{"id":21146,"date":"2026-01-27T12:57:44","date_gmt":"2026-01-27T09:57:44","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=21146"},"modified":"2026-01-27T12:57:46","modified_gmt":"2026-01-27T09:57:46","slug":"kun-tartibidagi-masala-transport-harakati-xavfsizligi-qoidalarini-buzish-jinoyati-ularning-salbiy-oqibatlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=21146","title":{"rendered":"KUN TARTIBIDAGI MASALA: \u201cTransport harakati xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyati, ularning salbiy oqibatlari\u201d"},"content":{"rendered":"<p>Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyati tushunchasi, ularni sodir etilishi oldini olish choralari<\/p>\n<p>Yo\u2018l harakati xavfsizligi sohasida o\u2018z yechimini kutayotgan ko\u2018plab tizimli muammolar mavjud ekanligi sir emas. So\u2018nggi yillarda yo\u2018llarda harakat xavfsizligini ta\u2019minlash va uning tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish masalalari fuqarolarimizni, vakolatli davlat organlarini, keng jamoatchilik vakillarini, umuman olganda, jamiyatimizni o\u2018ylantirib kelayotgan asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu jabhada yo\u2018l harakati qatnashchilari xavfsizligini, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta\u2019minlash, yo\u2018l-transport hodisalari sonini kamaytirish, mamlakatimizda haydovchilar tayyorlash va fuqarolarga haydovchilik guvohnomalarini berish tizimini tubdan isloh qilish, bu boradagi vakolatli davlat organlari mas\u2019uliyatini yanada oshirish, sohaga kirib kelayotgan yangiliklarning qonuniy asoslarini yaratish va huquqiy bo\u2018shliqlarni bartaraf etish masalalari jamiyatimizni o\u2018ylantirib kelayotgan asosiy muammolar sirasiga kirib ulgurdi.<\/p>\n<p>2025\u20132026\u00a0yillarga mo\u2018ljallangan Yangi O\u2018zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi 16-maqsad doirasida \u201cyo\u2018l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo\u2018llarda avariya va o\u2018lim holatlarini qisqartirish, shu jumladan harakatni boshqarish tizimini to\u2018liq raqamlashtirish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini ta\u2019minlash\u201d bo\u2018yicha vazifalar belgilanganligi bejiz emas.<\/p>\n<p>Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 20 oktabrdagi 841-son Qarori bilan tasdiqlangan \u201c2030 yilgacha bo\u2018lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar\u201dning 3-maqsadi 3.6-vazifasida \u201c2025 yilgacha yo\u2018l-transport hodisalari sonini, jumladan, piyodalar tomonidan yo\u2018l harakati qoidalarining buzilishi natijasida yuzaga keladigan YTH holatlarini ikki baravar qisqartirish\u201d vazifasi nazarda tutilgan.<\/p>\n<p>Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2024\u00a0yil 20\u00a0oktabrdagi 841-son Qarori bilan tasdiqlangan \u201c2030\u00a0yilgacha bo\u2018lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar\u201dning 3-maqsadi 3.6-vazifasida <em>\u201c2025\u00a0yilgacha yo\u2018l-transport hodisalari sonini, jumladan, piyodalar tomonidan yo\u2018l harakati qoidalarining buzilishi natijasida yuzaga keladigan YTH holatlarini ikki baravar qisqartirish\u201d<\/em> vazifasi nazarda tutilgan.