{"id":21489,"date":"2026-04-17T09:14:01","date_gmt":"2026-04-17T06:14:01","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=21489"},"modified":"2026-04-17T09:14:02","modified_gmt":"2026-04-17T06:14:02","slug":"aqshda-advokatura","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=21489","title":{"rendered":"AQShda advokatura"},"content":{"rendered":"<p>AQSH huquqiy tizimining murakkabligi, Amerika jamiyati hayotida huquqiy tartibga solishning alohida yuqori rol uynashi advokatlik kasbning ham alohida o\u2019rnini belgilaydi. AQSH iqtisodiy va davlat siyosiy mexanizmida ko\u2019plab yuqori lavozimlarni yuristlar egallaydi.<\/p>\n<p>AQShning 43 prezidentidan 26 tasi yurist bo\u2019lgan, jumladan A.Linkoln, F,D. Ruzvelt, G.Trumen, R.Nikson, B.Klinton ham yurist bo\u2019lgan, xozirgi prezident B.Obama ham yurist. Senatorlarning uchdan ikki qismi va AQSH Kongressi vakillar palatasi a\u2019zolarining yarmiga yaqini yuristlardir. Shtatlar gubernatorlarining yarmi va diplomatlarning 40 % ham yuristlar. 60 yillardan boshlab, hukumat tarkibida oliy lavozimlarning 45 % yaqinini yuristlar egallagan, davlat apparati xodimlarining 25 % dan ko\u2019pini yuristlar tashkil etadi.<\/p>\n<p>AQShda yuridik ta\u2019lim ikki pog\u2019onali bo\u2019lib, birinchi pog\u2019ona o\u2019rta ma\u2019lumot olgandan so\u2019ng kollejda 3-4 yil ta\u2019lim berilib, bakalavr diplomini olish bilan yakunlanadi. Ikkinchi pog\u2019ona \u2013 bu maxsus (kasbiy) oliy ta\u2019lim bo\u2019lib, u ixtisoslashgan maktab yoki universitetlarning kollejlarida umum ta\u2019lim kollejlarini tugallagandan so\u2019ng beriladi.<\/p>\n<p>Oliy o\u2019quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi. Ammo abituriyentning yuridik maktabda o\u2019qish qobiliyatini aniqlash uchun test o\u2019tkaziladi. Test abituriyentga pochta orqali yuboriladi,\u00a0 u o\u2019z navbatida testni to\u2019ldirib yuridik maktabga pochta orqali kaytaradi. Ta\u2019lim muddati odatda uch yil. O\u2019qishni tugatgan bitiruvchi yurisprudensiya doktori darajasini oladi. Bu yuridik amaliyot bilan shug\u2019ullanish huquqini beradi. Huquq magistri darajasini olish uchun esa yana bir yil o\u2019qib tegishli dissertatsiya himoya qilish yoki yuridik fanlar doktori darajasini olish uchun 2-3 yil ta\u2019lim olib dissertatsiya yoqlash lozim.<\/p>\n<p>Advokaturaga kirish. Yuridik oliy o\u2019quv yurtining bitiruvchisi diplom bilan birga advokatlik amaliyoti bilan shug\u2019ullanish huquqini ham oladi. Advokatlik amaliyoti bilan shug\u2019ullanish huquqini beruvchi patent olish uchun talabalar ko\u2019shimcha attestatsiyadan o\u2019tishi lozim. Shuni ta\u2019kidlash kerakki, patent ma\u2019lum shtat hududida advokatlik amaliyoti bilan shug\u2019ullanish huquqini beradi.<\/p>\n<p>Advokatlik amaliyoti bilan shug\u2019ullanishga ruxsat berish shartlari odatda shtat oliy sudi tomonidan belgilanadi. Ammo patent berish masalasi shtat advokatlar assotsiatsiyasi tomonidan shakllantiriladigan yoki sud yoxud shtat gubernatori tomonidan tayinlanadigan komissiya tomonidan beriladi. Komissiya odatda amaliyotchi\u00a0 yuristlardan tarkib topadi.<\/p>\n<p>Advokatlik amaliyoti bilan shug\u2019ullanishga ruxsat berish masalasini hal qilishda komissiya nomzodning axloqiy xislatlari va imtihon natijalarini e\u2019tiborga oladi.