{"id":19743,"date":"2025-04-01T19:11:11","date_gmt":"2025-04-01T16:11:11","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=19743"},"modified":"2025-04-03T19:21:16","modified_gmt":"2025-04-03T16:21:16","slug":"til-bilish-ahamiyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=19743","title":{"rendered":"TIL BILISH AHAMIYATI"},"content":{"rendered":"<p><em><strong>Har tilni biluv emdi bani odama jondur,<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>Til vositai robitai olamiyondur.<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>G\u2018ayri tilini sa\u2019y qiling bilgani, yoshlar,<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>Kim ilm-u hunarlar bilonki ondin ayondur. \u00a0<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>\u00a0Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>\u00a0Bilmakka oni g\u2018ayrat eting foida kondur. \u00a0<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>\u00a0Ilm-u fan uyig\u2018a yuboringlar bolangizni,<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>Onda o\u2018qug\u2018onlar bori yaktoyi zamondur.<\/strong><\/em><\/p>\n<p>Bu misralarni bundan bir asr ilgari ma\u02bcrifatparvar bobomiz \u0410vaz O\u02bctar yozgan. Biz bugun o\u02bcta qoloq deb qarashga o\u02bcrganib qolganimiz o\u02bcsha zamonda ham til o\u02bcrganishga taraqqiyotning, dunyo bilan bo\u02bcylashishning muhim vositasi sifatida qaralganiga bobomizning ushbu xitobi yorqin misol bo\u02bclishi mumkin.<\/p>\n<p>Endi bugungi globallashib, madaniyatlar qorishib, qadriyatlaru milliy o\u02bczlik tushunchalari orasidagi masofalar tobora qisqarib borayotgan zamonaviy-\u00adpostmodern dunyoda jahonga integratsiya\u00adlashishda til omili muhim va asosiy faktor sifatida yana maydonga chiqdi.<\/p>\n<p>Bugun zamonning o\u02bczi shunday tenglamani hosil qildiki, unga ko\u02bcra, til bilmasang xalqaro biznesda, siyosatda, iqtisodiyotda, ilm-fanda, axborot va kommunikatsiya tarmog\u02bcida senga joy yo\u02bcq. Shafqatsiz va adolatsizday tuyuluvchi ushbu talab, garchi ko\u02bcpchilikka o\u02bcng\u02bcaysizlik tug\u02bcdirsa-da, bugun barcha tomonidan tan olingan va deyarli qadriyat darajasiga aylanib borayotgan tamoyildir.<\/p>\n<p>Til masalasi ijtimoiy faktor o\u02bclaroq, siyosiy-mafkuraviy ahamiyat ham kasb etgan. Hozirda buni ilg\u02bcash ko\u02bcp qiyin emas. Nega desangiz, tilga barcha zamonlarda millatning madaniyatini, o\u02bctmishini, ruhiyati va o\u02bczligini o\u02bczida aks ettira oladigan eng qimmatli boylik, ilmiy tilda aytganda, eng noyob, maxsus milliy kod sifatida qaralgan va hozirda ham shunday.<\/p>\n<p>Zero, bu masalaga o\u02bcta tor nuqtai nazardan yondashish turli tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi ham bor gap. Masalan, ba\u02bczi jamiyatlarda mavjud bo\u02bclgan radikal va ultramillatchi qanotlarning \u00abhukmron til\u00bb, \u00abgegemon tillar\u00bb va go\u02bcyoki ular tashlayotgan ko\u02bclanka ostida milliy tillarning qolib ketayotgani haqidagi baqir-chaqirlariga ijtimoiy tarmoqlarda kunda-kunora ko\u02bczingiz tushishi mumkin. Ehtimol, ularning \u00aboh-vohi\u00bbda ham jon bordir, balki ular mansub jamiyatlar hukmron siyosiy elitasi masalaga bir tomonlama yondashayotgandir. Ya\u02bcni, jamiyatga jahon tillarini transformatsiya qilish milliy tillarning \u00abpiligini pasaytirish\u00bb evaziga bo\u02bclayotgandir. Shunday ham bo\u02bclishi mumkin. \u0410lbatta, bu yo\u02bcl adolatli emas.<\/p>\n<p>Shu ma\u02bcnoda gapirganda, til o\u02bcrganish bugun qanchalik dolzarb ahamiyat kasb etishiga qaramasdan, milliy jamiyatlar oldiga \u00abglobal ta\u02bcsir\u00bblardan himoyalanish masalasini ham ko\u02bcndalang qo\u02bcyayotir.<\/p>\n<p>Bu, eng avvalo, etnik xususiyatlar, jumladan, milliy tilni rivojlantirish va parvarishlashni nazarda tutadi.<\/p>\n<p><em><strong>Shapsanov Rustam<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>O&#8217;zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti<\/strong><\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Har tilni biluv emdi bani odama jondur, Til vositai robitai olamiyondur. G\u2018ayri tilini sa\u2019y qiling bilgani, yoshlar, Kim ilm-u hunarlar bilonki ondin ayondur. \u00a0 \u00a0Lozim siza har tilni biluv ona tilidek, \u00a0Bilmakka oni g\u2018ayrat eting foida kondur. \u00a0 \u00a0Ilm-u fan uyig\u2018a yuboringlar bolangizni, Onda o\u2018qug\u2018onlar bori yaktoyi zamondur. Bu misralarni bundan bir asr ilgari ma\u02bcrifatparvar &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19744,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19743"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19743"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19743\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19763,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19743\/revisions\/19763"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/19744"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19743"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19743"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19743"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}