{"id":19445,"date":"2025-02-05T02:56:55","date_gmt":"2025-02-04T23:56:55","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=19445"},"modified":"2025-02-05T02:56:57","modified_gmt":"2025-02-04T23:56:57","slug":"jismoniy-shaxslarning-ijro-hujjatini-ijro-etmaganlik-uchun-javobgarligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=19445&lang=kr","title":{"rendered":"Jismoniy shaxslarning ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarligi"},"content":{"rendered":"<p>Fuqarolarning ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarligi faqatgina ijro ishi yuritish talablarini buzgandagina kelib chiqadi. Fuqarolarga ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlikni qo\u2018llash vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslarga ijro hujjati talabini bajarmaganligi uchun javobgarlikka tortishga sud ijrochilari hamda sud vakolatli.<\/p>\n<p>Ijro ishi\u00a0 yuritish jarayonining boshqa ishtirokchilari ham fuqaroviy huquqiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Masalan, saqlovchi xatlangan mulkni yo\u2018qotganligi yoki unga ziyonetkazganligi sabab javobgarlikka\u00a0 tortiladi. Saklovchi qarzdorning xatlangangan mulkini yashirganligi, boshqa birovga noqonuniy berganligi yoki sotib yuborganligi uchun nafaqat jinoiy, balki moddiy javobgarlikka ham tortiladi.<\/p>\n<p>\u201cSud\u00a0 hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunga muvofiq qarzdor ijro hujjatini belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko\u2018ra ijro etmaganda, shuningdek uning ijrosiga to\u2018sqinlik qilgan hollarda qonunda belgilangan tartibda\u00adjavobgarlikka tortishga asos bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Ijro hujjatini ijro etishga to\u2018sqinlik qilganligi uchun javobgarlik.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston\u00a0 Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq\u00a0 sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat\u00a0 birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.<\/p>\n<p>Sud hujjatini bajarishdan bo\u2018yin tovlash, uning ijro etilishiga to\u2018sqinlik qilish odil sudlov obro\u2018siga putur, davlat va jamoat manfaatlariga zarar yetkazadi, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlari tiklanishiga qaratilgan faoliyatga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan, Jinoyat kodeksi sud hujjatini bajarishdan bo\u2018yin tovlash va uning ijro etilishiga to\u2018sqinlik qilish bilan bog\u2018liq qator jinoyatlar, qaysiki voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta\u2019minlashdan bo\u2018yin tovlash (JK 122-moddasi), ota-onani moddiy ta\u2019minlashdan bo\u2018yin tovlash (JK 123-moddasi), mehnat qilish huquqini buzish (JK 148-moddasi), sud hujjatini ijro etmaslik (JK 232-moddasi), band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish (JK 233-moddasi) uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi.<\/p>\n<p><strong>Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to\u2018g\u2018risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik.<\/strong><\/p>\n<p>Sud hujjatlari ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimida o\u2018zining munosib o\u2018rniga ega bo\u2018lgan yuridik vositalardir. Zotan, sud hujjatlari yordamida huquqiy normalarning amalga oshishi yuz beradi hamda huquqiy tartibga solish tizimida vujudga kelgan \u201cnosozlik\u201dlar bartaraf etiladi. Sud hujjatini ijro etmaslik ko\u2018pchilik holatlarda nafaqat sudning obro\u2018siga daxl qiladi, balki juda katta iqtisodiy zarar yetkazishi ham mumkin. Sud hujjatini ijro etmaslik ijtimoiy xavfli qilmish hisoblanadi. Sud hujjatlari ijrosini ta\u2019minlashda ularni ijro etmaganlik uchun javobgarlik choralarining belgilanishi ushbu qilmishlar sodir etilishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.<\/p>\n<p>Qarzdor ijro hujjati talabini ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko\u2018ra ijro etmasa, javobgarlikni keltirib chiqaradi. Sud ijrochisining o\u2018z vakolatlari doirasidagi ijroni amalga oshirish bilan bog\u2018lik talablari O\u2018zbekiston Respublikasi hududida barcha organlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.Sud ijrochisining qonuniy talablarini bajarmaslik, uning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishiga monelik qiluvchi xatti-harakatlar sodir etish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Ijro hujjati uni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko\u2018ra ijro etilmagan taqdirda yoki qarzdor zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud bunday harakatlarni amalga oshirishdan o\u2018zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjati uzrsiz sabablarga ko\u2018ra sud ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmagan taqdirda, sud ijrochisi jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining o\u2018n baravarigacha miqdorda, mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o\u2018n besh baravarigacha miqdorda jarima soladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari buyicha sudlov hay\u2019ati <\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>sudya katta yordamchisi J.Ubaydullayev<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\">\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Fuqarolarning ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarligi faqatgina ijro ishi yuritish talablarini buzgandagina kelib chiqadi. Fuqarolarga ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlikni qo\u2018llash vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslarga ijro hujjati talabini bajarmaganligi uchun javobgarlikka tortishga sud ijrochilari hamda sud vakolatli. Ijro ishi\u00a0 yuritish jarayonining boshqa ishtirokchilari ham fuqaroviy huquqiy javobgarlikka tortilishi mumkin. &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":18788,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[8],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19445"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19445"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19445\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19446,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19445\/revisions\/19446"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/media\/18788"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19445"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19445"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19445"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}