<\/p>\n<p>Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yil 11\u00a0fevralda yo\u2018l harakati xavfsizligini kuchaytirish choralari muhokamasiga bag\u2018ishlangan videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi. Unda yo\u2018l harakati xavfsizligi sohasidagi asosiy, yechimini kechiktirib bo\u2018lmas muammolar sifatida yo\u2018l-transport hodisalari hamda ulardagi o\u2018lim holatlari sonini qisqartirish, ushbu sohadagi milliy qonunchiligimizni mavjud muammolardan kelib chiqqan holda qayta ko\u2018rib chiqish va takomillashtirish, yo\u2018l harakati qatnashchilarining huquqiy madaniyatini, o\u2018zaro hurmat va bilim-tajribasini oshirish, qo\u2018pol qoidabuzarliklar sodir etayotganlarga nisbatan jazo muqarrarligini ta\u2019minlash, haydovchilikka o\u2018qitish va guvohnoma berish tizimi umuman talabga javob bermayotganligi qayd etildi. Yo\u2018l harakati sohasidagi tizimli muammolarning tashkiliy-huquqiy yechimini topish maqsadida Davlatimiz rahbari tomonidan<em> yo\u2018l-transport hodisalari va qo\u2018pol qoidabuzarliklar sonini kamaytirish; qoidabuzarlik uchun jazo muqarrarligini ta\u2019minlash; yo\u2018l harakati qatnashchilarining huquqiy madaniyati, o\u2018zaro hurmati va bilim-tajribasini oshirish; avtomaktablar faoliyati samaradorligini oshirish; yo\u2018l harakati sohasini raqamlashtirish; yo\u2018llar holati va infratuzilmasini yaxshilash; xaydovchilar va piyodalar uchun qulay va xavfsiz yo\u2018l harakatini tashkil etish <\/em>kabi ustuvor yo\u2018nalishlarda mutasaddi davlat tashkilotlari va mansabdor shaxslarga topshiriqlar berib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan yo\u2018l harakati xavfsizligini kuchaytirish bo\u2018yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida:<\/p>\n<p><em>birinchidan,<\/em>\u00a0deputatlar, ekspertlar va jamoatchilik bilan bamaslahat holda \u201cYo\u2018l harakati xavfsizligi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunga bu sohadagi xalqaro huquq normalariga mos qo\u2018shimcha va o\u2018zgartishlar kiritish bo\u2018yicha qonun loyihasini ishlab chiqish hamda unda quyidagilarni nazarda tutish maqsadga muvofiq: yo\u2018l harakati xavfsizligini ta\u2019minlash sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati va maxsus vakolatli davlat organlari, ya\u2019ni O\u2018zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Avtomobil yo\u2018llari qurish va foydalanish tashkiloti, Ichki ishlar vazirligining Davlat yo\u2018l harakati xavfsizligi xizmati vakolatlarini aniqlashtirish va bunda bir-birini takrorlash holatlariga yo\u2018l qo\u2018ymaslik; yo\u2018l harakatining raqamli boshqaruvini va xavfsizligini ta\u2019minlash; yo\u2018l harakati qatnashchilarining huquq va majburiyatlari masalalari;<\/p>\n<p>Xorijiy mamlakatlar milliy qonunchiligida yo\u2018l harakati xavfsizligini samarali ta\u2019minlashga qaratilgan turli normalar belgilanganligining guvohi bo\u2018lishimiz mumkin. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq yo\u2018l harakati xavfsizligi sohasidagi qonunchilikni buzgan shaxslar fuqaroviy-huquqiy, ma\u2019muriy, jinoiy va boshqa turdagi javobgarlikka tortilishi mumkin. Qozog\u2018iston Respublikasi, Germaniya, Fransiya va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga ko\u2018ra esa politsiya xodimlarining qonuniy talablariga bo\u2018ysunmaganlik, ularga jismoniy qarshilik ko\u2018rsatganlik yoki jismoniy kuch ishlatganlik uchun jinoiy javobgarlik turlari, Shvesiya Yo\u2018l harakati qoidalariga muvofiq umumiy foydalanishdagi yo\u2018llarda velosipedlar va piyodalar uchun alohida yo\u2018lakcha bo\u2018lishi kerakligi belgilanganligini ko\u2018rishimiz mumkin.