{"id":21203,"date":"2026-02-19T12:10:21","date_gmt":"2026-02-19T09:10:21","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=21203"},"modified":"2026-02-19T12:10:23","modified_gmt":"2026-02-19T09:10:23","slug":"giyoxvandlik-umr-zavoli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=21203","title":{"rendered":"Giyoxvandlik   umr zavoli"},"content":{"rendered":"<p>Giyohvandlik \u2013 XXI asrning global muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. O\u2018rta asrlarda insoniyat hayotiga jiddiy xavf solgan vabo va o\u2018lat kabi ofatlar bugungi sivilizatsiya zamoniga kelib o\u2018z o\u2018rnini giyohvandlik illatiga bo\u2018shatib berdi, desak aslo mubolag\u2018a bo\u2018lmaydi. Sog\u2018lom turmush tarzini olib borayotgan kishi bilib-bilmay bu ko\u2018chaga kirib qolsa, o\u2018zining tinch, farovon va baxtli hayotini qora zulmatga aylantirishi ayni haqiqat. Giyohvand kishi nafaqat o\u2018ziga, balki yaqinlariga ham to\u2018xtovsiz azob beradi. Undan tug\u2018ilajak farzandlar esa ota-onasining xatosi oqibatida bir umrga majruhlik qismatiga mubtalo bo\u2018ladilar. Zero, faqat sog\u2018lom ota-onadangina sog\u2018lom zurriyod dunyoga keladi. Sog\u2018lom bola esa farovon kelajak demakdir.<\/p>\n<p>Ba\u2019zan giyohvandlik qurboniga aylanib qolgan insonlarning qismatini ko\u2018rib, ularga nisbatan nafrat, qahr va rahm tuyg\u2018ularining uyg\u2018onishi tabiiy. Ularning quriyotgan daraxt misol umri evaziga ayrim qora niyatli yovuz kimsalarning hamyoni qappaymoqda.<\/p>\n<p>Odam qiyofasidagi bunday maxluqlarning qora og\u2018uni voyaga yetmagan yoshlar orasida tarqatib, uni iste\u2019mol qilishga targ\u2018ib qilayotganiga jim qarab turib bo\u2018lmaydi, albatta.\u00a0 Statistik ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra dunyoda 500 milliondan ortiq odam giyohvandlik dardiga yo\u2018liqqan. Uning aksariyat qismini 30 yoshgacha bo\u2018lganlar tashkil etmoqda. Buning oqibatida har yili 200 mingdan ortiq kishi hayotdan ko\u2018z yumadi. Shu bilan birga, jahonda sodir etilayotgan jinoyatlarning 57 foizi giyohvandlar hissasiga to\u2018g\u2018ri keladi.<\/p>\n<p>Dunyoqarashi endigina shakllanib borayotgan, bor kuch-g\u2018ayratini faqat bilim olishga, izlanishga, hunar o\u2018rganishga sarflashi kerak bo\u2018lgan bir paytda, o\u2018smirlarni aldov yo\u2018li bilan giyohvandlik qurboniga aylantirayotgan kimsalar ozmi? Qanchadan-qancha oilalarning yostig\u2018ini quritayotgan giyohvandlikka qarshi har bir inson o\u2018zi kurashmog\u2018i, tashqi ta\u2019sirlardan himoyalanmog\u2018i lozim.Sog\u2018lom avlod o\u2018tmishi qadim, tuprog\u2018i oltin, osmoni musaffo O\u2018zbekistonning kelajak vorislaridir. Ularni mana shunday sog\u2018lom muhitda, ezgu tushunchalarni yuraklariga joylab voyaga yetkazaylikki, hech qanaqa tashqi salbiy xurujlar va qora illatlar o\u2018pqoni ularni o\u2018ziga jalb qila olmasin.<\/p>\n<p><strong>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 <\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 GIYOHVANDLIK VOSITALARI<\/strong><\/p>\n<p><strong>Giyohvandlik vositalari<\/strong> \u2013 maxsus ro\u2018yxatga kiritilgan va davlat tomonidan nazoratga olingan, giyohvandlikni keltirib chiqaruvchi sintetik vosita (preparat)lar va o\u2018simliklar. Giyohvandlik vositalari ro\u2018yxati BMTning 1988 y. gi \u00abGiyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash to\u2018g\u2018risida\u00bbgi kovensiyasida, shuningdek, giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish bo\u2018yicha O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining qaroriga (1995 y. 1 apr.) 1-sonli ilovada berilgan.<\/p>\n<p>Bu moddalar sirasiga marixuana, nasha, kannabis smolasi, nasha moyi, qoradori, morfiy, geroin, kodein, efedron, kokain va boshqa(lar) kiradi. Giyohvandlik vositalaridan tibbiy maqsadlarda foydalanilganda O\u2018zbekiston Respublikasi Sog\u2018likni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibga qat\u2019iy rioya etilishi kerak. Ular bilan erkin muomala qilish taqiqlangan.