{"id":19650,"date":"2025-03-19T02:07:30","date_gmt":"2025-03-18T23:07:30","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=19650"},"modified":"2025-03-19T02:07:32","modified_gmt":"2025-03-18T23:07:32","slug":"fuqarolik-ishlari-boyicha-sariosiyo-tumanlararo-sudining-devonxona-mudiri-boborajabov-yoqubjon-murodalievich-termiz-davlat-universiteti-yuridik-fakultetining-sirtqi-3-kurs-talabalari-va-yoshl","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=19650","title":{"rendered":"Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha Sariosiyo tumanlararo sudining devonxona mudiri Boborajabov Yoqubjon Murodalievich Termiz davlat universiteti yuridik fakultetining sirtqi 3-kurs talabalari va yoshlar bilan uchrashuvda, \u201cYoshlarda huquqiy madaniyat, yuqori ma\u2019naviyatni shakllantirishda  avvalo ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlarda tarbiyalash joiz ekanligi\u201d haqidagi mavzu yuzasidan ma\u2019ruza qildi"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi shaxs va davlat o\u2018zaro mas\u2019ulligining huquqiy asoslarini mustahkamlab qo\u2018ygan. \u201cInson \u2013 davlat\u201d munosabatlarida ustuvorlik insonga tegishli.<\/p>\n<p>Davlat hokimiyati organlarining faoliyati inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilishi lozim. Inson huquqlari insonparvar demokratik huquqiy ongning o\u2018zagidir.<\/p>\n<p>Huquqiy ong darajasi bu odamlarning huquqlardan shunchaki xabardorligi, qonunlarni bilishigina emas, balki, engavvalo, qonunlarga rioya etish va ularni bajarishga tayyorlik, qonunga itoatkorlik, huquqni va odil sudlovni hurmat qilishdir. Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish bugungi kunning dolzarb masalasidir.<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/nor.uz\/?attachment_id=19652\" rel=\"attachment wp-att-19652\"><img loading=\"lazy\" class=\"aligncenter size-full wp-image-19652\" src=\"http:\/\/nor.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250319_040437_988.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"960\" srcset=\"https:\/\/nor.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250319_040437_988.jpg 1280w, https:\/\/nor.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250319_040437_988-300x225.jpg 300w, https:\/\/nor.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250319_040437_988-1024x768.jpg 1024w, https:\/\/nor.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250319_040437_988-768x576.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Ayni chog\u2018da yoshlar kelajakda mamlakatimizni rivojlantirishda, demokratik qadriyatlarning qaror topishida, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalarni boshqarib, erkin, farovon va yuksak madaniyatli jamiyatni barpo etishda katta kuchga aylanadilar. Shu o\u2018rinda yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Nega?<\/p>\n<p>Chunki huquqiy madaniyat demokratik jamiyatning asosi bo\u2018lib, davlatning huquqiy jihatdan mukammaligini. Jamiyatning har bir a\u2019zosi tomonidan huquqiy normalarga rioya etishini bildiradi. Yoshlarda huquqiy madaniyat, yuqori ma\u2019naviyatni shakllantirishda avvalo ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlarda tarbiyalash joiz.<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/nor.uz\/?attachment_id=19653\" rel=\"attachment wp-att-19653\"><img loading=\"lazy\" class=\"aligncenter size-full wp-image-19653\" src=\"http:\/\/nor.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250319_040437_231.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"960\" srcset=\"https:\/\/nor.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250319_040437_231.jpg 1280w, https:\/\/nor.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250319_040437_231-300x225.jpg 300w, https:\/\/nor.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250319_040437_231-1024x768.jpg 1024w, https:\/\/nor.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250319_040437_231-768x576.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/a><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida yoshlarning jamiyatimizdagi o\u2018rni haqida to\u2018xtalib, \u201c\u2026yosh avlodni ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko\u2018p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim. Shu munosabat bilan O\u2018zbekiston globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat \u2013 BMTning Yoshlar huquqlari to\u2018g\u2018risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etadi. Bizning nazarimizda, mazkur hujjatni imzolaydigan davlatlar ushbu sohani o\u2018z ijtimoiy siyosatining asosiy va muhim hayotiy ustuvor yo\u2018nalishlaridan biri darajasiga ko\u2018tarish bo\u2018yicha qat\u2019iy majburiyatlarni o\u2018z zimmasiga olishi kerak.Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda yoshlarning ongu tafakkurini ma\u2019rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir [2]\u201d degan edi. Darhaqiqat, bugungi dunyo yoshlari son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo\u2018lib kamolga yetishi bilan bog\u2018liq.<\/p>\n<p>Aytish joizki yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirish borasidagi ilk tushunchalalrni bolalar oilada, maktabgacha ta\u2019lim muassasalarida oladilar. Maktab davrida esa ular davlat qurilishi va konstitutsiyaviy tuzimi, fuqarolarning huquq va erkinlari, majburiyatlari haqidagi bilimlarga ega bo\u2018lishadi. Albatta bu bilimlar o\u2018rta maxsus ta\u2019lim muassasalari, oliy o\u2018quv yurtlarida takomillasha boradi. Oxirgisida talabalar uchun tashkil qilinadigan maxsus kurslar orqali ular xalqaro siyosiy hayot, jahonda insonlarning huquqlari qay darajada himoya qilinishi bilan tanishadilar.<\/p>\n<p>Har yili 1-sentabrda barcha maktablarda, hunar texnika bilim yurtlarida, o\u2018rta maxsus va oliy o\u2018quv yurtlarida \u201cMustaqillik kuni\u201d mavzuida maxsus mashg\u2018ulotlar, darslar, ma\u2019ruzalar, tantanali yig\u2018ilishlar va uchrashuvlar o\u2018tkazish:<\/p>\n<p>Qaramog\u2018ida o\u2018quv yurtlari bo\u2018lgan vazirliklar va idoralar, hokimliklar:<\/p>\n<p>\u2013 turli shakllardagi, ijodiy izlanish va bayram vaziyati ruhidagi mashg\u2018ulotlar va tadbirlarni o\u2018tkazishga oid zarur tashkiliy choralarni ko\u2018rsinlar:<\/p>\n<p>Respublika hayotining barcha sohalarida ro\u2018y berayotgan tub o\u2018zgarishlardan o\u2018quvchilar va talabalarni keng xabardor qilinishini ta\u2019minlasinlar, uni erkin va yuksak vatanparvarlik va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalasinlar:<\/p>\n<p>\u2013 o\u2018quv yurtlarida mustaqillik kunini bayram qilishda yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini ochishga ko\u2018maklashuvi hamda bir xillik va rasmiyatchilikni istisno etuvchi tanlovlar, ijodiy bellashuvlar, ommaviy va boshqa tadbirlar o\u2018tkazsinlar;<\/p>\n<p>Prezident Farmoni asosida O\u2018zbekistondagi barcha o\u2018quv yurtlarida 1-sentabrda \u201cMustaqillikkuni\u201d keng nishonlandi. Ta\u2019lim muassasalarida shu kuni tantanali mitingdan so\u2018ng birinchi darslar \u201cMustaqillik darslari\u201d sifatida o\u2018tkazildi. Bunda professor-o\u2018qituvchilar, faxriylar, xalq deputatlari qo\u2018lga kiritilgan mustaqillikning ahamiyati va afzalliklari haqida talabalarga keng tushuntirish berdilar.<\/p>\n<p>Albatta, yoshlarni yangilanayotgan demokratik, insonparvar jamiyatga munosib qilib tarbiyalash o\u2018z navbatida ular ijtimoiy kafolatini ham ta\u2019minlashni taqozo qiladi. Bu borada O\u2018zbekiston istiqlolga erishgandan so\u2018ng respublikada yoshlarning ijtimoiy kafolati uchun shart-sharoit yaratib berishga qaratilgan yoshlarga oid siyosat ishlab chiqilishi muhim ahamiyatga ega bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda ko\u2018plab talaba va aspirantlar ana shunday mukofotga sazovor bo\u2018lmoqdalar. Yoshlar ijtimoiy kafolatiga doir joylarda ma\u2019lum tajribalar to\u2018plandi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasidagi yoshlar siyosatiga asoslangan sa\u2019y-harakatlar tizimi davlat va shaxs, davlat va fuqarolik jamiyati, davlat va oila ustuvorligi hamda himoyasi, davlat va milliy xavfsizlik, davlat va manfkura, davlat va ta\u2019lim-tarbiya, davlat va aholi salomatligi, davlat va xotin-qizlar, davlat va yoshlar kabi o\u2018zaro aloqador ijtimoy-siyosiy voqealarning izchil, hamnafas va bir-birini to\u2018ldiruvchi siyosiy katgoriyalardan iboratdir. Shu bilan birga, davlat o\u2018z siyosatini amalga oshirar ekan, tabiiy ravishda, yoshlar qatlamini uning tayanchi va istiqbolini belgilab beruvchi asos sifatida qabul qiladi. zero, yoshlar davlatning eng muhim ijtimoiy-insoniy qadriyatlaridan hisoblanadi.<\/p>\n<p>Demak, yoshlar siyosati \u2013 demokratik huquqiy davlat qurish va insonlar erkini ta\u2019minlash borasidagi har bir ustuvor yo\u2018nalishlarda o\u2018z kuch-quvvati, bilimi, salohiyati, idrok hamda jur\u2019atini kuchaytirishga qaratilgan siyosatdir.Aytish mumkinki, mustaqillik yillarida O\u2018zbekiston qonunchiligi yoshlar manfaatlarini himoya qilishda quyidagi yo\u2018nalishlarda rivojlanmoqda.<\/p>\n<p>Birinchidan, davlatchilik asoslarini yaratish jarayonida mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda xususiy tajriba va amaliyotdan, milliy tarixiy qadriyatlar tizimidan foydalanish;<\/p>\n<p>Ikkinchidan, jahonning jumladan, MDH mamlakatlarining ilg\u2018or tajribalaridan, BMT va uning tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan inson huquqlarini ta\u2019minlash borasidagi huquqiy g\u2018oyalar me\u2019yorlaridan foydalanish;<\/p>\n<p>Ko\u2018rib turganimizdek, respublikamizda yoshlarga oid davlat siyosati o\u2018z mohiyatiga ko\u2018ra, ham milliy va ham umuminsoniy qadriyatlarga tayanilgan holda amalga oshirib borilmoqda.