{"id":19740,"date":"2025-04-01T18:29:06","date_gmt":"2025-04-01T15:29:06","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=19740"},"modified":"2025-04-03T19:17:49","modified_gmt":"2025-04-03T16:17:49","slug":"surxondaryoda-sovet-hokimiyatining-ornatilishi-va-milliy-ozodlik-harakatlarining-boshlanishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=19740&lang=kr","title":{"rendered":"SURXONDARYODA SOVET HOKIMIYATINING O&#8217;RNATILISHI VA MILLIY-OZODLIK HARAKATLARINING BOSHLANISHI"},"content":{"rendered":"<p>Bolsheviklar oktabr to&#8217;ntarishidan so&#8217;ng hokimiyatni qo&#8217;lga kiritgach, haqiqiy xalq hokimiyati va chinakam demokratiya hukmronlik qiladigan jamiyatni barpo etishni va&#8217;da qilgan edilar. Bu jamiyat keng xalq ommasining ehtiyojlarini qondirishi, uning manfaatlarini himoya qilishi lozim edi.<\/p>\n<p>Tarix tajribasining dalolat berishicha, xalq hokimiyati g&#8217;oyasi bir guruh inqilobiy xayolparastlarning o&#8217;ylab chiqargan narsasi emas, balki mazlum \u00abquyi\u00bb tabaqalarning odamni odam ekspluatasiya qilmaydigan, insonning erkin kamol topishi uchun ijtimoiy adolat tantana qiladigan va teng imkoniyatlar mavjud bo&#8217;ladigan ijtimoiy tuzumni ko&#8217;p asrlardan buyon orzu qilib kelgan intilishining yakunidir.<\/p>\n<p>Xalq hokimyati bu o&#8217;zini-o&#8217;zi idora qiladigan davlat bo&#8217;lib, unda har bir kishining erkinlik darajasi boshqaruvda bevosita yoki vakillik yo&#8217;li bilan ishtirok etishi bilan belgilanadi. Xalq hokimiyati bu madaniyatli demokratiyaning bazali negizini tashkil etadi, afsuski, bolsheviklar markscha nazariy qoidalarga amal qilib, ilg&#8217;or xalq hokimiyati g&#8217;oyalarini halokatli, mustabid tuzumni barpo etishning mafkuraviy quroliga aylantirdilar.<\/p>\n<p>Fevral inqilobining g&#8217;alabasi Rossiyada \u00abburjua demokratik\u00bb davlati tizimining amaliy muammosini kun tartibiga qo&#8217;yadi va davlatchilik nazariyasiga katta qiziqish uyg&#8217;otadi. Rus chorizmining tarkibiy qismi bo&#8217;lgan Termiz shahrida ham inqilobiy o&#8217;zgarishlar bo&#8217;lib, harbiylar boshqaruv qo&#8217;mitasi tuziladi va Termiz garnizonining barcha harbiy qismlarida 1917 yilning 10 martida mitinglar bo&#8217;lib o&#8217;tadi.<\/p>\n<p>Pattakesar dehqon noiblari soveti Termiz askar-ishchi noiblari soveti bilan qo&#8217;shilib, 1917 yilning 7 mayida Termiz-Pattakesar askar-ishchi va dehqon noiblari soveti tashkil topadi. 1917 yilning 1 iyulida o&#8217;z ishini boshlagan Termiz-Pattakesar askar-ishchi va dehqon noiblari soveti kengashida mahalliy millat vakillari yo&#8217;q edi.<\/p>\n<p>Sovetlar siyosatining Surxon vohasiga kirib kelishi keskin kurash sharoitida amalga oshdi, mahalliy xalqning asosiy qismi bu yangi hokimiyatni norozilik bilan kutib oladi. Buxoro amirligi davrida katta harbiy, iqtisodiy, siyosiy mavqega ega bo&#8217;lgan Surxon vohasini sovetlar hukumati o&#8217;z qo&#8217;lida mahkam saqlab qolishga jiddiy kirishadi. U oddiy mehnatkash xalqni zudlik bilan o&#8217;z tomoniga ag&#8217;darib olish maqsadida xalqqa bepul, o&#8217;ylaganidan ortiqcha mulk va&#8217;da qilib, ishlab chiqarish quroliga ega bo&#8217;lmagan, huquqiy tushunchasi yo&#8217;q, siyosiy bilimlarni yetarli egallab olmagan xalqni o&#8217;z siyosati chegarasiga kiritib oladi.