{"id":21311,"date":"2026-03-14T15:17:42","date_gmt":"2026-03-14T12:17:42","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=21311"},"modified":"2026-03-14T15:19:06","modified_gmt":"2026-03-14T12:19:06","slug":"ayollar-va-bolalar-huquqlarining-himoyasini-kuchaytirish-hamda-ularga-nisbatan-tazyiq-va-zoravonlik-holatlarining-oldini-olish-boyicha-qoshimcha-tashkiliy-huquqiy-c","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=21311","title":{"rendered":"\u201cAyollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo\u2018ravonlik holatlarining oldini olish bo\u2018yicha qo\u2018shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to\u2018g\u2018risida\u201d F-33-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan"},"content":{"rendered":"<p>\u201cXotin-qizlarni tazyiq va zo\u2018ravonlikdan himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonun qabul qilingan bo\u2018lib, unda \u201cjinsiy zo\u2018ravonlik\u201d, \u201cjismoniy zo\u2018ravonlik\u201d, \u201ciqtisodiy zo\u2018ravonlik\u201d, \u201cpsixologik zo\u2018ravonlik\u201d, \u201ctazyiq\u201d, \u201chimoya orderi\u201d tushunchalari belgilab berilgan (3-modda).<\/p>\n<p>Qonunning 4-moddasiga ko\u2018ra, tazyiq va zo\u2018ravonlikdan jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega:<\/p>\n<ul>\n<li>o\u2018ziga nisbatan tazyiq va zo\u2018ravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir<\/li>\n<\/ul>\n<p>etish tahdidi to\u2018g\u2018risidagi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda<\/p>\n<p>tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etish;<\/p>\n<ul>\n<li>maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish;<\/li>\n<li>ichki ishlar organlariga himoya orderi berish to\u2018g\u2018risida talab bilan murojaat<\/li>\n<\/ul>\n<p>qilish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa, ularni bu haqda xabardor<\/p>\n<p>qilish;<\/p>\n<ul>\n<li>sodir etilgan tazyiq va zo\u2018ravonlikdan unga yetkazilgan moddiy zararning o\u2018rnini<\/li>\n<\/ul>\n<p>qoplash hamda ma\u2019naviy ziyonni kompensatsiya qilish to\u2018g\u2018risidagi talab bilan sudga murojaat etish, shuningdek, davlat boji to\u2018lashdan ozod qilinadi.<\/p>\n<p>Zo\u2018ravonlikdan jabrlanuvchi xotin-qizlarga tazyiq o\u2018tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo\u2018ravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan \u201cXotin-qizlarni tazyiq va zo\u2018ravonlikdan himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunda belgilangan ta\u2019sir ko\u2018rsatish choralari qo\u2018llanishiga sabab bo\u2018ladigan tazyiq va zo\u2018ravonlikdan davlat himoyasini ta\u2019minlaydigan maxsus hujjat \u2013 himoya orderini olish huquqiga ega.<\/p>\n<p>Hozirda oldingi yildagilarga nisbatan xotin-qizlarga nisbatan zo\u2018ravonlik namoyon bo\u2018lishining ko\u2018paygan, ikkinchi tomondan esa, IIV xodimlari tomonidan oilada zo\u2018ravonlik holatlarining namoyon bo\u2018lishining oldini olishidan dalolat beradi. Ichki ishlar vazirligining 2020\u20132021 yillar uchun himoya orderlari bo\u2018yicha rasmiy ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, himoya orderlarini berish uchun tazyiq va zo\u2018ravonlikdan jabrlanuvchilarning mos ravishda 5071 va 21947 ta arizasi asos bo\u2018lgan. Himoya orderi berish to\u2018g\u2018risidagi masalani ko\u2018rib chiqish chog\u2018ida Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat belgilari aniqlansa, ish materiallari tajovuzkorni jinoiy javobgarlikka tortish to\u2018g\u2018risidagi masalani hal qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboriladi.<\/p>\n<p>Agar zo\u2018ravonlik fakti mavjud bo\u2018lsa, tazyiq va zo\u2018ravonlikdan jabrlanuvchining yoki uning qonuniy vakilining boshpana berish to\u2018g\u2018risidagi talabiga binoan maxsus markazlarda o\u2018ttiz kungacha bo\u2018lgan muddatga joylashtirish ta\u2019minlanadi va zarurat tug\u2018ilganda bu muddat uzaytirilishi mumkin. Zo\u2018ravonlikdan jabrlanuvchi maxsus markazga joylashtirilgan taqdirda, uning ish joyi saqlab qolinadi, markazda o\u2018tkazgan vaqt darslarni o\u2018tkazib yuborish munosabati bilan ta\u2019lim muassasasidan haydash uchun asos bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida insonning hayotiga, sog\u2018lig\u2018iga va jinsiy erkinlikka tajovuz qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan, biroq unga oiladagi zo\u2018ravonlik kiritilmagan. Odatda, maishiy zo\u2018ravonlik to\u2018g\u2018risidagi ishlar jabrlanuvchilarning shikoyati bo\u2018yicha qo\u2018zg\u2018atilishi mumkin, ya\u2019ni, ular xususiy ayblov ixtiyoridadir. Shu munosabat bilan maishiy zo\u2018ravonlikdan jabrlanuvchilarni himoya qilish maqsadida davlat zo\u2018ravonlikdan jabrlanuvchini moddiy zarar va ma\u2019naviy ziyonni qoplash to\u2018g\u2018risidagi da\u2019vo bo\u2018yicha davlat boji to\u2018lashdan ozod etdi.