strong>\u00ab140<sup>1<\/sup>-modda. Dastlabki eshituv<\/strong><\/p>\n<p>Ma\u2019muriy organlarning, fuqarolar o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo\u2018riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to\u2018g\u2018risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida dastlabki eshituv o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>Sudya dastlabki eshituvni ariza sudga kelib tushgan kundan e\u2019tiboran yigirma kundan kechiktirmay o\u2018tkazadi, ushbu muddat sud muhokamasi uchun belgilangan muddatga kiritilmaydi.<\/p>\n<p>Dastlabki eshituvni o\u2018tkazish chog\u2018ida sudya:<\/p>\n<p>1) arizachining talablarini va javobgarning e\u2019tirozlarini aniqlashtiradi;<\/p>\n<p>2) arizadagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko\u2018radi;<\/p>\n<p>3) talablarni isbotlash uchun arizachiga zarur dalillarni hamda javobgarga fikrini yozma ravishda taqdim etish bo\u2018yicha tushuntirishlar beradi;<\/p>\n<p>4) arizadagi talablarga va ishdagi dalillarga dastlabki huquqiy baho (ishga daxldor bo\u2018lmagan taraflarni almashtirish, qo\u2018shimcha javobgarni jalb qilish va boshqalar) beradi. Bunda ko\u2018rilayotgan ishning mazmunan hal etilishi bo\u2018yicha yakuniy fikr bildirishga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n<p>Dastlabki eshituv bo\u2018yicha majlisning vaqti va joyi to\u2018g\u2018risida taraflar buyurtma xat orqali yoki xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta\u2019minlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi.<\/p>\n<p>Dastlabki eshituv bo\u2018yicha majlis o\u2018tkazilganligi to\u2018g\u2018risida bayonnoma tuzilib, unda quyidagilar ko\u2018rsatiladi: majlis o\u2018tkazilgan sana va joy; ishni yuritayotgan sudning nomi; sudyaning va majlis kotibining (sudya yordamchisining yoki katta yordamchisining) familiyasi hamda ismi-sharifining bosh harflari; taraflar va ularga protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi to\u2018g\u2018risidagi ma\u2019lumotlar; taraflar tomonidan berilgan tushuntirishlar.<\/p>\n<p>Taraflar kelmagan taqdirda, sudya ushbu Kodeksning 140-moddasida ko\u2018rsatilgan harakatlarni amalga oshiradi. Bunday holda dastlabki eshituv bo\u2018yicha bayonnoma tuzilmaydi.<\/p>\n<p>Dastlabki eshituv natijasiga ko\u2018ra arizani ko\u2018rmasdan qoldirish yoki kelishuv bitimini tasdiqlash yoxud ish bo\u2018yicha sud muhokamasini tayinlash to\u2018g\u2018risida ajrim chiqariladi\u00bb;<\/p>\n<p>10) quyidagi mazmundagi 148<sup>1<\/sup>-modda bilan to\u2018ldirilsin:<\/p>\n<p><strong>\u00ab148<sup>1<\/sup>-modda. Ma\u2019muriy organ mansabdor shaxsining yoki uning vakilining sudga kelmaganligi oqibatlari<\/strong><\/p>\n<p>Ma\u2019muriy organning qarori yoki uning mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan berilgan arizani (shikoyatni) ko\u2018rishda mansabdor shaxsning yoki uning vakilining sud majlisidagi ishtiroki majburiy hisoblanadi.<\/p>\n<p>Ushbu arizani (shikoyatni) ko\u2018rishda mansabdor shaxs yoki uning vakili sud majlisida ishtirok etmagan taqdirda sud muhokamasi keyinga qoldiriladi.<\/p>\n<p>Ma\u2019muriy organ mansabdor shaxsining yoki uning vakilining sud muhokamasida ishtirok etmaganligi sud tomonidan uzrli deb topilmagan taqdirda, sud mansabdor shaxsga nisbatan sud jarimasini qo\u2018llashga haqli.