{"id":20351,"date":"2025-07-30T14:59:20","date_gmt":"2025-07-30T11:59:20","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=20351"},"modified":"2025-07-30T15:00:54","modified_gmt":"2025-07-30T12:00:54","slug":"mamuriy-huquqbuzarlik-tushunchasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=20351","title":{"rendered":"Ma\u2019muriy huquqbuzarlik tushunchasi"},"content":{"rendered":"<p>Yuridik adabiyotlarda ma\u2019muriy javobgarlikni qo\u2018llashning ikki asosi ko\u2018rsatib o\u2018tilgan: birinchisi, qonunning huquqiy (normativ) asosi sifatida; ikkinchisi \u2013 ma\u2019muriy nojo\u2018ya hatti-harakatning (huquqbuzarlik) faktik asosi sifatida. Huquqbuzarliklar o\u2018zining mazmuni, yuridik xususiyatlari va tarkibiga ega bo\u2018lib, turli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining \u00abHuquqbuzarliklar profilaktikasi to\u2018g\u2018risida\u00bbgi (2014 yil 15 may) qonunining 3-moddasiga ko\u2018ra, huquqbuzarlik \u2013sodir etilganligi uchun ma\u2019muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli g\u2018ayrihuquqiy qilmish (harakat yoki harakatsizlik). Har ikki asos ham O\u2018zbekiston Respublikasi qonunchiligida o\u2018z ifodasini topgan. Jumladan, Ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeks 1-moddasida ma\u2019muriy javobgarlikning huquqiy (normativ) asosi mustahkamlab qo\u2018yilgan. Unga ko\u2018ra, O\u2018zbekiston Respublikasining ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksi, O\u2018zbekiston Respublikasi qonunlari, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Jo\u2018qorg\u2018i Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari Ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi qonun hujjatlariga kiradi. O\u2018zbekiston Respublikasi ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksning 10-moddasiga binoan esa, ma\u2019muriy huquqbuzarlik deganda, qonun hujjatlariga binoan, ma\u2019muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g\u2018ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushunilishi qayd etilgan. (faktik asos) Huquq nazariyasiga ko\u2018ra, har qanday yuridik javobgarlikning asosini qonunga xilof aybli qilmish (harakat yoki harakatsizlik), ya\u2019ni huquqbuzarlik tashkil etadi. Huquqbuzarliklar o\u2018zining mazmuni, yuridik xususiyatlari va tarkibiga ega bo\u2018lib, turli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Huquqbuzarlik ijtimoiy ma\u2019noda fuqarolar, jamiyat huquqlari va qonuniy manfaatlariga xavfni vujudga keltiruvchi xulq-atvor bo\u2018lib, u ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishiga to\u2018sqinlik qiladi va ularning buzilishiga olib keladi.<\/p>\n<p>Huquqbuzarlik qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etiladigan xulq-atvor bo\u2018lib, uning natijasida jamiyat, davlat va fuqarolar manfaatlariga jismoniy, moddiy yoki ma\u2019naviy zarar yetkaziladi. Huquqbuzarlik o\u2018rnatilgan xulq-atvor qoidalarining buzilishida ifodalanadi. Ma\u2019muriy huquqbuzarlik to\u2018rt xil alomatni o\u2018z ichiga oladi:<\/p>\n<p>ijtimoiy havfllik;<\/p>\n<p>g\u2018ayriqonuniylik;<\/p>\n<p>aybdorlik;<\/p>\n<p>javobgarlilik.<\/p>\n<p>Sodir etilgan har qanday harakat yoki harakatsizlik huquqbuzarlik deb tan olinishi uchun sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik ijtimoiy havfli bo\u2018lishi shart.<\/p>\n<p><strong>Surxondaryo viloyat sudi sudya katta<\/strong><\/p>\n<p><strong>yordamchisi J.Primov<\/strong><\/p>\n<p>\u00a0<\/p>\n\n\n<p><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yuridik adabiyotlarda ma\u2019muriy javobgarlikni qo\u2018llashning ikki asosi ko\u2018rsatib o\u2018tilgan: birinchisi, qonunning huquqiy (normativ) asosi sifatida; ikkinchisi \u2013 ma\u2019muriy nojo\u2018ya hatti-harakatning (huquqbuzarlik) faktik asosi sifatida. Huquqbuzarliklar o\u2018zining mazmuni, yuridik xususiyatlari va tarkibiga ega bo\u2018lib, turli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. O\u2018zbekiston Respublikasining \u00abHuquqbuzarliklar profilaktikasi to\u2018g\u2018risida\u00bbgi (2014 yil 15 may) qonunining 3-moddasiga ko\u2018ra, huquqbuzarlik \u2013sodir etilganligi uchun &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20346,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[8],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20351"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20351"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20351\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20353,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20351\/revisions\/20353"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20346"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20351"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20351"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20351"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}