{"id":21049,"date":"2026-01-04T18:23:06","date_gmt":"2026-01-04T15:23:06","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=21049"},"modified":"2026-01-04T18:37:53","modified_gmt":"2026-01-04T15:37:53","slug":"sudyalar-hamjamiyati-mustaqilligi-muhim-masala","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=21049&lang=kr","title":{"rendered":"Sudyalar hamjamiyati mustaqilligi muhim masala"},"content":{"rendered":"<p>Mazkur maqolada O\u2018zbekiston Respublikasidagi sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatini takomillashtirish va sud hokimiyati mustaqilligini ta\u2019minlash masalalari tahlil qilinadi.<\/p>\n<p>Sud hokimiyati mustaqilligi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining muhim belgisi hisoblanadi. O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 136-moddasida sud hokimiyati mustaqil bo\u2018lib, u qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan ajratilgan holda faoliyat yuritishi belgilangan. Ushbu konstitutsiyaviy norma sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asosini tashkil etadi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish jarayonida sudyalar hamjamiyati organlarining rolini kuchaytirish masalasi qonunlar va Prezident farmonlari orqali izchil rivojlantirib kelinmoqda. Xususan, 2025-yil 24-noyabrdagi O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining PF\u2013227-sonli farmoni sud hokimiyati mustaqilligini ta\u2019minlashga qaratilgan normativ-huquqiy mexanizmlarni yangi bosqichga olib chiqdi.<\/p>\n<p>Sudyalar hamjamiyati organlarining normativ-huquqiy maqomi. O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi sud hokimiyatining yagona tizimini, sudlarning mustaqilligini va daxlsizligini belgilab bergan. Ushbu normalar sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining konstitutsiyaviy poydevori hisoblanadi.<\/p>\n<p>Shuningdek, O\u2018zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-apreldagi &#171;Sudyalar oliy kengashi to\u2018g\u2018risida&#187;gi Qonuni sudyalar hamjamiyati organlarining huquqiy maqomini belgilab, sudyalarni tanlash, tayinlash va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini Kengash vakolatiga o\u2018tkazdi. O\u2018zbekiston Respublikasi Presidentining PF\u2013227-sonli Farmoni ushbu Qonun normalarini rivojlantirib:<\/p>\n<p>Kengash tarkibini shakllantirishda sudyalar ishtirokini kengaytirdi, kengash faoliyatining ochiqligini oshirdi, shuningdek uning institutsional mustaqilligini kuchaytirdi.<\/p>\n<p>Sudyalarning almashtirilmasligi tamoyilining huquqiy mustahkamlandi \u201cSudyalar maqomi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunga muvofiq, sudyalarning mustaqilligi ularning almashtirilmasligi orqali kafolatlanadi. PF\u2013227-son Farmon bilan sudyalarni o\u2018n yillik muddatga qayta tayinlash amaliyoti bekor qilinib, dastlab 5 yil, keyinchalik muddatsiz tayinlash mexanizmi joriy etildi.<\/p>\n<p>Mazkur yondashuv BMTning Sud mustaqilligi to\u2018g\u2018risidagi asosiy prinsiplari (1985), Yevropa Kengashining CM\/Rec(2010) Tavsiyasi bilan to\u2018liq uyg\u2018unlashgan. Sudyalar korpusini shakllantirishda ochiqlikni va shaffoflikni ta&#8217;minlash dolzarb masaladir. \u201cDavlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonun talablariga muvofiq, sud tizimida ochiqlik asosiy demokratik mezon hisoblanadi. PF\u2013227-son Farmonga ko&#8217;ra, sudyalik lavozimlariga tanlov jarayonlarini ochiq e\u2019lon qilish, barcha bosqichlar bo\u2018yicha axborot berishni majburiy etib belgilandi. Bu esa \u201cKorrupsiyaga qarshi kurashish to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunning profilaktik tamoyillariga ham mos keladi.<\/p>\n<p>\u201cSudyalar oliy malaka hay\u2019ati to\u2018g\u2018risida\u201dgi nizomga muvofiq, sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish mustaqil organlar tomonidan amalga oshiriladi. PF\u2013227-son Farmonga muvofiq, sudyaning himoya huquqini mustahkamlandi, intizomiy jazolar aniqlashtirildi, sud mustaqilligiga aralashganlik uchun javobgarlik masalasi ilgari surildi. Bu yondashuv \u201cjavobgarlik \u2014 bo\u2018ysundirish emas\u201d doktrinasiga mos keladi. Gender tenglik va sud hokimiyati legitimligi alohida muhim yo&#8217;nalishdir.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cXotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni asosida PF\u2013227-son Farmon sud tizimida ayol sudyalar ulushini kamida 30 foizga yetkazish vazifasini belgiladi. Bu sud hokimiyatining ijtimoiy legitimligini oshirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Shuni xulosa qilishimiz mumkinki, O\u2018zbekiston Respublikasi Presidentining PF\u2013227-sonli Farmoni, O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va sohaviy qonunlar o\u2018rtasidagi normativ uyg\u2018unlikni ta&#8217;minlashda, sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlashning yangi huquqiy modelini shakllantirishda muhim huquqiy asoslardan borib bo&#8217;ladi. Sudyalar hamjamiyati organlarining kuchaytirilishi, ochiqlik va raqamlashtirish, intizomiy javobgarlik mexanizmlarining shaffofligi hamda gender tenglikka oid chora-tadbirlar sud tizimini demokratik rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi.<\/p>\n<p><strong>Surxondaryo viloyati ma\u2019muriy sudi sudyasi<\/strong><\/p>\n<p><strong>Bobomuratova Nilufar Saypitdinovna<\/strong><\/p>\n<p>\u00a0<\/p>\n\n\n<p><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mazkur maqolada O\u2018zbekiston Respublikasidagi sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatini takomillashtirish va sud hokimiyati mustaqilligini ta\u2019minlash masalalari tahlil qilinadi. Sud hokimiyati mustaqilligi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining muhim belgisi hisoblanadi. O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 136-moddasida sud hokimiyati mustaqil bo\u2018lib, u qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan ajratilgan holda faoliyat yuritishi belgilangan. Ushbu konstitutsiyaviy norma sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21052,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[15],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21049"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21049"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21049\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21054,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21049\/revisions\/21054"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/media\/21052"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21049"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21049"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21049"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}