{"id":21754,"date":"2026-06-22T05:47:43","date_gmt":"2026-06-22T02:47:43","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=21754"},"modified":"2026-06-22T05:47:45","modified_gmt":"2026-06-22T02:47:45","slug":"giyohvandlikka-qarshi-kurash-davr-talabi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=21754","title":{"rendered":"Giyohvandlikka qarshi kurash davr talabi"},"content":{"rendered":"<p>Bugungi kunda jahon miqyosida dolzarb muammolardan biri sifatida e\u2019tirof etilayotgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi nafaqat inson salomatligiga, balki jamiyat barqarorligi, oilalar mustahkamligi va yoshlar kelajagiga ham jiddiy xavf tug\u2018dirmoqda.<\/p>\n<p>Shu bois mamlakatimizda mazkur illatga qarshi kurashish, aholi, ayniqsa yoshlar o\u2018rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ularni turli salbiy ta\u2019sirlardan muhofaza qilish davlat siyosati darajasidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari hamda kuchli ta\u2019sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy asoslar muntazam takomillashtirib borilmoqda. Xususan, O\u2018zbekiston Respublikasining 2026- yil 11-iyunda qabul qilingan &#171;O\u2018zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuchli ta\u2019sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qo\u2018shimcha va o\u2018zgartirishlar kiritish to\u2018g\u2018risida&#187;gi Qonuni mazkur sohadagi huquqiy munosabatlarni yanada samarali tartibga solishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Mazkur Qonunning qabul qilinishi zamirida huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda aholining huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadi mujassam.<\/p>\n<p>Qonun bilan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog\u2018liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari aniqlashtirildi, huquqni qo\u2018llash amaliyotida uchrayotgan ayrim muammolarni bartaraf etishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar joriy etildi.<\/p>\n<p>Alohida ta\u2019kidlash lozimki, giyohvandlik insonning nafaqat jismoniy, balki ma\u2019naviy hayotini ham izdan chiqaradi. Uning oqibatida shaxsning sog\u2018lig\u2018i yomonlashadi, oilaviy munosabatlar buziladi, jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlari ortishiga zamin yaratiladi.<\/p>\n<p>Eng achinarlisi, ushbu illat ta\u2019siriga tushgan yoshlar o\u2018z orzu-maqsadlaridan uzoqlashib, hayotda munosib o\u2018rin egallash imkoniyatini boy berishi mumkin.<\/p>\n<p>Shu sababli ta\u2019lim muassasalarida yoshlar bilan muntazam ravishda ma\u2019rifiy-huquqiy tadbirlar o\u2018tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p>Bunday uchrashuvlar orqali talabalar va o\u2018quvchilarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari, qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari hamda sog\u2018lom turmush tarzining ahamiyati haqida keng tushunchalar beriladi.<\/p>\n<p>Bu esa yoshlarda huquqiy immunitetni shakllantirish, ularni turli yot g\u2018oyalar va zararli odatlar ta\u2019siridan asrashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri inson qadrini ulug\u2018lash, aholining tinch va osoyishta hayot kechirishini ta\u2019minlashdan iborat. Giyohvandlikka qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish ham aynan shu ezgu maqsadlarga xizmat qiladi. Zero, sog\u2018lom avlod \u2013 davlat va jamiyat taraqqiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi.<\/p>\n<p>Har bir fuqaro, ayniqsa yoshlar giyohvandlikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishi, qonun talablariga qat\u2019iy rioya qilishi va sog\u2018lom hayot tarzini tanlashi lozim. Chunki kelajagimiz, yurtimiz taraqqiyoti va millat ravnaqi har birimizning ongli tanlovimizga bog\u2018liq.<\/p>\n<p>Giyohvandlikka qarshi kurashish \u2013 faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning emas, balki butun jamiyatning umumiy vazifasidir.<\/p>\n<p>Biz birgalikda ushbu illatga qarshi qat\u2019iy kurash olib borsak, sog\u2018lom, ma\u2019naviy yetuk va barkamol avlodni tarbiyalashdek ulug\u2018 maqsadimizga albatta erishamiz.<\/p>\n<p>Biz giyohvandlikka qarshimiz, chunki biz sog\u2018lom va farovon kelajak tarafdorimiz.<\/p>\n<p><em>Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha <\/em><\/p>\n<p><em>Sariosiyo tumanlararo sudining devonxona mudiri <\/em><\/p>\n<p><em><strong>Boborajabov Yoqubjon Murodalievich<\/strong><\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda jahon miqyosida dolzarb muammolardan biri sifatida e\u2019tirof etilayotgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi nafaqat inson salomatligiga, balki jamiyat barqarorligi, oilalar mustahkamligi va yoshlar kelajagiga ham jiddiy xavf tug\u2018dirmoqda. Shu bois mamlakatimizda mazkur illatga qarshi kurashish, aholi, ayniqsa yoshlar o\u2018rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ularni turli salbiy ta\u2019sirlardan muhofaza qilish &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21755,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21754"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21754"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21754\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21756,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21754\/revisions\/21756"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21755"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21754"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21754"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21754"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}