{"id":22032,"date":"2026-09-17T11:47:23","date_gmt":"2026-09-17T08:47:23","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=22032"},"modified":"2026-09-17T11:47:25","modified_gmt":"2026-09-17T08:47:25","slug":"odil-sudlov-2030-sud-tizimida-yangi-islohotlar-davri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=22032","title":{"rendered":"ODIL SUDLOV \u2013 2030\u201d: SUD TIZIMIDA YANGI ISLOHOTLAR DAVRI"},"content":{"rendered":"<p>So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish, inson huquq va erkinliklarini sud orqali ishonchli himoya qilish hamda odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Bu borada 2026-yil 14-avgust kuni muhim qadam tashlanib, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cOdil sudlov \u2013 2030\u201d: Yangi O\u2018zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Farmoni qabul qilindi.<\/p>\n<p>Mazkur hujjat sud-huquq sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish, sudlarni fuqarolarga yanada yaqinlashtirish, sud faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta\u2019minlash hamda inson huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan.<\/p>\n<p>Strategiyada sud tizimini rivojlantirishning asosiy ustuvor yo\u2018nalishlari sifatida \u201cxalqchil sud\u201d, \u201cadolat qo\u2018rg\u2018oni\u201d, \u201ckafolatlangan adolat\u201d va \u201cadolat posbonlari\u201d tamoyillari belgilangan.<\/p>\n<p>Sud qarorlarini qayta ko\u2018rib chiqish tizimi takomillashtiriladi<\/p>\n<p>Islohotlarning muhim jihatlaridan biri \u2014 sud qarorlarini qayta ko\u2018rib chiqish tizimini yanada takomillashtirishdir.<\/p>\n<p>Belgilangan choralarga muvofiq, 2027-yil 1-iyuldan boshlab 5 ta hududlararo sud tashkil etiladi. Bunda viloyat sudlarida apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari saqlab qolinadi, taftish instansiyasining vakolatlari esa hududlararo sudlarga beriladi.<\/p>\n<p>Mazkur o\u2018zgarish sud qarorlarini qayta ko\u2018rib chiqishda xolislikni yanada oshirish, sudning o\u2018z qarorini o\u2018zi qayta ko\u2018rib chiqishiga yo\u2018l qo\u2018ymaslik va fuqarolarning odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Sudlar xalqqa yanada yaqinlashadi<\/p>\n<p>Strategiyada fuqarolarning sudga murojaat qilishini yengillashtirish va ularning ortiqcha ovoragarchiligining oldini olishga ham alohida e\u2019tibor qaratilgan.<\/p>\n<p>Jumladan, 2030-yilga qadar zaruratdan kelib chiqqan holda deyarli barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudlar faoliyatini bosqichma-bosqich yo\u2018lga qo\u2018yish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Bu esa fuqarolarning sudga murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish, vaqt va mablag\u2018ini tejash, eng muhimi, buzilgan huquqlarini o\u2018z vaqtida tiklashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Sud tizimida ochiqlik va ishonch yanada kuchaytiriladi<\/p>\n<p>Zamonaviy sud tizimining eng muhim talablaridan biri \u2014 ochiqlik va shaffoflikdir.<\/p>\n<p>\u201cOdil sudlov \u2013 2030\u201d strategiyasida sudlar faoliyatiga oid axborotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, sud jarayonlarining ochiqligini ta\u2019minlash va jamiyatda sudga bo\u2018lgan ishonchni yanada mustahkamlash muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan.<\/p>\n<p>Zero, sudning haqiqiy nufuzi nafaqat qabul qilingan qarorlar bilan, balki fuqaroning sudga murojaat qilganida o\u2018zini himoyalangan va adolat qaror topishiga ishonch hosil qilgan holati bilan ham belgilanadi.<\/p>\n<p>\u201cOdil sudlov \u2013 2030\u201d strategiyasi mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo\u2018lib, uning asosiy maqsadi \u2014 inson qadrini ulug\u2018lash, uning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, sudlarni xalqqa yanada yaqinlashtirish hamda odil sudlov samaradorligini oshirishdan iborat.<\/p>\n<p>Eng muhimi, amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi har bir fuqaro hayotida, ya\u2019ni uning buzilgan huquqi o\u2018z vaqtida tiklanishi, sud qarorining qonuniy va adolatli ekaniga ishonchi ortishida namoyon bo\u2018lishi lozim.<\/p>\n<p>Shu ma\u2019noda, \u201cOdil sudlov \u2013 2030\u201d strategiyasi sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish yo\u2018lida muhim dasturilamal bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/p>\n<p><strong><em>\u00a0<\/em><\/strong><strong style=\"font-size: revert; color: initial;\"><em>Jumayev Azimjon Azam o\u2019g\u2019li<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>\u00a0Surxondaryo viloyat sudining <\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>s<\/em><\/strong><strong><em>udya katta yordamchisi<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 \u00a0\u00a0<\/em><\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish, inson huquq va erkinliklarini sud orqali ishonchli himoya qilish hamda odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada 2026-yil 14-avgust kuni muhim qadam tashlanib, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cOdil sudlov \u2013 2030\u201d: Yangi O\u2018zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22033,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[15],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22032"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22032"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22032\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22034,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22032\/revisions\/22034"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22033"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22032"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22032"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22032"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}