{"id":20517,"date":"2025-09-22T15:55:09","date_gmt":"2025-09-22T12:55:09","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=20517"},"modified":"2025-09-22T16:06:00","modified_gmt":"2025-09-22T13:06:00","slug":"harbiy-jinoyatlarni-sodir-etuvchi-shaxslarning-kriminologik-tavsifi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=20517","title":{"rendered":"Harbiy jinoyatlarni sodir etuvchi shaxslarning kriminologik tavsifi"},"content":{"rendered":"<p>\u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 Harbiy xizmatchilarning jamiyat manfaatlariga qarshi qaratilgan xatti- harakatlarining markaziy bo\u2018g\u2018inida o\u2018ziga xos ruhiy xususiyatlarga ega jinoyatchining shaxsi turadi. Jinoyatchi shaxsini kriminologiya nuqtai nazari\u00acdan tavsiflash, uni baholash bilan bog\u2018liq bo\u2018lmagan holda aytish mumkinki, harbiy xizmatga chaqirilganlar safida, biz avvalgi paragrafda aytib o\u2018tgani- mizdek, o\u2018ziga xos salbiy axloqiy-ruhiy xususiyatlarga ega shaxslar ham uchrashi mumkin. Bu kabi xususiyatlar vaziyat taqozosi bilan (har doim bo\u2018lmasa ham) shaxsning jinoyat sodir etishiga olib keladi.<\/p>\n<p>Kuzatuvlarimizdan ma\u2019lum bo\u2018ldiki, u yoki bu salbiy qusur va illatlarga ega shaxslar harbiy xizmatni o\u2018tash faoliyatida o\u2018ziga xos tanlov asosida huquqbuzarliklarni sodir etishga intiladilar. Shunga ko\u2018ra, aytish mumkinki, ayrim intizomsiz harbiylarda bir xil bo\u2018lmagan jinoyatlarning sodir etilishini ko\u2018rish mumkin.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlash joizki, xizmatga qadar shaxsga xos bo\u2018lgan salbiy odatlar, qo\u2018pollik, o\u2018zini tuta bilmaslik yoki tez o\u2018zgaruvchanlik kabilar bois, ularda gap qaytarish va atrofdagilarni haqoratlash singari xulq namoyon bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n<p>Bayon etilganlardan ko\u2018rinib turibdiki, bunday toifadagi shaxslar asosan o\u2018zaro munosabatlarga kirishish jarayonida ruhiy qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Agarda ularga yuklatilgan vazifalar ko\u2018pchilik bilan bo\u2018ladigan munosabatlarga bog\u2018liq bo\u2018lmasa, sanab o\u2018tilgan salbiy odatlar umuman ko\u2018zga tashlanmasligi mumkin.<\/p>\n<p>Aksincha, agarda bunday shaxslarga xos salbiy odatlarning talab dara\u00acjasida oldi olinmasa, uning ta\u2019sir doirasi kengayadi va gap qaytarish odatlari ko\u2018payadi. Shuningdek, zarur darajadagi tarbiyaviy talablar qo\u2018yilmasa, bu kabi odatlar jinoyatga o\u2018sib o\u2018tishi mumkin. Gap qaytarish va buyruqni bajarmaslik odatlariga ega shaxs qo\u2018pol tarzda intizomsizlikni, huquq- buzarlikni sodir etarkan, bunda hech qanday qiyinchilik sezmaydi. Shu bilan birga, boshqa ruhiy xususiyatlarga ega nojo\u2018ya qilmishlar ham mavjuddir.<\/p>\n<p>Bunda harbiy xizmatchi oldindan o\u2018ziga maqsad qo\u2018yadi, muayyan vaqt tayyorgarlik ko\u2018radi, o\u2018ziga xos sharoit yaratishga kuch sarflaydi va qiyin- chiliklarni yengishga harakat qiladi. Bunga misol qilib, mayda tashma- chilikni va shu kabi boshqa nojo\u2018ya qilmish hamda jinoyatlarni ko\u2018rsatish mumkin. Bunday nojo\u2018ya qilmish va jinoyatlarni o\u2018ziga xos ravishda xo- hishga qarab sodir etiladigan huquqbuzarliklar deyish mumkin. Chunki bunday xatti-harakatlarni asosan tarbiyasiz va ma\u2019naviy saviyasi past shaxslar sodir etishi kuzatiladi.<\/p>\n<p>Jinoyatchilikni shaxsning butunligicha olinganligida amalga oshiriladi- gan qilmishi deb olsak-da, bu umumiylikda shaxsga xos barcha qusurlar birdek amalda bo\u2018ladi deyish aslo mumkin emas. Shaxsning jamiyat man- faatlari uchun zid xatti-harakatlari quyidagi invidiual-ruhiy xususiyatlarda namoyon bo\u2018lishini ko\u2018rish mumkin.