<\/p>\n<p>Masalan, O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 325-moddasida faqat aybdorni javobgarlikka tortishni so\u2018rab jabrlanuvchi bergan shikoyat arizasi asosida ish yuritish qo\u2018zg\u2018atiladigan salomatlik, jinsiy erkinlikka qarshi, nikohga kirishga majburlash yoki nikohga to\u2018sqinlik qilish, tuhmat va haqorat qilish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi bir qator jinoyatlar sanab o\u2018tilgan. Mazkur moddada jabrlanuvchi nochor ahvolda bo\u2018lganligi, ayblanuvchiga qaram bo\u2018lganligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko\u2018ra o\u2018z huquqlari va qonuniy manfaatlarini o\u2018zi himoya qila olmaydigan alohida hollarda prokuror jabrlanuvchining shikoyatisiz ham jinoyat ishini qo\u2018zg\u2018atishi shart ekanligi nazarda tutilgan.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Jinoyat kodeksida o\u2018zini o\u2018zi o\u2018ldirish darajasiga yetkazish (103-modda); o\u2018zini o\u2018zi o\u2018ldirishga undash (1031-modda); qasddan badanga shikast yetkazish (104\u2013105, 109-moddalar); qiynash (110-modda); o\u2018ldirish yoki zo\u2018rlik ishlash bilan qo\u2018rqitish (112-modda); nomusga tegish (118-modda); jinsiy ehtiyojni zo\u2018rlik ishlatib g\u2018ayritabiiy usulda qondirish (119-modda); ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga<\/p>\n<p>tegishiga to\u2018sqinlik qilish (136-modda); tuhmat (139-modda); haqorat qilish (140-modda); fuqarolarning teng huquqliligini buzish<br \/>\n(141-modda) uchun jazo nazarda tutilgan.<\/p>\n<p>Odatda, maishiy zo\u2018ravonlik sodir etgan shaxslar yuqoridagi moddalar bo\u2018yicha jinoiy javobgarlikka tortiladilar.<\/p>\n<p>Shuni nazarda tutish kerakki, jabrlanuvchining zo\u2018ravonlikka duchor bo\u2018lishi davom etaverganda va u hokimiyat organlariga ishonmay qolganda, zo\u2018ravon jazosiz qolaverganda jamiyatda oiladagi zo\u2018ravonlik jinoyat emas, degan fikr paydo bo\u2018ladi. Bunday amaliyot o\u2018zgartirilishi kerakligini ta\u2019kidlab o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Binobarin, 2023 yil 11 aprel kuni O\u2018zbekiston Respublikasining \u00abXotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O\u2018zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida\u00bbgi qonuni qabul qilindi. Mazkur hujjat asosida 11 ta kodeks va qonunga, jumladan O\u2018zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga ham tegishli o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritildi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda ularning ayrimlariga to\u2018xtalib o\u2018tsak. Kodeksning<br \/>\n115-moddasi \u00abAyolni o\u2018z homilasini sun\u2019iy ravishda tushirishga majburlash\u00bb deya nomlanadi. Yangi qonun bilan ayni jinoyat uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. Unga binoan, ayolni o\u2018z homilasini sun\u2019iy ravishda tushirishga majburlash, agar homila sun\u2019iy tushirilgan bo\u2018lsa, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.<\/p>\n<p>Yoki kodeksning 118-moddasida nazarda tutilgan, ko\u2018pchilik uchun yaxshi tanish bo\u2018lgan, og\u2018ir va o\u2018ta og\u2018ir jinoyatlar toifasiga kiruvchi \u00abNomusga tegish\u00bb jinoyati uchun ham javobgarlik kuchaytirilmoqda. Bundan buyon nomusga tegish, ya\u2019ni zo\u2018rlik ishlatib, qo\u2018rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bunday razil jinoyat ikki yoki bir necha shaxsga nisbatan, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud ilgari ushbu Kodeksning 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan, bir guruh shaxslar tomonidan, o\u2018ldirish bilan qo\u2018rqitib, nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon bo\u2018lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo\u2018lsa, sakkiz yildan o\u2018n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.<\/p>\n<p>Agar nomusga tegish o\u2018n sakkiz yoshga to\u2018lmagan shaxsga nisbatan, yaqin qarindoshga, sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro\u2018zg\u2018or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega bo\u2018lgan shaxsga nisbatan, jabrlanuvchini tarbiyalash, o\u2018qitish va (yoki) unga g\u2018amxo\u2018rlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek, jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan ta\u2019lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan, ommaviy tartibsizliklar ishtirokchisi tomonidan, o\u2018ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan yoki og\u2018ir oqibatlarga olib kelgan bo\u2018lsa o\u2018n yildan o\u2018n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qolaversa, o\u2018n to\u2018rt yoshga to\u2018lmagan shaxsning nomusiga tegish o\u2018n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, kodeksning 121-moddasi \u00abShaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish\u00bb deya qayta nomlanib, ayni jinoyatga qo\u2018l urgan kimsa ham avvalgiga nisbatan og\u2018irroq jazoga tortilishi belgilandi. YA\u2019ni xizmat, moddiy yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo\u2018lgan shaxsni jinsiy aloqa qilishga yoki jinsiy ehtiyojni g\u2018ayritabiiy usulda qondirishga majbur etgan aybdorga uch yuz soatdan to\u2018rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi. O\u2018sha harakat og\u2018ir oqibatlarga olib kelsa, shaxs uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortiladi. Agar bunday harakat jinsiy aloqada bo\u2018lish yoki jinsiy ehtiyojni g\u2018ayritabiiy usulda qondirish bilan bog\u2018liq holda sodir etilgan bo\u2018lsa, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.