<\/p>\n<p>Natijada sovet hukumati milliy xususiyatlarni chuqur o&#8217;rganib, ichki ziddiyatlardan foydalanishga, qarindosh-urug&#8217;larni, milliy etnik guruhlarni bir-biriga qarama-qarshi qo&#8217;yishga harakat qiladi. Bundan siyosiy manfaatlar yo&#8217;lida ustalik bilan foydalanadi. Millatning faxri bo&#8217;lgan olimu fozillar, yirik mahalliy boylar, o&#8217;tkir zehnli din vakillari, mahalliy xalq o&#8217;rtasida ishbilarmon, ish boshqaruvchilikda katta obro&#8217;ga ega bo&#8217;lgan nufuzli odamlarni, umuman siyosiy hayot yo&#8217;nalishidan olib tashlash va yo&#8217;qotishga jiddiy kirishadi.<\/p>\n<p>Bu siyosat tufayli 20-yillarda vohaning minglab aholisi qattiq siquv ostiga olinib, bir qismi qatag&#8217;onlik siyosati bilan surgun qilinib, ikkinchi qismi esa qirib tashlanadi. Xalqning asosiy qismi esa quruq va&#8217;dalar ta&#8217;siri ostida sovetlarning noto&#8217;g&#8217;ri siyosatiga ergashib ketadi.<\/p>\n<p>Amirlikning qulatilishi arafasida Boysunda yirik yer egasi Suyun Pinxos o&#8217;g&#8217;li ixtiyorida 600 gektar ekin maydoni bo&#8217;lib, uning yerlari zo&#8217;rlik bilan tortib olinib, 13 ta do&#8217;koni ham yangi hukumat tomonidan qabul qilingan qaror asosida davlat ixtiyoriga o&#8217;tkazib yuboriladi. Ilm-ma&#8217;rifat va madaniy poklikka da&#8217;vat etuvchi islom diniga ham keskin zarba beriladi. Jumladan, Boysundagi 2 ta kichik madrasa, Sheroboddagi o&#8217;rta ta&#8217;lim madrasasi, Denovdagi 2 ta o&#8217;rta ta&#8217;lim madrasalari yopib tashlanadi va talabalar qattiq siquvga olinadi.<\/p>\n<p>Uzoq asrlar davomida yaratilgan qimmatbaho va nodir kitoblar, qo&#8217;lyozmalar, noyob milliy san&#8217;at obidalari yo&#8217;q qilinadi. Boysun,-Sherobod, Denovdagi beklik saroylari, masjidlar, madrasalar \u00abxurofot belgisi\u00bb sifatida buzib tashlanadi. Surxon vohasi ahli \u00abSaid Olimxon hazratlariga yordam bergan\u00bb degan tuhmat va maxsus niqoblangan siyosat ta&#8217;siri qurboni bo&#8217;ladi. 1920 yil 10 sentabrda Amir Said Olimxon Darbandga kelib, Boysun begi hamrohligida 11 sentabrda Yolg&#8217;izbog&#8217; va To&#8217;da qishloqlari orqali Boysunga jo&#8217;nab, Chorchinorda to&#8217;xtaydi.<\/p>\n<p>Inqirozga uchragan amir o&#8217;z davlatida mafkuraviy birlikni, o&#8217;zaro hamfikrlilikni vujudga keltirolmaydi hamda qizil hokimiyatga qarshilik ko&#8217;rsata olmaydi.<\/p>\n<p>O&#8217;sha davrda mahalliy xalqni chalg&#8217;ituvchi mansab uchun o&#8217;z xalqini sotish evaziga obro&#8217; orttirishga urinuvchilar ham ko&#8217;p bo&#8217;ladi, chunki Darband, Boysun, Qo&#8217;rg&#8217;on voqealari buning isbotidir.<\/p>\n<p>Ba&#8217;zi bir kimsalar arzimagan va&#8217;dalar hisobiga milliy g&#8217;ururni, or-nomusni, vijdonni sotish yo&#8217;liga o&#8217;tadilar. Amir Said Olimxonni tutib kelish uchun M. V. Frunze tomonidan yuborilgan 8-Turkiston o&#8217;qchi polki amalga oshirgan dastlabki qirg&#8217;inlarga aynan shunday kimsalar sababchi bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>Biroq Surxon vohasida dastlabki istiqlolchilik harakatini tashkil etganlardan Jo&#8217;raxon Maxsum, Mulla Abdurasul Hoji, Said Xatib, Abdurasulboy, Usmon Hoji, Bo&#8217;riboy, Qahhor Hoji, Saidxon oqsoqol, Xo&#8217;jamshukur va Norqul to&#8217;qsobalar milliy kuchlarni birlashtirish, yagona din bayrog&#8217;i ostida to&#8217;planib or-nomus birligini saqlab qolishni eng asosiy tushuncha deb biladilar.