<\/p>\n<p>Harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning axloqiy-ruhiy jihatdan yetarlicha tayyorlanmaganligi armiyada xizmat qilishni to\u2018g\u2018ri tushunmaganlik yoki anglamaslikdan, boshliqlar to\u2018g\u2018risida noto\u2018g\u2018ri tasavvurga ega bo\u2018lish, aniq harbiy mutaxassislik va og\u2018ir mehnatga salbiy qarash kabi kamchiliklar orqasida yuzaga keladi. Hatto askarlar safida harbiy xizmatning ahamiyatini to\u2018g\u2018ri anglab yetmagan hamda ichki ishonch bilan harbiy faoliyatga oid maqsad va vazifalarini anglamay, bu vazifalarni o\u2018z vazifasi sifatida qabul qilishni xohlamaydiganlar ham uchrab turadi. Ba\u2019zilar harbiy xizmatni o\u2018zlarining burchlari sifatida emas, balki majburan xizmat o\u2018tash deb qabul qiladilar.<\/p>\n<p>To\u2018g\u2018ri, bunday tushunchali shaxslar juda ozchilikni tashkil etishini ham hisobga olmoq lozim. Zotan, bunday holatni e\u2019tiborga olmaslik va zarur darajada baholamaslik shaxsiy tarkib ichida intizomga va harbiy tartibni ta\u2019minlashga salbiy ta\u2019sir etishini ham unutmaslik zarur. Ko\u2018pchilik askar va zobitlarning harbiy xizmatga vijdonan yondashishi zaminida, bunga qarama- qarshi ayrim harbiy mutaxassisliklarni tan olmaslik, o\u2018z xizmat vazifalarini bajarishda zarur bo\u2018lgan jismoniy va axloqiy-ruhiy jihatdan tayyorlanmaslik kabi illatlarni ham uchratish mumkin.<\/p>\n<p>Ba\u2019zi armiya yoshidagi yigitlarda o\u2018zlarini ta\u2019minlash, kiyim-kechak- larini tayyorlash va o\u2018z tashqi qiyofasining talab darajasida bo\u2018lishini ta\u2019min\u00aclashga ham uquvlari yo\u2018qligi e\u2019tiborga loyiqdir. Chunki bu huquqbuzarlikka olib kelmasa-da, harbiylar o\u2018rtasida bo\u2018ladigan o\u2018zaro munosabatlarda salbiy holatlarni keltirib chiqarishida o\u2018ziga xos o\u2018rin tutadi. Eng salbiy jihati boshliqlar va bo\u2018ysunuvchilar o\u2018rtasidagi munosabatlarning buzilishiga olib keladi.<\/p>\n<p>Mehnatga bo\u2018yin egmaslik. Harbiy xizmatchilar o\u2018rtasidagi mehnatga bo\u2018lgan munosabat va intizomning o\u2018zaro bog\u2018liqligi juda ko\u2018p olimlar nazaridan chetda qolmaganligi kriminologik tadqiqotlardan yaxshi ma\u2019lum. Misol tariqasida esa quyidagilarni ko\u2018rsatish mumkin. Alohida olingan bo\u2018linmada birinchi yili xizmat qilayotgan askarlarning armiyagacha bo\u2018lgan mehnat faoliyati va xizmatda o\u2018zini tutishi tadqiq etilgan bo\u2018lib, bunda intizomsiz askarlarning ko\u2018pchiligi harbiy xizmatgacha bo\u2018lgan davrlarida o\u2018qish va ayniqsa mehnat faoliyatida beqaror bo\u2018lganlar va bir necha marotaba ish joylarini o\u2018zgartirganlar va shuningdek tijorat sohasida ham faoliyat ko\u2018rsatishga ulgurganlar.<\/p>\n<p>Tabiiyki, aynan shu toifadagi askarlarda intizomsizlik holatlari to\u2018rt barobar ko\u2018p bo\u2018lgan. Bu kabi askarlarda xizmat paytida ham mehnatga munosabat beqarorlik tarzida namoyon bo\u2018lganligini ko\u2018rish mumkin. Shun- dan xulosa qilish mumkinki, xizmatgacha mehnatsevarlikka moyil bo\u2018lgan askarlar xizmat paytida alohida intizomliliklari bilan ajralib turganlar.<\/p>\n<p>Atrofdagilar bilan bo\u2018ladigan o\u2018zaro munosabatlarda zarur bo\u2018lgan uquv va mahoratning talab darajasida bo\u2018lmasligi. Sir emaski, ayrim harbiy xizmatchilarning o\u2018z tengdoshlari bilan bo\u2018ladigan munosabatlarida o\u2018ziga xos mensimaslik, o\u2018zini katta tutish kabi illatlarni ko\u2018rish mumkin. Tabiiyki, bu kabi illatlar o\u2018z tabiatining murakkabligi bilan ham ajralib turadi.