{"id":21173,"date":"2026-01-29T07:20:07","date_gmt":"2026-01-29T04:20:07","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=21173"},"modified":"2026-01-29T07:20:09","modified_gmt":"2026-01-29T04:20:09","slug":"atrof-muhit-muhofazasi-asrash","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=21173","title":{"rendered":"Atrof-muhit muhofazasi asrash"},"content":{"rendered":"<p><strong>Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda bo\u2018lish, flora va fauna olamini asrab-avaylash, keng miqyosdagi ekologik inqirozga yo\u2018l qo\u2018ymaslik insoniyat oldidagi dolzarb vazifalarga aylangan. <\/strong><strong>Tabiat va inson o\u2018rtasidagi munosabat ma\u2019lum bir qonunlar orqali boshqariladi. Ularga rioya qilmaslik ertami, kechmi, albatta ekologik halokatga olib keladi. Tabiatda turlarning rivoji zanjir kabi bir-biri bilan chambarchas bog\u2018langan, ular o\u2018zaro yaxlit ekotizimni tashkil etadi. Hattoki, bir giyoh turining yo\u2018qolishi ham yashil olam muvozanati buzilishiga sabab bo\u2018lishi mumkin.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Xalqimizda \u201cBuloq suvi qurimaguncha inson uning qadriga yetmaydi\u201d degan maqol bor. Asrlar davomida inson o\u2018zining taraqqiyot jarayoni bilan birga ekologiya inqirozi jarayonini tezlashtirdi. Bugun jahon hamjamiyati iqlim o\u2018zgarishini insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri deb e\u2019tirof etmoqda. Afsuski, dunyo bo\u2018yicha kuzatilayotgan iqlim o\u2018zgarishi atrof-muhitning turli sohalariga salbiy ta\u2019sir yetkazyapti. Dunyo mamlakatlari uning oldini olish uchun qonuniy va amaliy chora-tadbirlarni ko\u2018rmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ham bu borada tizimli reja asosida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy<\/strong> <strong>resurslardan oqilona foydalanish, ekologik holatni yaxshilashni ta\u2019minlash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda. <\/strong><\/p>\n<p><strong>Shu o\u2018rinda, avvalo, Konstitutsiyamizning 50-moddasida \u201cFuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo\u2018lishga majburdirlar\u201d, deya belgilab qo\u2018yilganini ta\u2019kidlab o\u2018tish o\u2018rinlidir.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo\u2018nalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, 2030-yilgacha bo\u2018lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarga erishishni ta\u2019minlash maqsadida 2019-yil 30-oktabrda \u201c2030-yilgacha bo\u2018lgan davrda O\u2018zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to\u2018g\u2018risida\u201dgi Prezident farmoni qabul qilindi.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida O\u2018zbekiston Prezidenti kechiktirib bo\u2018lmaydigan dolzarb masalalar qatorida Orolbo\u2018yi masalasiga yana bir bor to\u2018xtalib o\u2018tdi: \u201cDavrimizning o\u2018tkir muammolaridan yana biri \u2014 global iqlim o\u2018zgarishlaridir. <\/strong><strong>Bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy ta\u2019sirini his etmoqda. Ming afsuski, bunday o\u2018zgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tug\u2018dirmoqda\u201d.Amalga oshirilayotgan chora tadbirlarga muvofiq BMT shafeligida Orolbo\u2018yi mintaqasi<\/strong> <strong>uchun Inson xavfsizligi bo\u2018yicha ko\u2018p tomonlama sheriklik asosidagi Trast fondi tuzildi. Zero, Orol dengizi fojiasi nafaqat o\u2018zbek xalqi, balki bashariyatning eng<\/strong> <strong>zalvorli muammosiga aylanmoqda.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Statistik ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra, bundan yarim asr muqaddam Orol dengizida o\u2018rta hisobda 1082 kub km. hajmda suv mavjud bo\u2018lib, maydoni 68 ming kv.km.ga teng bo\u2018lgan. <\/strong><strong>Hozir bu maydon 10, suv hajmi esa 15 barobarga kamayib, Orolning sathi 29 metrga tushib <\/strong>ketdi. Suvning uchdan bir foizini tuz tashkil qiladi. Shu sabab yashash uchun bunday noqulay iqlim sharoitida 20 xildan ziyod baliq turi yo\u2018qolib ketdi. Dengizning qurigan tubidan yiliga 100 million tonnadan ziyod qum, chang-tuz yuzlab, minglab kilometr masofalarga uchib boradi.