<\/p>\n<p>Vazirlar Mahkamasining 2015\u00a0yil 24\u00a0dekabrdagi 370-son Qarori bilan tasdiqlangan \u201cYo\u2018l harakati qoidalari\u201dga yo\u2018l harakati qatnashchilarining huquqiy madaniyatini oshirish va ularning qonunga itoatkorlik ruhini kuchaytirishga, \u201cjarima ballari\u201d tizimini, avtomaktablar faoliyati va haydovchilik guvohnomasini olishga nisbatan yangi talablar joriy etishga, yo\u2018llarda harakat tezligiga nisbatan cheklovni qayta belgilashga, \u201cyo\u2018l bezoriligi\u201d tushunchasining huquqiy ta\u2019rifi berilishiga qaratilgan tegishli o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritilishi lozim;<\/p>\n<p><em>ikkinchidan,<\/em>\u00a0Ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi va Jinoyat kodekslariga yo\u2018l harakatida qo\u2018pol qoidabuzarliklarni, shu jumladan takroran sodir etganlik, yo\u2018l harakati xavfsizligi inspektorlarining qonuniy talablariga bo\u2018ysunmaganlik uchun jazo choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi tegishli qo\u2018shimchalar kiritilishi zarur;<\/p>\n<p><em>uchinchidan,<\/em>\u00a0piyodalarni va yo\u2018l harakati boshqa ishtirokchilarini yo\u2018l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma\u2019muriy javobgarlikka tortishning aniq mexanizmlarini belgilash va jazo muqarrarligini ta\u2019minlash shart;<\/p>\n<p><em>to\u2018rtinchidan,<\/em>\u00a0huquqbuzarliklarni o\u2018z vaqtida aniqlash va ularga chek qo\u2018yishning, nazoratning yuqori samaradorligini ta\u2019minlovchi yo\u2018l harakatini avtomatlashtirilgan tarzda tartibga solish, videokuzatuv va yo\u2018l harakati qoidalari buzilishini qayd etish tizimlarini, boshqa texnik vositalarni yanada kengaytirish kerak;<\/p>\n<p><em>beshinchidan,<\/em>\u00a0\u201cXavfsiz yo\u2018l va xavfsiz piyoda\u201d umummilliy dasturi doirasida yo\u2018l harakati qatnashchilarining yo\u2018l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirishga qaratilgan samarali tushuntirish ishlari tizimini, shu jumladan oiladan boshlab, bog\u2018cha, maktab, o\u2018rta maxsus va oliy ta\u2019lim muassasalari hamda mulk shaklidan qati nazar, barcha korxona, muassasa, tashkilotlarda amalga oshirish lozim.<\/p>\n<p>Xulosa qilib aytganda, 2022\u20132026\u00a0yillarga mo\u2018ljallangan Yangi O\u2018zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va 2030\u00a0yilgacha bo\u2018lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar asosida olib borilayotgan keng ko\u2018lamli islohotlar, albatta, yo\u2018l harakati xavfsizligini kuchaytirishda ham o\u2018z samarasini beradi.<\/p>\n<p><strong>Jinoyat ishlari bo\u2018yicha <\/strong><\/p>\n<p><strong>Sho\u2018rchi tuman sudining raisi \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 <\/strong><\/p>\n<p><strong>T.Abdiraimov<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyati tushunchasi, ularni sodir etilishi oldini olish choralari Yo\u2018l harakati xavfsizligi sohasida o\u2018z yechimini kutayotgan ko\u2018plab tizimli muammolar mavjud ekanligi sir emas. So\u2018nggi yillarda yo\u2018llarda harakat xavfsizligini ta\u2019minlash va uning tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish masalalari fuqarolarimizni, vakolatli davlat organlarini, keng jamoatchilik vakillarini, umuman olganda, jamiyatimizni o\u2018ylantirib &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21147,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[8],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21146"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21146"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21146\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21148,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21146\/revisions\/21148"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21147"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21146"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21146"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21146"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}