{"id":21354,"date":"2026-03-18T13:13:53","date_gmt":"2026-03-18T10:13:53","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=21354"},"modified":"2026-03-18T13:13:55","modified_gmt":"2026-03-18T10:13:55","slug":"jinoyatlar-profilaktikasining-turlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=21354","title":{"rendered":"Jinoyatlar profilaktikasining turlari"},"content":{"rendered":"<p>Milliy qonunchilik normalarining tahliliga tayanib aytish mumkinki, jinoyatlar profilaktikasi quyidagi turlardan iborat: jinoyatlarning<\/p>\n<p><strong>1)<\/strong> umumiy profilaktikasi;<\/p>\n<p><strong>2)<\/strong> maxsus profilaktikasi;<\/p>\n<p><strong>3)<\/strong> yakka tartibdagi profilaktikasi;<\/p>\n<p><strong>4)<\/strong> viktimologik profilaktikasi.<\/p>\n<p><strong><em>Jinoyatlarning umumiy profilaktikasi<\/em><\/strong> deganda, jinoyatlar profilaktikasi subyektlarining jinoyatlarning oldini olish, ularning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish bo\u2018yicha faoliyati tushuniladi.<\/p>\n<p><strong>Jinoyatlar umumiy profilaktikasi chora-tadbirlarining tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>jinoyatlarning profilaktikasiga doir dastur va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish. Jinoyatlar profilaktikasining subyektlari o\u2018z faoliyatini bashorat qilish va rejalashtirish, jinoyatlarning umumiy holatini kamaytirish maqsadida respublika va hududiy miqyosda jinoyatlarning profilaktikasiga doir dastur va rejalarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;<\/li>\n<li>jinoyatlarning profilaktikasi bo\u2018yicha aholi o\u2018rtasidagi huquqiy targ\u2018ibot;<\/li>\n<li>jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish;<\/li>\n<li>jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to\u2018g\u2018risida taqdimnomalar kiritish. Jinoyatlar profilaktikasining subyektlari jinoyatlarning sabablarini va ularning sodir etilishiga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni aniqlab, o\u2018z vakolatlari doirasida tegishli davlat organ (tashkilot)lari, fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarga ularni bartaraf etish to\u2018g\u2018risida taqdimnoma kiritadilar. Taqdimnoma kechiktirmasdan ko\u2018rib chiqiladi va undagi talablarni bajarish bo\u2018yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshiriladi;<\/li>\n<li>qonun hujjatlarida o\u2018rnatilgan hollarda va tartibda jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini huquqiy ekspertizadan o\u2018tkazish;<\/li>\n<li>jinoyatlar profilaktikasi subyektlarining faoliyati to\u2018g\u2018risida jamoatchilik fikrini so\u2018rashni tashkil qilish, o\u2018tkazish va ularning natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish;<\/li>\n<li>jinoyatlarning kriminologik tavsifi va profilaktikasi bo\u2018yicha ilmiy tadqiqotlar o\u2018tkazilishini tashkil etish;<\/li>\n<li>jinoyatlarning profilaktikasida aholining faol ishtirok etishini rag\u2018batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etish va o\u2018tkazish;<\/li>\n<li>jinoyatlarning profilaktikasi bo\u2018yicha xorijiy mamlakatlarning ilg\u2018or tajribalarini o\u2018rganish, umumlashtirish va huquqni qo\u2018llash amaliyotiga tatbiq etish va boshqalar.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Jinoyatlar profilaktikasi bo\u2018yicha aholi o\u2018rtasidagi huquqiy targ\u2018ibot jinoyatlar profilaktikasi subyektlarining fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish va jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligi hissini uyg\u2018otish, shuningdek ularni jinoyatning ijtimoiy xavfi haqida ogoh etish, jinoyat qurboniga aylanishi xavfini kamaytirish, jinoyatdan himoyalanishning usullari va vositalari to\u2018g\u2018risida xabardor qilish bo\u2018yicha targ\u2018ibot-tashviqot ishlarini olib borishga qaratilgan tizimli faoliyatidir.