{"id":20809,"date":"2025-11-21T08:59:17","date_gmt":"2025-11-21T05:59:17","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=20809"},"modified":"2025-11-21T08:59:20","modified_gmt":"2025-11-21T05:59:20","slug":"oiladagi-zoravonlik-va-buning-uchun-javobgarlik-asoslari-mavzusida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=20809","title":{"rendered":"\u201cOiladagi zo\u2018ravonlik va buning uchun javobgarlik asoslari\u201d mavzusida"},"content":{"rendered":"<p><em>\u00a0 <\/em>Yig\u2018ilishni tumandagi \u201cDo\u2018stlik\u201d mahalla fuqarolar yig\u2018ini raisi ochib, Oiladagi zo\u2018ravonlik va buning uchun javobgarlik asoslarini takitlab, so\u2018zni jinoyat ishlari bo\u2018yicha Sho\u2018rchi tuman sudining raisi T.Abdiraimovga berdi. \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Tuman sudining rais T.Abdiraimov so\u2018zga chiqib ishtirokchilarga, Oiladagi zo\u2018ravonlikning oldini olish maqsadida 2019 yil<br \/>\n2 sentabrda \u201cXotin-qizlarni tazyiq va zo\u2018ravonlikdan himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonun qabul qilingan bo\u2018lib, unda \u201cjinsiy zo\u2018ravonlik\u201d, \u201cjismoniy zo\u2018ravonlik\u201d, \u201ciqtisodiy zo\u2018ravonlik\u201d, \u201cpsixologik zo\u2018ravonlik\u201d, \u201ctazyiq\u201d, \u201chimoya orderi\u201d tushunchalari belgilab berilgan(3-modda).\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Qonunning 4-moddasiga ko\u2018ra, tazyiq va zo\u2018ravonlikdan jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega:<\/p>\n<ul>\n<li>o\u2018ziga nisbatan tazyiq va zo\u2018ravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir<\/li>\n<\/ul>\n<p>etish tahdidi to\u2018g\u2018risidagi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda<\/p>\n<p>tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etish;<\/p>\n<ul>\n<li>maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish;<\/li>\n<li>ichki ishlar organlariga himoya orderi berish to\u2018g\u2018risida talab bilan murojaat qilish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa, ularni bu haqda abardor<\/li>\n<li>sodir etilgan tazyiq va zo\u2018ravonlikdan unga yetkazilgan moddiy zararning o\u2018rnini qoplash hamda ma\u2019naviy ziyonni kompensatsiya qilish to\u2018g\u2018risidagi talab bilan sudga murojaat etish, shuningdek, davlat boji to\u2018lashdan ozod qilinadi.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Zo\u2018ravonlikdan jabrlanuvchi xotin-qizlarga tazyiq o\u2018tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo\u2018ravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan \u201cXotin-qizlarni tazyiq va zo\u2018ravonlikdan himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunda belgilangan ta\u2019sir ko\u2018rsatish choralari qo\u2018llanishiga sabab bo\u2018ladigan tazyiq va zo\u2018ravonlikdan davlat himoyasini ta\u2019minlaydigan maxsus hujjat \u2013 himoya orderini olish huquqiga ega.<\/p>\n<p>Hozirda oldingi yildagilarga nisbatan xotin-qizlarga nisbatan zo\u2018ravonlik namoyon bo\u2018lishining ko\u2018paygan, ikkinchi tomondan esa, IIV xodimlari tomonidan oilada zo\u2018ravonlik holatlarining namoyon bo\u2018lishining oldini olishidan dalolat beradi. Ichki ishlar vazirligining 2020\u20132021 yillar uchun himoya orderlari bo\u2018yicha rasmiy ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, himoya orderlarini berish uchun tazyiq va zo\u2018ravonlikdan jabrlanuvchilarning mos ravishda 5071 va 21947 ta arizasi asos bo\u2018lgan. Himoya orderi berish to\u2018g\u2018risidagi masalani ko\u2018rib chiqish chog\u2018ida Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat belgilari aniqlansa, ish materiallari tajovuzkorni jinoiy javobgarlikka tortish to\u2018g\u2018risidagi masalani hal qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboriladi.<\/p>\n<p>Agar zo\u2018ravonlik fakti mavjud bo\u2018lsa, tazyiq va zo\u2018ravonlikdan jabrlanuvchining yoki uning qonuniy vakilining boshpana berish to\u2018g\u2018risidagi talabiga binoan maxsus markazlarda o\u2018ttiz kungacha bo\u2018lgan muddatga joylashtirish ta\u2019minlanadi va zarurat tug\u2018ilganda bu muddat uzaytirilishi mumkin. Zo\u2018ravonlikdan jabrlanuvchi maxsus markazga joylashtirilgan taqdirda, uning ish joyi saqlab qolinadi, markazda o\u2018tkazgan vaqt darslarni o\u2018tkazib yuborish munosabati bilan ta\u2019lim muassasasidan haydash uchun asos bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida insonning hayotiga, sog\u2018lig\u2018iga va jinsiy erkinlikka tajovuz qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan, biroq unga oiladagi zo\u2018ravonlik kiritilmagan. Odatda, maishiy zo\u2018ravonlik to\u2018g\u2018risidagi ishlar jabrlanuvchilarning shikoyati bo\u2018yicha qo\u2018zg\u2018atilishi mumkin, ya\u2019ni, ular xususiy ayblov ixtiyoridadir. Shu munosabat bilan maishiy zo\u2018ravonlikdan jabrlanuvchilarni himoya qilish maqsadida davlat zo\u2018ravonlikdan jabrlanuvchini moddiy zarar va ma\u2019naviy ziyonni qoplash to\u2018g\u2018risidagi da\u2019vo bo\u2018yicha davlat boji to\u2018lashdan ozod etdi.