<\/p>\n<p>Nomzodning axloqiy sifatlarini o\u2019rganishda uning o\u2019zi taqdim etgan ma\u2019lumotlarni tahlil etish, uning shaxsini xufiyona o\u2019rganish, sudlanganligi, politsiyaga majburiy keltirilganligi haqidagi ma\u2019lumotlarni talab qilib olish, alkogolizm yoki narkomaniyaga mubtalo bo\u2019lgan yoxud bo\u2019lmaganligini surishtirish, yashash joyidagi ko\u2019shnilaridan ma\u2019lumot olish orqali amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Imtihon og\u2019zaki suhbat va yozma ishdan iborat bo\u2019lib, odatda bir necha kun davom etadi. Talabgor imtihon topshirilayotgan shtat huquqiy normalarini bilish, sharhlash va qo\u2019llashga oid 20-30 ta savollarga javob berishi kerak.<\/p>\n<p>Imtihon komissiyasining qarori ustidan sudga shikoyat berilishi mumkin.<\/p>\n<p>AQShda advokatura tuzilishi. Har bir shtatda shtat advokatlar assotsiatsiyasi mavjud. Ko\u2019pchilik shtatlarda advokatlik faoliyati bilan shug\u2019ullanuvchi shaxslarning advokatlar assotsiatsiyasiga a\u2019zo bo\u2019lishi majburiy. Ammo ayrim shtatlarda advokatlar assotsiatsiyasiga a\u2019zolik ixtiyoriy. Advokatlarning ixtiyoriy a\u2019zoligiga asoslangan umummilliy tashkiloti Amerika yuristlar assotsiatsiyasidir.<\/p>\n<p>Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi ikki vazifani: birinchidan, huquqning rivojlanishi va odil sudlovni mustahkamlashga, fuqarolarni huquqiy jihatdan tarbiyalashga ko\u2019maklashishni; ikkinchidan, o\u2019z a\u2019zolariga yordam ko\u2019rsatish, ularning kasb malakasini oshirish, umuman yuridik kasbning rivojlanishiga ko\u2019maklashish vazifalarini bajarishdir.<\/p>\n<p>Assotsiatsiya vazifalari qatoriga kasb etikasi qoidalarini belgilash, advokatlik faoliyati standartlarini ishlab chiqish, intizomiy choralarni ko\u2019llash kabi masalalar ham kiradi.<\/p>\n<p>Assotsiatsiya yuristlarning kasbiy birlashmasi bo\u2019lib, biron bir muayyan yuridik amaliyot bilan shug\u2019ullanmaydi. Yuristlar assotsiatsiyasiga to\u2019lanadigan a\u2019zolik badallarining miqdori yuristlarning daromadi, ularning qaysi yuridik muassasa yoki firmada ishlashi bilan bog\u2019liq emas.<\/p>\n<p>Shuni ta\u2019qidlash kerakki Amerika yuristlar assotsiatsiyasiga nafaqat amaliyotchi advokatlar, balki prokuraturada ishlayotgan yuristlar ham, shuningdek, yuristkonsultant bo\u2019lib ishlayotgan shaxslar ham a\u2019zo bo\u2019lishi mumkin.<\/p>\n<p>AQShda advokatlar faoliyatining tashkiliy shakllari. AQShda advokatlarning yarmidan ortig\u2019i yakka tartibda yoki ikki, uch advokat bilan birga faoliyat ko\u2019rsatadi. Ammo o\u2019z ahamiyatiga ko\u2019ra advokatlik faoliyatining asosiy tashkiliy shakli bo\u2019lib, har birida 50dan ortiq advokat faoliyat ko\u2019rsatadigan, yirik advokatlik firmalari hisoblanadi. Bunday firmalar, qoida tariqasida jinoyat ishlari bilan shug\u2019ullanmaydi, asosan ta\u2019minlangan mijozlar, korporatsiyalarning ishlarini olib borishlikni afzal ko\u2019rishadi.<\/p>\n<p>Advokatlik firmalarining egasi bo\u2019lib, sheriklar hisoblanadi. SHerik-advokat katta amaliy tajribaga ega bo\u2019lib, natijada yuqori daromad va advokatlik firmasi foydasidan hissa olish huquqiga ega bo\u2019ladi. Firmada ishlaydigan ikkinchi guruh advokatlar-assotsiatorlar bo\u2019lib, qoida tariqasida ular o\u2019z mijozlariga ega bo\u2019lmagan yoki juda kam mijozlari bo\u2019lgan yosh advokatlardir. Assotsiator firmadan maosh olib ishlaydi.<\/p>\n<p>Advokatlik faoliyati huquqiy asoslari. AQShda advokatning sud ishlarini yuritishdagi huquqlari mustahkamlangan normativ-huquqiy hujjat mavjud emas. Advokatning maqomi odat, pretsedent huquqi va kasb etikasi normalari bilan belgilanadi.