<\/p>\n<p>Yuzaga kelgan vaziyat bois, mintaqadagi global ekologik muammo hisoblangan Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish va Orolbo\u2018yi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududning ekologik holatini sog\u2018lomlashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ijrosini ta\u2019minlashga jiddiy e\u2019tibor qaratilayotir. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator farmon va qarorlari mazkur ekologik muammoni hal etish bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligiga erishish uchun qonuniy asos bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>2021-yil 30-may kuni O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti \u201cYashil o\u2018sish va global maqsadlar uchun hamkorlik \u2014 2030\u201d (P4G) ikkinchi xalqaro sammitidagi nutqida \u201cYashil iqtisodiy tiklanish\u201d sohasidagi hamkorlikning muhim yo\u2018nalishlari bo\u2018yicha konseptual takliflarni ilgari surdi. Iqlim o\u2018zgarishlari dunyoning barcha davlatlari kabi Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham yaqqol sezilayotganligi, mintaqadagi asosiy daryolar havzasi va biologik xilma-xillikning qisqarib borayotganligi, bug\u2018lanish darajasini oshiradigan gazlar va atmosferaning keng miqyosda ifloslanayotganligi kabi ekologik muammolar nafaqat mintaqa mamlakatlarini, shuningdek, dunyo hamjamiyatini ham jiddiy xavotirga solayotgani aytib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Taassufki, ayrimlar atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiyani asrashga nisbatan mas\u2019uliyatni his qilmayapti. Joriy yilning 24-avgust kuni Prezident raisligida o\u2018tgan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag\u2018ishlangan videoselektor yig\u2018ilishida bu haqida tanqidiy fikrlar bildirib o\u2018tildi. Daraxtlarni kesishga moratoriy e\u2019lon qilingan bo\u2018lsa ham ayrim shaxslar tomonidan bu qoidalarga rioya etilmayotgani keskin tanqid qilindi.<\/p>\n<p><strong>\u201cDaraxtlarni kesishga moratoriy 2024-yilga qadar uzaytiriladi va javobgarlik keskin kuchaytiriladi. <\/strong><strong>Shuningdek, qayd qilinishicha, o\u2018tgan 6 oyda moratoriy davrida 316 ming dona qimmatbaho daraxtlar asrab qolingan. Biroq, shunga qaramasdan, o\u2018tgan davrda 2,8 mingta qimmatbaho va 2 mingdan ziyod kam qimmatli daraxtlar noqonuniy kesilgan\u201d,<\/strong> deya ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilish yakunlariga ko\u2018ra, Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etilib, mazkur tuzilma zimmasiga ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarga qarshi profilaktika vazifalari yuklatildi. Shuningdek, ekologiya sohasida qo\u2018llaniladigan jarimalar miqdori 5 baravar, yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya miqdori 2 baravar oshirilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Odamzodning atrof-muhitga salbiy ta\u2019siri muqaddas dinimizda ham keskin qoralanadi. Zero, Alloh taolo olamni ajoyib aniqlik, o\u2018zaro bog\u2018liq holda hamda undagi mavjudotlarning xususiyatlari, sifatlarini nihoyatda go\u2018zal va hikmatli qilib yaratgan. Har bitta mavjudotning Yaratgan egam tarafidan o\u2018ziga xos zamon va makonda yaratilishi belgilab qo\u2018yilgan. Bu haqda Qur\u2019oni karimda juda ko\u2018p oyatlar nozil etilgan bo\u2018lib, jumladan, Alloh taolo shunday marhamat qiladi:<\/p>\n<p><strong>\u201cAlbatta, Biz har bir narsani o\u2018lchov bilan yaratdik\u201d<\/strong> (Qamar surasi, 49-oyat).<\/p>\n<p>Shuningdek, \u201cFurqon\u201d surasining 2-oyatida \u201c\u2026har bir narsani o\u2018lchov ila o\u2018lchab yaratgan Zotdir\u201d, deyiladi. Ya\u2019niki, dunyodagi har bir narsa: suv ham, yer ham, havo ham, tog\u2018 ham, hayvonot ham, nabotot ham Alloh taolo tomonidan o\u2018lchov bilan va bir-biriga bog\u2018liq qilib yaratilgan.