{"id":20445,"date":"2025-08-22T15:19:14","date_gmt":"2025-08-22T12:19:14","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=20445"},"modified":"2025-08-22T15:19:16","modified_gmt":"2025-08-22T12:19:16","slug":"rasmiy-hisobga-olinmagan-latent-jinoyatchilik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=20445&lang=kr","title":{"rendered":"Rasmiy hisobga olinmagan (latent) jinoyatchilik"},"content":{"rendered":"<p>Jinoyatchilikni ta\u2019riflovchi asosiy miqdor va sifat ko\u2018rsatkichlari jinoyatga oid statistikani tahlil qilish asosida aniqlanadi. Jinoyatga oid statistika mavjud jinoyatchilik haqida to\u2018liq ma\u2019lumotga ega emas, ya\u2019ni muayyan sabablarga asosan rasmiy hisobga olinmagan jinoyatlar ham mavjud. Shuning uchun kriminologiyada jinoyatchilik rasmiy hisobga olingan va rasmiy hisobga olinmagan jinoyatchilikka bo\u2018linadi. Kriminologiya fanida bu \u00ablatent jinoyatchilik\u00bb deb nomlanadi.<br \/>\n\u00abLatent\u00bb tushunchasi lotincha \u00ablatentus\u00bb so\u2018zidan olingan bo\u2018lib, \u00abyashirin\u00bb, \u00abko\u2018rinmaydigan\u00bb, \u00abtashqi tomondan bilinmaydigan\u00bb degan ma\u2019nolarni anglatadi.<\/p>\n<p>Latent jinoyatchilik deganda, muayyan hudud (mamlakat yoki uning ma\u2019muriy-hududiy birligi)da, ma\u2019lum davr (oy, chorak, yarim yil, to\u2018qqiz oy, yil, ikki yil va boshq.)da sodir etilgan, lekin muayyan sabablarga ko\u2018ra rasmiy hisobga olinmagan jinoyatlar majmui tushuniladi.<\/p>\n<p>Latent (yashirin) jinoyatchilik bilan bog\u2018liq muammolar kam o\u2018rganilganligi bois hozirgi kunda kriminologiya nuqtai nazaridan eng dolzarb muammo hisoblanadi. Latent jinoyatchilikning miqdorini aniqlash jinoyatchilikka umumiy baho berishda katta ahamiyatga ega.<\/p>\n<p>Jinoyatni sodir etilganidan boshlab, vakolatli davlat organi tomonidan rasmiy hisobga olinguniga qadar bo\u2018lgan davrda latent jinoyat deb hisoblash mumkin.<\/p>\n<p>Latent jinoyatlarni fosh etilmagan jinoyatlar bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Latent jinoyatlardan farqli ravishda fosh etilmagan jinoyatlar vakolatli davlat organlari tomonidan rasmiy hisobga olinadi va ularni fosh etish bo\u2018yicha qonunda belgilangan chora-tadbirlar ko\u2018riladi.<\/p>\n<p>Sodir etilgan jinoyatlarning latent bo\u2018lib qolishiga, ya\u2019ni rasmiy hisobga olinmasligiga quyidagilar sabab bo\u2018lishi mumkin:<\/p>\n<p>1)\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 jabrlanuvchining o\u2018ziga nisbatan sodir etilgan jinoyatni huquqiy bilimlarining pastligi sababli, huquqbuzarlikning boshqa turi yoki axloq normalarining buzilishi sifatida noto\u2018g\u2018ri baholanganligi va bu haqida vakolatli davlat organlariga xabar bermaganligi;<br \/>\n2)\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 vakolatli davlat organining tegishli xizmat vazifasi yuklatilgan shaxsi tomonidan malakasining pastligi tufayli sodir etilgan jinoyatni huquqbuzarlikning boshqa turi yoki axloq normalarining buzilishi sifatida noto\u2018g\u2018ri baholanganligi;<br \/>\n3)\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 sodir etilgan jinoyatning vakolatli davlat organlari tomonidan aniqlanmaganligi;<br \/>\n4)\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 sodir etilgan jinoyat korxona, muassasa, tashkilot yoki alohida shaxslarga ma\u2019lum bo\u2018lmaganligi yoki ma\u2019lum bo\u2018lsa-da, vakolatli davlat organlariga xabar berilmaganligi (jinoyatchilikka qarshi kurashda fuqarolarning axloqiy va huquqiy faolligining yetarli darajada emasligi, loqaydligi, beparvoligi);<br \/>\n5)\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 jabrlanuvchining o\u2018ziga nisbatan jinoyat sodir etilganligini aniq bila turib, bu haqida vakolatli davlat organlariga arz qilmaganligi (jinoyat sodir etilishiga jabrlanuvchining o\u2018zi sabab bo\u2018lishi (masalan, tanosil kasalini yuqtirish), jabrlanuvchining uyalishi (masalan, nomusga tegish), jabrlanuvchi oila a\u2019zolaridan yashirishi (masalan, firibgarlik), jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni jiddiy emasligi, vaqtini bekorga o\u2018tkazmasligi, jinoyatni oshkor bo\u2018lishini xohlamasligi);<br \/>\n6)\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 sodir etilgan jinoyat vakolatli davlat organining tegishli xizmat vazifasi yuklatilgan shaxsi tomonidan hisobga olishdan qasddan yashirilishi.