<\/p>\n<p>Xo&#8217;sh, ota-bobolarimiz olib borgan milliy mustaqillik va ozodlik harakatiga qarshi kurash oxir-oqibatda nima bilan tugadi?<\/p>\n<p>Buxoro amirligi hukmronligi o&#8217;rnini egallagan BXSR (Buxoro Xalq Sovet Respublikasi) o&#8217;zining mustaqil davlat sifatida shakllanishini tugatdi deb yoziladi.<br \/>\nO&#8217;lkani qo&#8217;ldan chiqarish foydali emas edi. Shuning uchun ham ular bu o&#8217;lkaga Markazdan ko&#8217;plab harbiy kuchlarni tashladilar, qurollarning barcha turlaridan vahshiylarcha foydalandilar.<\/p>\n<p>Vatanning asl farzandlari qirg\u2018in qilindi, qishloqlar, shaharlar vayron etildi. Aholining to&#8217;qson foizi dehqonlar bo&#8217;lgan o&#8217;lkada dehqonchilik va suv xo&#8217;jaligiga katta zarar keltiriladi.<\/p>\n<p>Surxondaryoning minglab aholisi o&#8217;z ona yurtini tashlab, boshqa mamlakatlar (Xitoy, Afg&#8217;oniston, Eron, Turkiya, hozirgi Pokiston, Saudiya Arabistoni) ga bosh olib ketishga majbur bo&#8217;ldi.<\/p>\n<p>Surxon vohasining maishiy boyliklari talanib Markazga olib ketildi. Yer osti va yer usti boyliklarini talash tizimi ishlab chiqilib, bu tizim sovet imperiyasining yemirilishiga qadar beto&#8217;xtov va xatosiz ishlab turdi.<\/p>\n<p>Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Turkiston mintaqasida bo&#8217;lgan milliy-ozoddik harakati shu o&#8217;lkada yashovchi xalqlarning o&#8217;z mustaqilligini saqlab qolish uchun olib borgan kurashi edi. Bu kurashda ular mag&#8217;lubiyatga uchragan bo&#8217;lsalar ham, ajdodlarimiz to&#8217;kkan qon behuda ketmadi.<\/p>\n<p><strong>Turaxujayeva Sheyma <\/strong><\/p>\n<p><strong>Shapsanov Rustam<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u00a0O\u2019zbekiston davlat jahon tillari\u00a0universteti xalqaro jurnalistika fakulteti<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bolsheviklar oktabr to&#8217;ntarishidan so&#8217;ng hokimiyatni qo&#8217;lga kiritgach, haqiqiy xalq hokimiyati va chinakam demokratiya hukmronlik qiladigan jamiyatni barpo etishni va&#8217;da qilgan edilar. Bu jamiyat keng xalq ommasining ehtiyojlarini qondirishi, uning manfaatlarini himoya qilishi lozim edi. Tarix tajribasining dalolat berishicha, xalq hokimiyati g&#8217;oyasi bir guruh inqilobiy xayolparastlarning o&#8217;ylab chiqargan narsasi emas, balki mazlum \u00abquyi\u00bb tabaqalarning odamni odam &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19741,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[8],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19740"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19740"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19740\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19761,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19740\/revisions\/19761"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/media\/19741"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19740"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19740"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19740"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}