{"id":19869,"date":"2025-04-18T16:39:45","date_gmt":"2025-04-18T13:39:45","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=19869"},"modified":"2025-04-18T16:48:16","modified_gmt":"2025-04-18T13:48:17","slug":"xalqaro-shartnomalar-huquqi-tushunchasi-xalqaro-shartnomalar-huquqi-xalqaro-huquqning-alohida-mustaqil-sohasi-bolib-xalqaro-shartnomalarni-tuzish-qollash-va-bekor-qilish-ta","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=19869","title":{"rendered":"&#171;Xalqaro shartnomalar huquqi&#187; tushunchasi"},"content":{"rendered":"<p>Xalqaro shartnomalar huquqi &#8212; xalqaro huquqning alohida mustaqil sohasi bo\u2019lib, xalqaro shartnomalarni tuzish, qo\u2019llash va bekor qilish tartiblariga oid munosabatlarni tartibga soladi.<\/p>\n<p>Xalqaro shartnomalar huquqining manbalari odat normalari va ular quyidagi universal konventsiyalarda kodifikatsiyalashtirilgan hamda rivojlantirilgan:<\/p>\n<p>1) 1969 yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi to\u2019g\u2019risidagi Vena konventsiyasi;<\/p>\n<p>2) 1986 yildagi Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar o\u2019rtasidagi shartnomalar to\u2019g\u2019risidagi Vena konventsiyasi.<\/p>\n<p>Xalqaro shartnoma turlicha nomlanishi mumkin, lekin bu uning yuridik kuchiga ta\u2019sir etmaydi. Uning eng keng tarqalgan nomlari quyidagilar: shartnoma, bitim, konventsiya, protokol, pakt, ustav, deklaratsiya. Xalqaro huquq nazariyasida xalqaro shartnomalar huquqi deganda, xalqaro huquqning xalqaro shartnomalar tuzilishi, amal qilishi, o\u2019zgartirilishi va to\u2019xtatilishi tartibini, amaldagi shartnomalar sharoitini belgilaydigan normalaridan iborat tegishli sohasi tushuniladi. Bu soha ob\u2019ekti sifatida esa, xalqaro huquqning yetakchi va asosiy manbaiga aylanib ulgurgan xalqaro shartnomaning o\u2019zi namoyon bo\u2019ladi. Xalqaro shartnomalar huquqi shartnomaning nomlanishi, ob\u2019ektning turi va ularni tuzish protsedurasidan qat\u2019i nazar, barcha turdagi xalqaro shartnomalarga taalluqli hisoblanadi. Xalqaro huquqning ushbu sohasi ahamiyatining izchil ortib borishiga hozirgi kunda dunyoda xalqaro shartnomalarning o\u2019rni kuchaygani sabab bo\u2019lmoqda.<\/p>\n<p>Ayni chog\u2019da uning asosiy manbai hali ham xalqaro-huquqiy odat hisoblanadi. Xalqaro shartnomalar huquqi to\u2019g\u2019risidagi 1969 yilgi Vena konventsiyasining 2\u2013moddasi hamda Davlatlar va xalqaro tashkilotlar o\u2019rtasidagi yoki xalqaro tashkilotlar o\u2019rtasidagi shartnomalar huquqi to\u2019g\u2019risidagi 1986 yilgi Vena konventsiyasiga ko\u2019ra, xalqaro shartnoma \u2013 davlatlar va xalqaro huquqning boshqa sub\u2019ektlari tomonidan bir, ikki yoki bir necha o\u2019zaro bog\u2019liq hujjatlarda bo\u2019lishidan hamda uning aniq nomlanishidan qat\u2019i nazar, yozma shaklda tuzilgan va xalqaro huquq tomonidan tartibga solinadigan bitimdir.<\/p>\n<p>Xalqaro huquq nazariyasida xalqaro shartnoma deganda, ikki yoki undan ortiq davlatlar yoxud xalqaro huquqning boshqa sub\u2019ektlari o\u2019rtasida ularning siyosiy, iqtisodiy yoki boshqa munosabatlari borasidagi o\u2019zaro huquq va majburiyatlarining o\u2019rnatilishi, o\u2019zgartirilishi yoki to\u2019xtatilishini ko\u2019zda tutuvchi bitim tushuniladi.