<\/p>\n<p>Ba\u2019zida bunday holatlarning yuzaga kelishi askarlarning o\u2018zlarini yetuk va katta yoshdagi shaxs deb ko\u2018rsatishga intilishlarining oqibatidir. Boshqa hollarda esa, ko\u2018pchilik askarlarning xizmatgacha shakllangan ijobiy xusu\u00acsiyatlari xizmat davomida ham o\u2018zgarmasdan qoladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, ba\u2019zi harbiy xizmatchilar yo\u2018lboshchi (lider) bo\u2018lishga, o\u2018z- lariga turli nizoli vaziyatlarni hal etish orqali o\u2018zlarining mavqelarini ko\u2018tarishga harakat qiladilar. Bunday askarlar ko\u2018pincha o\u2018z boshliqlari, ayniqsa serjantlar tarkibi bilan bo\u2018ladigan o\u2018zaro munosabatlarda qiyinchi- liklarga uchraydilar. Shu bilan birga, serjantlar tarkibidagi xizmatdoshlaridan o\u2018zlarining sifat darajalarini yuqori qo\u2018yadilar.<\/p>\n<p>Bir qator nizoli vaziyatlarda ayrim yoshlar jismoniy kamchiliklari mav\u00acjud bo\u2018lgan, zaif tengdoshlaridan o\u2018zlarini ustun qo\u2018ygan holda munosabatda bo\u2018ladilar. Bu esa, tabiiyki, jinoyatchilikni keltirib chiqarishga ta\u2019sir etuvchi holat ekanligini e\u2019tiborga olish lozimligini talab etadi.<\/p>\n<p>Shaxsiy salbiy xislatlar va yomon odatlar. Shaxsga xos bo\u2018lgan bunday individual-ruhiy xususiyatlar sifatida ichkilikka odatlanganlik, ayollarga hurmatsizlik kabilarni ko\u2018rsatish mumkin va eng yomoni shu kabi salbiy xislatlarning mavjudligi tufayli ayrim harbiy xizmatchilar qo\u2018pol nojo\u2018ya xatti-harakatlar sodir etishi mumkin.<\/p>\n<p>Shuningdek, shaxsga xos bo\u2018lgan salbiy xislatlar o\u2018zini tutishdagi no\u00acmaqbul harakatlarning sodir etilishini bevosita keltirib chiqarmaydi. Shaxs\u00acning shakllangan shaxsiy xususiyatlari bilan yonma-yon mavjud salbiy xususiyatlari orasida yana bir qator yangi ruhiy xususiyatlar ham mavjud bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n<p>Bu kabi salbiy xislat sifatida g\u2018ayriqonuniy xatti-harakat maqsadining yuzaga kelishini ko\u2018rsatish mumkin. Bunday maqsadlarning quyida bayon etilganidek shakllanishini ko\u2018rish mumkin.<\/p>\n<p>O\u2018quvchiga yaxshi ma\u2019lumki, har bir shaxs o\u2018ziga xos ehtiyojlari bilan ajralib turadi. Ya\u2019ni, moddiy (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, pardoz ashyolari, harakatlanish vositalari kabilar) va ma\u2019naviy (ijodiy, o\u2018qish va shu kabi) ehtiyojlar. Har bir ehtiyoj esa o\u2018ziga xos ravishda biror-bir narsaga muhtojlik sifatida istak, xohish, intilish kabilarni keltirib chiqaradi. Ehtiyoj- ning mavjudligi o\u2018ziga xos mexanizmni ishga tushiradi va ehtiyojni qondirish uchun zarur buyumlar va sharoitga qiziqish yuzaga keladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Surxondaryo viloyat sudining sudya <\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>katta yordamchisi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>J.Ubaydullayev<\/strong><\/p>\n<p>\u00a0<\/p>\n\n\n<p><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 Harbiy xizmatchilarning jamiyat manfaatlariga qarshi qaratilgan xatti- harakatlarining markaziy bo\u2018g\u2018inida o\u2018ziga xos ruhiy xususiyatlarga ega jinoyatchining shaxsi turadi. Jinoyatchi shaxsini kriminologiya nuqtai nazari\u00acdan tavsiflash, uni baholash bilan bog\u2018liq bo\u2018lmagan holda aytish mumkinki, harbiy xizmatga chaqirilganlar safida, biz avvalgi paragrafda aytib o\u2018tgani- mizdek, o\u2018ziga xos salbiy axloqiy-ruhiy xususiyatlarga ega shaxslar ham uchrashi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20521,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[8],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20517"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20517"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20517\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20522,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20517\/revisions\/20522"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20521"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20517"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20517"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20517"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}