{"id":20812,"date":"2025-11-21T12:50:33","date_gmt":"2025-11-21T09:50:33","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=20812"},"modified":"2025-11-21T12:50:35","modified_gmt":"2025-11-21T09:50:35","slug":"kuzgi-dala-kuzatuvlarini-otkazildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=20812&lang=kr","title":{"rendered":"Kuzgi dala kuzatuvlarini o\u2018tkazildi"},"content":{"rendered":"<p>2026-yil uchun qishloq xo\u2018jaligi ekinlarida uchraydigan zararli organizmlarning tarqalishining oldini olish, ular qishlovga ketish jarayonini baholash hamda uzoq muddatli bashoratnoma tayyorlash maqsadida kuzgi dala kuzatuvlarini o\u2018tkazish belgilandi. Shu munosabat bilan Qumqo\u2018rg\u2018on tumanida 2025-yilning\u00a0\u00a0 31-oktabridan 19-noyabrigacha <strong>\u201cDolzarb 20 kunlik\u201d<\/strong> deb e\u2019lon qilindi.<\/p>\n<p>Tadqiqotlar shuni ko\u2018rsatadiki, dunyo bo\u2018yicha yetishtiriladigan o\u2018simliklar hosilining 35 foizi zararli organizmlar ta\u2019sirida nobud bo\u2018ladi. Shundan 14 foizi zararli hasharotlar, 20 foizi esa hosilni tashish yoki omborlarda saqlash jarayonida yo\u2018qotiladi.<\/p>\n<p>Qumqo\u2018rg\u2018on tumanining tuproq va iqlim sharoitlari dehqonchilikning barcha turlarini rivojlantirish uchun nihoyatda qulay sanaladi. Bunday sharoitda ko\u2018plab zararli hasharotlar tez rivojlanib, shimoliy hududlarga nisbatan bir necha bor ko\u2018proq bo\u2018g\u2018in beradi.<\/p>\n<p><strong>Zararli organizmlar rivojlanishiga ta\u2019sir etuvchi omillar<\/strong><\/p>\n<p>Qishloq xo\u2018jaligi ekinlariga zarar yetkazuvchi hasharotlar, kasallik qo\u2018zg\u2018atuvchilari va begona o\u2018tlarning tarqalishi hamda zararlilik darajasi quyidagi omillarga bog\u2018liq:<\/p>\n<ul>\n<li>ob-havo sharoiti;<\/li>\n<li>tuproq tarkibi va holati;<\/li>\n<li>agrotexnika tadbirlarining to\u2018g\u2018ri olib borilishi;<\/li>\n<li>ekin navining chidamlilik darajasi.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Shu boisdan ishlab chiqarish jarayoniga zararli organizmlarga chidamli, serhosil ekin navlarini joriy etish, almashlab ekish tizimini qo\u2018llash, zararli organizmlarga qarshi ilg\u2018or himoya usullaridan foydalanish zarur.<\/p>\n<p><strong>Zararkunandalarga qarshi kurashda nazorat ishlari ahamiyati<\/strong><\/p>\n<p>Qishloq xo\u2018jaligi ekinlari zararli organizmlari va ularning kasalliklariga qarshi kurashishda doimiy, o\u2018z vaqtida o\u2018tkaziladigan nazorat tadbirlari muhim o\u2018rin tutadi. Bunday kuzatuvlar zararli organizmlar paydo bo\u2018lishi va tarqalish xavfini oldindan aniqlash imkonini beradi.<\/p>\n<p><strong>Tuproqdagi zararli hasharotlarni kuzatish va hisobga olish usullari<\/strong><\/p>\n<p>Hasharotlarning yashash muhiti turlicha bo\u2018lgani uchun ularni hisobga olish usullari ham farqlanadi. To\u2018liq va chala rivojlanadigan hasharotlar uchun alohida usullar qo\u2018llaniladi. Mehnat va vaqt sarfini kamaytirish maqsadida bir xil muhitda yashovchi bir oila vakillari uchun umumiy qabul qilingan usullar qo\u2018llaniladi.<\/p>\n<p><strong>Tuproqni kovlab na\u2019muna olish (raskopka) tartibi:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Har bir olingan na\u2019muna o\u2018lchami 50\u00d750 sm, ya\u2019ni 0,25 m\u00b2, chuqurligi 10 sm bo\u2018lishi kerak. Ushbu usul quyidagi zararli hasharotlar uchun qo\u2018llaniladi: o\u2018tloq parvonasi, no\u2018xat mevakori, olxo\u2018ri mevakori, don jujelitsa lichinkalari, lavlagi g\u2018ovak hosil qiluvchi kuya, tunlamlar, to\u2018da hosil qiluvchi chigirtkalar.<\/li>\n<li>Oddiy 40 sm chuqurlikdagi kovlash usuli tuproqda yashovchi va qishlovchi ko\u2018plab hasharotlar uchun qo\u2018llanadi:<\/li>\n<\/ul>\n<p>uzun oyoqlilar, plakcha mo\u2018ylovli qo\u2018ng\u2018izlar, chertmakchi qo\u2018ng\u2018izlar, oddiy buzoqboshi, raps arrakashlari.<\/p>\n<ul>\n<li>Tuproqda kam uchraydigan, chuqur qatlamda qishlovchi hasharotlar uchun (odatda ilmiy-tadqiqot ishlari davomida) 65 sm chuqurlikkacha na\u2019muna olinadi. Bularga: kulrang qora lavlagi uzunburunlari, kolorado qo\u2018ng\u2018izi kiradi.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Yo\u2019ldosh Jonnazarov. Surxondaryo viloyat O\u2019simliklar karantini va himoyasi Qumqo\u2018rg\u2018on tumani bo\u2018limi Zararli organizmlar tarqalishini prognozlashtirish va monitoring qilish bo\u2018yicha yetakchi mutaxassisi.<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>2026-yil uchun qishloq xo\u2018jaligi ekinlarida uchraydigan zararli organizmlarning tarqalishining oldini olish, ular qishlovga ketish jarayonini baholash hamda uzoq muddatli bashoratnoma tayyorlash maqsadida kuzgi dala kuzatuvlarini o\u2018tkazish belgilandi. Shu munosabat bilan Qumqo\u2018rg\u2018on tumanida 2025-yilning\u00a0\u00a0 31-oktabridan 19-noyabrigacha \u201cDolzarb 20 kunlik\u201d deb e\u2019lon qilindi. Tadqiqotlar shuni ko\u2018rsatadiki, dunyo bo\u2018yicha yetishtiriladigan o\u2018simliklar hosilining 35 foizi zararli organizmlar ta\u2019sirida nobud &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20813,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[5],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20812"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20812"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20812\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20814,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20812\/revisions\/20814"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/media\/20813"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20812"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20812"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20812"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}