<\/p>\n<p>Xalqaro shartnomalar shartnoma tomonlarining o\u2019zaro huquq va majburiyatlarini aniq va puxta belgilab olish uchun tuziladi. Xalqaro munosabatlarning shartnomalar orqali mustahkamlanishi xalqaro huquqning tartibot barqarorligini ta\u2019minlaydi. Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning asosiy manbai hisoblanadi.<\/p>\n<p>Xalqaro shartnoma \u2013 xilma-xil bitimlarni qamrab oluvchi tushuncha bo\u2019lib, ular turlicha: shartnoma, bitim, pakt, traktat, konventsiya, deklaratsiya, kommyunike, prtokol va shu kabi nomlar bilan atalishi mumkin. U yoki bu nomning aniq belgilangan ma\u2019no-mazmuni mavjud emas. Qanday nomlanishidan qat\u2019i nazar, barcha xalqaro shartnomalar bir xil yuridik kuchga ega. Odatda ular yozma shaklda tuziladi.<\/p>\n<p>Og\u2019zaki shakldagi xalqaro shartnomalar (boshqacha aytganda-\u00bbjentelmencha bitimlar\u00bb) kam uchrasa-da, har holda, xalqaro munosabatlarda shartnomalarning shunday turi ham ma\u2019lum.<\/p>\n<p>Xalqaro shartnomalar tomonlari (yoki sub\u2019ektlari) bo\u2019lib faqat xalqaro huquq sub\u2019ektlari chiqishi mumkin. Xalqaro shartnomalar huquqi to\u2019g\u2019risidagi Vena konventsiyasida (1969 yil) hamda Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar o\u2019rtasidagi shartnomalar huquqi to\u2019g\u2019risidagi Vena konventsiyasida (1986 yil) \u00abmuzokaralarda ishtirok etuvchi tashkilot\u00bb (zikr etilgani kabi tashkilot) \u00abahdlashuvchi davlat\u00bb (ya\u2019ni, shartnoma kuchga kirgan, kirmaganligidan qat\u2019i nazar, o\u2019zi uchun shu shartnomaning majburiy ekaniga rozi bo\u2019lgan davat), \u00abahdashuvchi tashkilot\u00bb (zikr etilgani kabi tashkilot), \u00abishtirokchi\u00bb (ya\u2019ni, o\u2019zlari uchun shartnoma majburiy ekaniga rozi bo\u2019lgan va ular uchun shartnoma kuchga kirgan tegishli davlat yoki xalqaro tashkilot), \u00abuchinchi davlat\u00bb va \u00abuchinchi tashkilot\u00bb (ya\u2019ni, shartnoma ishtirokchisi hisoblanmaydigan davlat va xalqaro tashkilot) kabi tushunchalar qo\u2019llaniladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Surxondaryo viloyat sudi sudiya katta yordamchisi <\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>J.X.Primov<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xalqaro shartnomalar huquqi &#8212; xalqaro huquqning alohida mustaqil sohasi bo\u2019lib, xalqaro shartnomalarni tuzish, qo\u2019llash va bekor qilish tartiblariga oid munosabatlarni tartibga soladi. Xalqaro shartnomalar huquqining manbalari odat normalari va ular quyidagi universal konventsiyalarda kodifikatsiyalashtirilgan hamda rivojlantirilgan: 1) 1969 yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi to\u2019g\u2019risidagi Vena konventsiyasi; 2) 1986 yildagi Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19872,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[8],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19869"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19869"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19869\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19873,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19869\/revisions\/19873"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/19872"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19869"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19869"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19869"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}