<\/p>\n<p>Latent jinoyatlarni tasniflash ularni aniqlashning samarali yo\u2018llarini ishlab chiqish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Sodir etilgan jinoyatlarning latent bo\u2018lib qolishining sabablaridan kelib chiqib, ularni quyidagicha tasniflash mumkin:<br \/>\n1)\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 obyektiv xususiyatga ega sabablarga asosan rasmiy hisobga olinmagan jinoyatlar (yuqorida keltirilgan 1\u20134-sabablarning oqibatida latent bo\u2018lib qolgan jinoyatlar);<br \/>\n2)\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 subyektiv xususiyatga ega sabablarga asosan rasmiy hisobga olinmagan jinoyatlar (yuqorida keltirilgan 5\u20136-sabablarning oqibatida latent bo\u2018lib qolgan jinoyatlar).<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda, sodir etilgan jinoyat vakolatli davlat organining tegishli xizmat vazifasi yuklatilgan shaxsi tomonidan hisobga olishdan qasddan yashirilishi oqibatida latent bo\u2018lib qolgan jinoyatlar haqida batafsilroq to\u2018xtalib o\u2018tish zarurati mavjud.<\/p>\n<p>Jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish, ya\u2019ni qonun hujjatlariga muvofiq jinoyatlar to\u2018g\u2018risidagi ariza, xabar va boshqa ma\u2019lumotlarni qabul qilish, ro\u2018yxatdan o\u2018tkazish yoki ko\u2018rib chiqish yuzasidan xizmat vazifasi yuklatilgan shaxsning bunday ma\u2019lumotlarni qabul qilishni rad etishi yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirmasligi yoxud ariza, xabar va boshqa ma\u2019lumotlarning jinoyatlar to\u2018g\u2018risida ekanligini bilgani holda ularni bekitish, o\u2018zida saqlash, qabul qilishni rad etish, belgilangan tartibda ro\u2018yxatga olmaslik hamda ariza, xabar va boshqa ma\u2019lumotlarda ifodalangan tayyorgarlik ko\u2018rilayotgan, sodir etilgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlarga qonunda belgilangan tartibda chora ko\u2018rilishiga har qanday usulda to\u2018siq yaratishi.<\/p>\n<p>Latent jinoyatlarni miqdoriga ko\u2018ra, quyidagicha tasniflash mumkin:<\/p>\n<p>Jinoyat faktlari tasdiqlangan har bir ma\u2019lumotlarga maxsus hisobot kartochkalari to\u2018ldirilib, jinoyatlarning hisobini olib boruvchi axborot markaziga yuboriladi.<\/p>\n<p>1)\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 latentligi yuqori jinoyatlar (masalan, haqorat qilish, valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o\u2018tkazish);<br \/>\n2)\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 latentligi o\u2018rta jinoyatlar (masalan, jinoiy ravishda homila tushirish (abort));<br \/>\n3)\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 latentligi past jinoyatlar (masalan, bosqinchilik).<\/p>\n<p>Latent jinoyatlarni aniqlash jinoyatchilikka qarshi kurash borasida g\u2018oyat muhim ahamiyatga ega vazifalardan biridir. Latent jinoyatchilikni aniqlash va uning darajasini imkon qadar pasaytirish fuqarolar huquqiy ongining o\u2018sishi va mustahkamlanishiga hamda jinoiy jazodan ko\u2018zlangan maqsadga erishishga ijobiy ta\u2019sir ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p><strong>Surxondaryo viloyat sudining sudya katta yordamchisi\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 <\/strong><br \/>\n<strong>J.Ubaydullayev<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jinoyatchilikni ta\u2019riflovchi asosiy miqdor va sifat ko\u2018rsatkichlari jinoyatga oid statistikani tahlil qilish asosida aniqlanadi. Jinoyatga oid statistika mavjud jinoyatchilik haqida to\u2018liq ma\u2019lumotga ega emas, ya\u2019ni muayyan sabablarga asosan rasmiy hisobga olinmagan jinoyatlar ham mavjud. Shuning uchun kriminologiyada jinoyatchilik rasmiy hisobga olingan va rasmiy hisobga olinmagan jinoyatchilikka bo\u2018linadi. Kriminologiya fanida bu \u00ablatent jinoyatchilik\u00bb deb nomlanadi. \u00abLatent\u00bb &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20446,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[8],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20445"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20445"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20445\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20447,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20445\/revisions\/20447"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/media\/20446"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20445"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20445"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20445"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}