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, Alloh taolo insonni dunyoni asrash, U Zotning ne\u2019matlaridan manfaat olish, ularni halok etmaslik, yaxshilik yo\u2018lida foydalanish va yomonlikka ishlatmaslikka buyuradi. \u201cA\u2019rof\u201d surasining 56-oyatida <strong>\u201cVa isloh qilingandan keyin yer yuzida fasod qilmang\u2026\u201d,<\/strong> deb buyuriladi.<\/p>\n<p>Ya\u2019ni, odamzod esa mazkur ne\u2019matlarni qadrlab, asrab-avaylab, ularga zarar yetkazmay, tabiatdagi muvozanat va jipslikni buzmasdan ulardan foydalanishi darkor. Buning uchun esa fuqarolarimizda ekologik madaniyat bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n<p>Borliqni asrash, hayvonot va nabotot olamiga bo\u2018lgan g\u2018amxo\u2018rlik, tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish zarurligini bilib turib, unga rioya etmaslikni qanday izohlash mumkin? Iste\u2019moldan ortiqcha suv jo\u2018mraklardan oqishiga yo\u2018l qo\u2018ymaslik, suv havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to\u2018kmaslik, turarjoylarni ozoda saqlash shunchalik mushkulmi? Sanab o\u2018tganlarimiz zohiran oddiy bo\u2018lib ko\u2018rinishi mumkin, botinan esa yirik muammolarning oldini oladi. Zero, xalqimizda atrof-muhitni asrash, muhofaza qilishdek qadriyatlar mujassam.<\/p>\n<p>Aslida qadimdan ekologiya masalasi dolzarb bo\u2018lgan. Ajdodlarimiz ham tabiat in\u2019omlariga hurmat bilan yondashib, ularni asrab-avaylab, pokiza saqlashga intilgan. O\u2018zimizdan qiyos qiladigan bo\u2018lsak, \u201cChiqindini ariqqa tashlama, suvga tupurma, hovli va ko\u2018chalarga axlat tashlama\u201d, kabi o\u2018gitlar ota-onalarimizning doimiy tarbiya amollari edi. Afsuski, hozirda tabiatga nisbatan bunday munosabat unutilgandek.<\/p>\n<p>Chunki aholining ko\u2018cha-ko\u2018y, atrof-muhitga munosabati shunday taassurot uyg\u2018otadi. Toza-tartibli tutish birgina xonadonlar emas, qishlog\u2018-u shaharlarimizga ham tegishli emasmi? Taassufki, ayniqsa, shaharlarda ko\u2018p qavatli uylar, yo\u2018llar chetida turli xil chiqindilar sochilib yotadi. Ayrimlar to\u2018plangan maishiy xazonlarni, chiqindilarni yondirib, ulardan osongina qutilmoqchi bo\u2018ladi. Vaholanki, bunda inson hayotiga, iqlim sharoitiga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatuvchi ko\u2018plab moddalar ajralib chiqadi, havoni zaharlaydi.<\/p>\n<p>Muxtasar aytganda, ona tabiatga mehr-muhabbat ruhida yondashish, oilada ekologik tarbiyani kuchaytirish, har bir insonda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo\u2018lish hissini kuchaytirish zarur. Tabiat insonlarning barcha moddiy va ma\u2019naviy ehtiyojlarini qondiruvchi asosiy manbadir. Zero, ona tabiat ajdodlardan qolgan meros bo\u2018libgina qolmay, balki kelajak avlodga beshikast qoldirishimiz zarur bo\u2018lgan amol hisoblanadi.<\/p>\n<p><strong>Jinoyat ishlari bo\u2018yicha\u00a0 <\/strong><\/p>\n<p><strong>SHo\u2018rchi tuman sudining raisi\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 <\/strong><\/p>\n<p><strong>T.Abdiraimov<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda bo\u2018lish, flora va fauna olamini asrab-avaylash, keng miqyosdagi ekologik inqirozga yo\u2018l qo\u2018ymaslik insoniyat oldidagi dolzarb vazifalarga aylangan. Tabiat va inson o\u2018rtasidagi munosabat ma\u2019lum bir qonunlar orqali boshqariladi. Ularga rioya qilmaslik ertami, kechmi, albatta ekologik halokatga olib keladi. Tabiatda turlarning rivoji zanjir kabi bir-biri bilan chambarchas bog\u2018langan, ular o\u2018zaro yaxlit &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21174,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21173"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21173"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21173\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21175,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21173\/revisions\/21175"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21174"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21173"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21173"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21173"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}