<\/p>\n<p><strong>Jinoyatlarning profilaktikasi bo\u2018yicha aholi o\u2018rtasidagi huquqiy targ\u2018ibot quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>og\u2018zaki \u2013 jinoyatlar profilaktikasi masalalari bo\u2018yicha mutaxassislar ishtirokida konferensiya, davra suhbati, seminar, trening va boshqa uchrashuvlarni o\u2018tkazish, ma\u2019ruzalar o\u2018qish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish;<\/li>\n<li>yozma \u2013 jinoyatlar profilaktikasi bo\u2018yicha maqola, qo\u2018llanma, sharh, monografiya, uslubiy tavsiyalar hamda o\u2018quv va ilmiy ishlarning boshqa turlarini tayyorlash, nashr ettirish va aholi o\u2018rtasida keng tarqatish;<\/li>\n<li>elektron \u2013 jinoyatlar profilaktikasiga doir elektron nashrlar va ma\u2019lumotlarni jamoat joylarida, ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog\u2018ida va jinoyatlar profilaktikasi subyektlarining rasmiy saytlarida keng tarqatish, shuningdek uyali telefon kampaniyalari orqali abonentlarga SMSlar yuborish yo\u2018li bilan ularga ushbu jinoyatlarning ijtimoiy xavfli oqibatlarini tushuntirish;<\/li>\n<li>ko\u2018rgazmali \u2013 aholi gavjum joylar (aeroportlar, temir yo\u2018l vokzallari, chegara maskanlari va boshq.)da jinoyatlar profilaktikasini aks ettiruvchi mazmundagi plakat, banner, panno va e\u2019lonlarni osish, video roliklarni namoyish qilish, ogohlikka chaqiruvchi ovozli matnlarni eshittirish.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong><em>Jinoyatlar maxsus profilaktikasi <\/em><\/strong><strong>deganda<\/strong>, jinoyatlar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi subyektlarning mavsumiy yoki kriminogen vaziyatdan kelib chiqib, jinoyatlar profilaktikasiga, jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga, jinoyat sodir etishga moyil bo\u2018lgan shaxslarni va jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularga profilaktik ta\u2019sir ko\u2018rsatishga qaratilgan maxsus kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga doir faoliyati tushuniladi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda quyidagi fikrlar jinoyatlar maxsus profilaktikasining tushunchasini va uni amalga oshirish asoslarini to\u2018g\u2018ri va batafsil tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi:<\/p>\n<ul>\n<li>jinoyatlar maxsus profilaktikasi jinoyatlar profilaktikasini amalga oshiruvchi barcha subyektlar tomonidan emas, balki faqat jinoyatlar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi subyektlar tomonidan amalga oshiriladi;<\/li>\n<li>jinoyatlar maxsus profilaktikasining maxsus kompleks chora-tadbirlari o\u2018z ichiga tarbiyaviy-profilaktik, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, ma\u2019naviyaxloqiy va boshqa maxsus chora-tadbirlarni qamrab oladi;<\/li>\n<li>jinoyatlar maxsus profilaktikasining maxsus kompleks chora-tadbirlari respublika, hududiy, tarmoq yoki obyekt miqyosida amalga oshirilishi mumkin;<\/li>\n<li>jinoyatlar maxsus profilaktikasini amalga oshirish uchun jinoyatlarning yoki jinoyat sodir etishga moyil bo\u2018lgan shaxslarning yoki sodir etgan shaxslarning ko\u2018payishi, shuningdek jinoyatlar oqibatida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga tajovuz qiluvchi xatarlar va tahdidlarning yuzaga kelishi asos bo\u2018ladi.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Surxondaryo viloyat<\/strong><\/p>\n<p><strong>sudi sudya katta yordamchisi \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>J.Ubaydullayev<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Milliy qonunchilik normalarining tahliliga tayanib aytish mumkinki, jinoyatlar profilaktikasi quyidagi turlardan iborat: jinoyatlarning 1) umumiy profilaktikasi; 2) maxsus profilaktikasi; 3) yakka tartibdagi profilaktikasi; 4) viktimologik profilaktikasi. Jinoyatlarning umumiy profilaktikasi deganda, jinoyatlar profilaktikasi subyektlarining jinoyatlarning oldini olish, ularning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish bo\u2018yicha faoliyati tushuniladi. Jinoyatlar umumiy profilaktikasi chora-tadbirlarining &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21355,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[15],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21354"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21354"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21354\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21356,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21354\/revisions\/21356"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21355"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21354"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21354"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21354"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}