<\/p>\n<p>Bu o\u2018rinda shuni alohida ta\u2019kidlash lozimki, mustaqillik yillarida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, uning huquqiy bazasini mustahkamlash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, respublikamizda nashr qilinayotgan xalq so\u2018zi, Ma\u2019rifat, Tukriston, O\u2018zbekiston ovozi, Ishonch, Vaziyat kabi gazetalarda mamlakatimizda yoshlarga oid siyosatni aks ettirish, yoshlarimizda yuksak ma\u2019naviy fazilatlarni shakllantirishga bag\u2018ishlangan maqolalar tahlil qilindi.<\/p>\n<p>Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, tegishli xulosalar ham bayon qilindi. Jumladan:<\/p>\n<p>\u2014 umrguzaronlik qilayotgan davrimizda yoshlarning intellekutal salohiyatini yuksaltirish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etib borayotganini hisobga olib, ommaviy axborot vositalari tomonidan intellektual boylikka intilish ko\u2018nikmalarini yoshlarimiz xulq-atvorida va tafakkurida chuqur qarortoptirish masalalariga jiddiy e\u2019tibor qaratilmog\u2018i lozimdir;<\/p>\n<p>\u2014 yoshlarimiz xulq-atvorida tafakkurida demokratiya qadriyatlarini, erkin shaxs ma\u2019naviyatini shakllantirish masalalariga yetarli ahamiyat berilishilozim;<\/p>\n<p>-yoshlarimizni jahon miqyosida ro\u2018y berayotgan xalqaro globallashuv jarayonlardan muhofaza qilish masalalariga bag\u2018ishlangan nashrlarni ko\u2018paytirish o\u2018ta dolzarb ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p>-yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirishda ta\u2019lim sifatini oshirish joiz.<\/p>\n<p>Zero, huquqiy ta\u2019limning maqsadi har bir kishiga amaliy faoliyatda zarur bo\u2018ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan davlat standartlaridan kam bo\u2018lmagan hajmda olish imkoniyatini berishdan iboratdir. Tarbiyaviy va o\u2018quv ishlari shaxsning huquqiy ong darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng umumiy yuridik prinsiplar va normalarni anglab yetishga qadar oshirishga yo\u2018naltirilishi lozim. Huquqiy tarbiyaning o\u2018tmishdan qolgan faqat bir tomonlama axborot berish \u2013 ma\u2019rifatchilikka yo\u2018naltirilganligini bartaraf etib, uni qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilish vazifalari bilan uzviyroq bog\u2018lash zarur. Shuni muttasil nazarda tutish kerakki, yoshlarning huquqiy ongini shakllantirishda ularni huquq, qonuniylik ruhida tarbiyalash, huquqiy ma\u2019rifat, qonunga hamda huquqqa nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiribgina qolmay, balki shaxsning ijtimoiy-huquqiy faolligida, uning huquqiy madaniyatida o\u2018zining tugal ifodasini topadi. Yoshlarning huquqiy tarbiyasi va ta\u2019limini takomillashtirishga ta\u2019lim va tarbiyaning hali foydalanilmagan mexanizmlarini yaratish, ulardan samarali foydalanish, tarbiya va ta\u2019limning yangi shakllari va vositalarini joriy etish, moddiy-texnika negizini kuchaytirish yo\u2018li bilan erishiladi.<\/p>\n<p>Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha Sariosiyo tumanlararo sudining devonxona mudiri Y.Boborajabov<\/p>\n<p>\u00a0<\/p>\n<p>\u00a0<\/p>\n\n\n<p><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi shaxs va davlat o\u2018zaro mas\u2019ulligining huquqiy asoslarini mustahkamlab qo\u2018ygan. \u201cInson \u2013 davlat\u201d munosabatlarida ustuvorlik insonga tegishli. Davlat hokimiyati organlarining faoliyati inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilishi lozim. Inson huquqlari insonparvar demokratik huquqiy ongning o\u2018zagidir. Huquqiy ong darajasi bu odamlarning huquqlardan shunchaki xabardorligi, qonunlarni bilishigina emas, balki, engavvalo, qonunlarga rioya etish va &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19651,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[5],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19650"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19650"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19650\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19654,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19650\/revisions\/19654"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/19651"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19650"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19650"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19650"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}