<\/p>\n<p>Sud ishlarini yuritishda advokat ishtiroki shartlarining asoslari AQSH konstitutsiyasiga 1791 yilda kiritilgan oltinchi tuzatishda bayon qilingan. Bu tuzatish ayblanuvchi jinoyat sodir qilingan shtat va okrugda qasamyod qildirilganlarning (prisyajniylarning), ilgari qonun bilan belgilangan, tezkor va ochiq, xolis sudida ishi ko\u2019rib chiqilishi huquqiga, ayblanuvchi ayblovning mohiyati va asoslaridan xabardor qilinish huquqiga, unga qarshi ko\u2019rsatuv bergan guvoh bilan yuzlashish huquqiga, o\u2019zi tomonidan guvohlarni majburiy chaqirtirish huquqiga va o\u2019z himoyasi uchun advokat xizmatidan foydalanish huquqiga ega ekanligini nazarda tutadi.<\/p>\n<p>O\u2019z navbatida bu tuzatishlar sudlarning qator qarorlarida rivojlantirildi. Bu sud qarorlarining mohiyati quyidagi prinsiplardan iborat: advokatga bo\u2019lgan huquq fundamental va odil sud uchun zarur, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo\u2019lgan har qanday shaxs advokat xizmatidan foydalanish huquqiga ega; advokat ayblanuvchiga huquqiy muommolarni hal etishiga yordam yoki maslahat berish uchun unga boshqa protsessual taraf qarshi turganda, protsessual harakatlarni amalga oshirishda qatnashishi shart.<\/p>\n<p>Advokat-himoyachi, sudlanuvchi o\u2019z aybiga iqror bo\u2019lgan yoki bo\u2019lmaganligidan qat\u2019i nazar, har qanday sud majlisida qatnashishi shart.<\/p>\n<p>Advokatlik etikasi. AQShda sud pretsedentlari advokatlik etikasi qoidalarining asosini tashkil etadi. Har bir advokat-himoyachi o\u2019z mijoziga nisbatan to\u2019liq xayrixoh bo\u2019lishi shart. Bu majburiyatning bir necha jihatlari bor.<\/p>\n<p>Birinchidan, advokatga mijoz tomonidan ma\u2019lum qilingan, ishga aloqador har qanaqangi axborot sir saqlanishi kerak. Advokat bu axborotni mijozining roziligisiz oshkor qilishi, uni davlat bu axborotni oshkor qilishga majbur qilishi mumkin emas.<\/p>\n<p>Ikkinchidan, advokat o\u2019z mijoziga haqiqiy adolatli sudni ta\u2019minlash uchun, kasb etikasi qoidalariga xilof bo\u2019lmagan, himoyaning barcha usul va vositalaridan foydalanishi shart.<\/p>\n<p>Uchinchidan, advokatda manfaatlar to\u2019qnashuvi mavjud bo\u2019lib, bu mijoz manfaatlarini to\u2019liq va faol himoya qilishga xalaqit qilsa, advokat bunday mijozning vakili bo\u2019laolmaydi.<\/p>\n<p>To\u2019rtinchidan, ehtimol eng asosiysi, advokat eng avvalo mustaqil bo\u2019lishi shart. Advokatning pozitsiyasi davlat ayblovi yoki sudga bog\u2019liq degan shubhaga mutlaqo o\u2019rin bo\u2019lmasligi kerak.<\/p>\n<p><strong><em>Surxondaryo viloyat sud statistika bo`limi <\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>bosh konsultanti <\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>J.X.Primov<\/em><\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AQSH huquqiy tizimining murakkabligi, Amerika jamiyati hayotida huquqiy tartibga solishning alohida yuqori rol uynashi advokatlik kasbning ham alohida o\u2019rnini belgilaydi. AQSH iqtisodiy va davlat siyosiy mexanizmida ko\u2019plab yuqori lavozimlarni yuristlar egallaydi. AQShning 43 prezidentidan 26 tasi yurist bo\u2019lgan, jumladan A.Linkoln, F,D. Ruzvelt, G.Trumen, R.Nikson, B.Klinton ham yurist bo\u2019lgan, xozirgi prezident B.Obama ham yurist. Senatorlarning uchdan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21490,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[8],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21489"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21489"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21489\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21491,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21489\/revisions\/21491"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21490"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21489"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21489"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21489"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}