<\/p>\n<p>Masalan, O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 325-moddasida faqat aybdorni javobgarlikka tortishni so\u2018rab jabrlanuvchi bergan shikoyat arizasi asosida ish yuritish qo\u2018zg\u2018atiladigan salomatlik, jinsiy erkinlikka qarshi, nikohga kirishga majburlash yoki nikohga to\u2018sqinlik qilish, tuhmat va haqorat qilish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi bir qator jinoyatlar sanab o\u2018tilgan. Mazkur moddada jabrlanuvchi nochor ahvolda bo\u2018lganligi, ayblanuvchiga qaram bo\u2018lganligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko\u2018ra o\u2018z huquqlari va qonuniy manfaatlarini o\u2018zi himoya qila olmaydigan alohida hollarda prokuror jabrlanuvchining shikoyatisiz ham jinoyat ishini qo\u2018zg\u2018atishi shart ekanligi nazarda tutilgan.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Jinoyat kodeksida o\u2018zini o\u2018zi o\u2018ldirish darajasiga yetkazish (103-modda); o\u2018zini o\u2018zi o\u2018ldirishga undash (1031-modda); qasddan badanga shikast yetkazish (104\u2013105, 109-moddalar); qiynash (110-modda); o\u2018ldirish yoki zo\u2018rlik ishlash bilan qo\u2018rqitish (112-modda); nomusga tegish (118-modda); jinsiy ehtiyojni zo\u2018rlik ishlatib g\u2018ayritabiiy usulda qondirish (119-modda); ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga<\/p>\n<p>tegishiga to\u2018sqinlik qilish (136-modda); tuhmat (139-modda); haqorat qilish (140-modda); fuqarolarning teng huquqliligini buzish<br \/>\n(141-modda) uchun jazo nazarda tutilgan.<\/p>\n<p>Odatda, maishiy zo\u2018ravonlik sodir etgan shaxslar yuqoridagi moddalar bo\u2018yicha jinoiy javobgarlikka tortiladilar.<\/p>\n<p>Shuni nazarda tutish kerakki, jabrlanuvchining zo\u2018ravonlikka duchor bo\u2018lishi davom etaverganda va u hokimiyat organlariga ishonmay qolganda, zo\u2018ravon jazosiz qolaverganda jamiyatda oiladagi zo\u2018ravonlik jinoyat emas, degan fikr paydo bo\u2018ladi. Bunday amaliyot o\u2018zgartirilishi kerak.<\/p>\n<p><span style=\"font-size: revert; color: initial;\">\u0416\u0438\u043d\u043e\u0442 \u0438\u0448\u043b\u0430\u0440\u0438 \u0431\u045e\u0439\u0438\u0447\u0430 <\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: revert; color: initial;\">\u0428\u045e\u0440\u0447\u0438 \u0442\u0443\u043c\u0430\u043d \u0441\u0443\u0434\u0438 \u0451\u0440\u0434\u0430\u043c\u0447\u0438\u0441\u0438 <\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: revert; color: initial;\">\u0410.\u042d\u0448\u043c\u0443\u0440\u0430\u0442\u043e\u0432<\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00a0 Yig\u2018ilishni tumandagi \u201cDo\u2018stlik\u201d mahalla fuqarolar yig\u2018ini raisi ochib, Oiladagi zo\u2018ravonlik va buning uchun javobgarlik asoslarini takitlab, so\u2018zni jinoyat ishlari bo\u2018yicha Sho\u2018rchi tuman sudining raisi T.Abdiraimovga berdi. \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Tuman sudining rais T.Abdiraimov so\u2018zga chiqib ishtirokchilarga, Oiladagi zo\u2018ravonlikning oldini olish maqsadida 2019 yil 2 sentabrda \u201cXotin-qizlarni tazyiq va zo\u2018ravonlikdan himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonun qabul qilingan bo\u2018lib, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20810,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20809"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20809"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20809\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20811,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20809\/revisions\/20811"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20810"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20809"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20809"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20809"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}