<\/p>\n<p>Mazkur moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakat o\u2018n sakkiz yoshga to\u2018lmagan shaxsga nisbatan, yaqin qarindoshga, sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro\u2018zg\u2018or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega bo\u2018lgan shaxsga nisbatan, takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 118, 119, 128 va 129-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo\u2018lsa, yoinki og\u2018ir oqibatlarga olib kelsa, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>So\u2018ngi yillarda o\u2018z hurmatini bilmagan, rafiqasi va farzandlariga faqat zug\u2018um o\u2018tkazadigan ba\u2019zi yurtdoshlarimiz safi biroz kengayib ketdi. Oqibatda, ojiza ayol yoki xuddi shunday ahvoldagi bolalar oilaviy zo\u2018ravonlikdan jabr ko\u2018rmoqda. Hatto oramizda o\u2018z jigarbandini ayamay do\u2018pposlayotgan, unga turli jismlar bilan og\u2018ir, ayanchli tan jarohati yetkazayotgan xotin-qizlar ham yo\u2018q emas . Yangi 126-1 moddaga muvofiq, xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro\u2018zg\u2018or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega bo\u2018lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta\u2019lim olish, sog\u2018liqni saqlash va mehnatga oid huquqini amalga oshirishga to\u2018sqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek, ushbu shaxslar sog\u2018lig\u2018ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha\u2019ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qo\u2018rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo\u2018yish, shunday harakatlar uchun ma\u2019muriy jazo qo\u2018llanilganidan keyin sodir etilgan bo\u2018lsa, shuningdek, basharti boshqa jinoyat alomatlari mavjud bo\u2018lmasa, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o\u2018ttiz baravarigacha jarima yoki bir yuz oltmish soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.<\/p>\n<p>Qolaversa, bunday jinoyat ikki va undan ortiq shaxsga nisbatan, homiladorligi aybdorga ayon bo\u2018lgan ayolga nisbatan, o\u2018ta shafqatsizlik bilan, g\u2018arazli niyatlarda, diniy taassuflar zamirida, bir guruh shaxslar tomonidan, takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 97, 104, va 105-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan, o\u2018ta xavfli retsidivist tomonidan, qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo\u2018lgan ashyolarni ishlatib sodir etilsa ham javobgarlik mavjud.&nbsp; Tilga olingan qonun asosida Jinoyat kodeksi yana yangi moddalar bilan to\u2018ldirilib, uning bir qator moddalariga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritildiki, bularning barchasi hamyurtlarimizning shaxsiy huquq va erkinliklarini ta\u2019minlashga xizmat qiladi. Zero, mamlakatimizda inson qadri hamma narsadan ustunligini ta\u2019kidlab o\u2018tdi.<\/p>\n<p><strong>Jinoyat ishlari buyicha<\/strong><\/p>\n<p><strong>Sho\u2018rchi tuman sudining&nbsp; raisi&nbsp;&nbsp;<\/strong><\/p>\n<p><strong>T.Abdiraimov<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cXotin-qizlarni tazyiq va zo\u2018ravonlikdan himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonun qabul qilingan bo\u2018lib, unda \u201cjinsiy zo\u2018ravonlik\u201d, \u201cjismoniy zo\u2018ravonlik\u201d, \u201ciqtisodiy zo\u2018ravonlik\u201d, \u201cpsixologik zo\u2018ravonlik\u201d, \u201ctazyiq\u201d, \u201chimoya orderi\u201d tushunchalari belgilab berilgan (3-modda). Qonunning 4-moddasiga ko\u2018ra, tazyiq va zo\u2018ravonlikdan jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega: o\u2018ziga nisbatan tazyiq va zo\u2018ravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir etish tahdidi to\u2018g\u2018risidagi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20876,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[15],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21311"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21311"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21311\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21314,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21311\/revisions\/21314"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20876"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21311"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21311"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21311"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}