<\/p>\n<p>Ma\u2019muriy organ mansabdor shaxsining yoki uning vakilining ishtiroki ishning har tomonlama, to\u2018liq va to\u2018g\u2018ri hal qilinishiga to\u2018sqinlik qilmagan taqdirda, ish davlat organi mansabdor shaxsining yoki uning vakilining ishtirokisiz ko\u2018rib chiqilishi mumkin\u00bb;<\/p>\n<p>11) <a href=\"https:\/\/lex.uz\/uz\/docs\/3527353?ONDATE=01.04.2018%2000#3530929\">174-modda<\/a>:<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/lex.uz\/uz\/docs\/3527353?ONDATE=01.04.2018%2000#3530929\">nomi<\/a> \u00abXususiy ajrim\u00bb degan so\u2018zlardan keyin \u00abva qaror\u00bb degan so\u2018zlar bilan to\u2018ldirilsin;<\/p>\n<p>quyidagi mazmundagi oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan to\u2018ldirilsin:<\/p>\n<p>\u00abIshni ko\u2018rishda mansabdor shaxsning yoki fuqaroning xatti-harakatlarida, ularning ishda ishtirok etishidan qat\u2019i nazar, ma\u2019muriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlansa, agar ushbu ma\u2019muriy huquqbuzarlik to\u2018g\u2018risidagi ishni ko\u2018rib chiqish qonunda mazkur sudning vakolatiga kiritilgan bo\u2018lsa, sud ularni ma\u2019muriy javobgarlikka tortish masalasini ko\u2018rib chiqadi.<\/p>\n<p>Ma\u2019muriy javobgarlikka tortish to\u2018g\u2018risida sud qaror qabul qiladi.<\/p>\n<p>Qaror ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin\u00bb;<\/p>\n<p>12) 188-moddaning <a href=\"https:\/\/lex.uz\/uz\/docs\/3527353?ONDATE=01.04.2018%2000#3531142\">matni<\/a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:<\/p>\n<p>\u00abMa\u2019muriy organlarning, fuqarolar o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to\u2018g\u2018risidagi ish ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoki ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakillari ishtirokida ko\u2018rib chiqiladi.<\/p>\n<p>Sud majlisining vaqti va joyi to\u2018g\u2018risida tegishli tarzda xabardor qilingan fuqarolar o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organining mansabdor shaxsi yoki uning vakili kelmaganligi ishni ko\u2018rish uchun to\u2018sqinlik qilmaydi. Biroq sud ushbu shaxslarning sud majlisiga kelishini majburiy deb topishi va ularni tushuntirishlar berish uchun sud majlisiga chaqirishi mumkin.<\/p>\n<p>Ma\u2019muriy organlarning, fuqarolar o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to\u2018g\u2018risidagi ishni ko\u2018rib chiqish chog\u2018ida sud ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari, harakatlar (harakatsizlik) qonuniyligini, ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoxud ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakolatlarini tekshiradi, shuningdek ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) arizachining huquqlari va qonun bilan qo\u2018riqlanadigan manfaatlarini buzganligini aniqlaydi.<\/p>\n<p>Manfaatdor shaxsning ishonchi himoya qilinishi lozim bo\u2018lgan hollarda, sudning hal qiluv qarori asosida ommaviy huquqiy munosabatlar tugatilishi ushbu shaxs o\u2018z mulkidan mahrum bo\u2018lishiga yoki boshqa og\u2018ir oqibatlarga olib kelmasligi kerak\u00bb.<\/p>\n<p><strong>Termiz tumanlararo<\/strong><\/p>\n<p><strong>ma\u2019muriy sudi <\/strong><strong>sudya yordamchisi<\/strong><strong>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 <\/strong><\/p>\n<p><strong>M.Juma<\/strong><strong>y<\/strong><strong>ev<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlarining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga iqtisodiy va ma\u2019muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan yangi huquqiy institutlarni amaliyotga joriy etish, shuningdek fuqarolar va &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22047,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[8,15],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22046"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22046"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22046\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22048,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22046\/revisions\/22048"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22047"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22046"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22046"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22046"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}