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining 1999 y. 19 avg. dagi \u00abGiyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to\u2018g\u2018risida\u00bb gi qonuniga binoan, ularni veterinariya, ilmiy va o\u2018quv maqsadlarida, ekspertlik faoliyatida, jismoniy shaxslarga berish va boshqa(lar) maqsadlarda muomalada bo\u2018lish shartlari va tartibi O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Giyohvandlik vositalarini o\u2018tkazish maqsadini ko\u2018zlamay, oz miqdorda, g\u2018ayriqonuniy tarzda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo\u2018natish uchun ma\u2019muriy javobgarlik belgilangan (O\u2018zR MJK, 56-modda).<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi JKda tarkibida giyohvandlik vositalari bo\u2018lgan ekinlarni ekish yoki yetishtirish (270-modda), qonunga xilof ravishda egallash (271-modda), o\u2018tkazish maqsadini ko\u2018zlab tayyorlash, olish, saqlash, tashish, jo\u2018natish (273-modda), giyohvandlik vositalarini iste\u2019mol qilishga jalb etish (274-modda), ularni i. ch. yoki foydalanish qoidalarini buzish (275-modda), o\u2018tkazish maqsadini ko\u2018zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa(lar) harakatlar (276-modda) uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.<\/p>\n<p>\u00abGiyohvandlik vositasi bo\u2018lgan o\u2018simliklarni ekish\u00bb deyilganda ularning urug\u2018ini maxsus tayyorlangan yerga sepish yoki ko\u2018chatini o\u2018tkazish tushuniladi va shu harakatlarning o\u2018zi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishga asos bo\u2018ladi. \u00abGiyohvandlik vositasi bo\u2018lgan o\u2018simliklarni yetishtirish\u00bb deyilganda har qanday yerda ekilgan yoki o\u2018zi o\u2018yib chiqib, o\u2018sib yotgan shunday o\u2018simliklarni parvarish qilish (sug\u2018orish, chopish, o\u2018g\u2018it berish va h. k.) tushuniladi.<\/p>\n<p>\u00abG. v. ni qonunga xilof ravishda egallash\u00bb deyilganda ularni o\u2018g\u2018rilik, firibgarlik, o\u2018zlashtirish, talonchilik, mansabni suiiste\u2019mol etish, tovlamachilik, bosqinchilik kabi yo\u2018llar bilan egallash tushuniladi. Giyohvandlik vositalarini o\u2018tkazish maqsadini ko\u2018zlab tayyorlagan, olgan, saklagan, tashigan shaxs, agar shunday harakatni birinchi marta sodir etgan bo\u2018lsa va ular miqdori ko\u2018p bo\u2018lmasa, o\u2018z ixtiyori bilan aybini bo\u2018yniga olib kelib, giyohvandlik vositalarini topshirsa, jazodan ozod qilinadi (273-modda).<\/p>\n<p>Bu moddalarning qonunga xilof ravishda muomalada bo\u2018lishiga yo\u2018l ko\u2018ygan yuridik shaxs sudning qaroriga binoan tugatilishi mumkin.<\/p>\n<p>Giyohvandlik vositalari ishlab chiqarish va ular bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish og\u2018ir jinoyatchilikka olib keladi.<\/p>\n<p><strong>Jinoyat ishlari bo\u2018yicha\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>SHo\u2018rchi tuman sudining raisi\u00a0\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>T.Abdiraimov<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Giyohvandlik \u2013 XXI asrning global muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. O\u2018rta asrlarda insoniyat hayotiga jiddiy xavf solgan vabo va o\u2018lat kabi ofatlar bugungi sivilizatsiya zamoniga kelib o\u2018z o\u2018rnini giyohvandlik illatiga bo\u2018shatib berdi, desak aslo mubolag\u2018a bo\u2018lmaydi. Sog\u2018lom turmush tarzini olib borayotgan kishi bilib-bilmay bu ko\u2018chaga kirib qolsa, o\u2018zining tinch, farovon va baxtli hayotini qora zulmatga aylantirishi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21204,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21203"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21203"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21203\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21205,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21203\/revisions\/21205"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21204"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21203"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21203"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21203"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}