{"id":19333,"date":"2025-01-19T10:40:27","date_gmt":"2025-01-19T07:40:27","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=19333"},"modified":"2025-01-19T10:40:29","modified_gmt":"2025-01-19T07:40:29","slug":"ozbekiston-respublikasi-fuqarolik-protsessual-kodeksiga-ozgartirish-va-qoshimchalar-kiritish-togrisida-gi-orq-887-sonli-qonuni-mazmun-moh","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=19333&lang=kr","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida\u201d gi O\u2018RQ-887-sonli Qonuni mazmun-mohiyati"},"content":{"rendered":"<p>Mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida, shu jumladan inson huquqlari va erkinliklarining kafolati sifatida adolatli sud-huquq tizimini shakllantirish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda Qonun ustivorligini ta\u2019minlash va qonuniylikni mustaxkamlash borasidagi islohotlar izchil davom etmoqda. Sudlovning odilligini ta\u2019minlovchi huquqiy maydon \u2013 umuminsoniy qadriyatlar va umume\u2019tirof etilgan huquq andozalariga asoslangan, shaklan va mohiyatan yangi qonunlar qabul qilinmoqda. Ularning asosiga qonuniylik, demokratizm, odillik, insonparvarlik, jinoiy qilmish uchun javobgarlikning muqarrarligi kabi odilona prinsiplar qo\u2018yilgan.<\/p>\n<p>Ushbu yaqin kunlarda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning ish fa\u2019oliyati samaradorligini oshirish sud va huquq sohasida bo\u2018lgan odil sudlovni amalga oshirish borasida Qonunchiligimizda o\u2018zgarishlar va Prezident tomonidan qaror hamda farmonlar qabul qilinganligi haqida qisqacha ma\u2019lumot berib, O\u2018zbekiston Respublikasining O\u2018RQ-887-sonliQonuning mazmun mohiyatini yig\u2018ilish qatnashchilarga tushuntirib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining O\u2018RQ-887-sonli Qonuniga muvofiq, sud qarorlarini yuqori instansiyalarda ko\u2018rilishi quyidagi tartibda belgilandi.Apellyatsiya instansiyasida: Apellyatsiya shikoyati (protesti) sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e\u2019tiboran bir oy ichida berilishi mumkin Kassatsiya instansiyasida:Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e\u2019tiboran olti oy ichida berilishi mumkin, Taftish instansiyasida: Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudlov hay\u2019atida-fuqarolik ishlari bo\u2018yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya bo\u2018yicha qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko\u2018rib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan shikoyatlar hal qilinadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudlov hay\u2019ati taftishi tartibida. Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudlov hay\u2019atida, O\u2018zbekiston Respublikasi Harbiy sudida, apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish taftish tartibida ko\u2018rilgan tegishli fuqarolik ishlari bo\u2018yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan birinchi instansiya bo\u2018yicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan berilgan shikoyatlar hal qilinadi.<\/p>\n<p>Ushbu Qonun ishlarning sifatli va o\u2018z vaqtida ko\u2018rilishiga, sud qarorlarini qayta ko\u2018rishda viloyat sudlarining hamda ularga tenglashtirilgan sudlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, fuqarolarning shikoyat qilish huquqidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga va noroziliklarning oldini olishga, shuningdek ortiqsa sarsongarchilikka yo\u2018l qo\u2018ymaslikka xizmat qiladi.Mazkur Qonun bilan Fuqarolik protsessual kodeksi quyidagi boblar bilan to\u2018ldirildi:Qonun bilan ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda taftish tartibida ko\u2018rish bosqichi joriy etildi.<\/p>\n<p>Yuqori turuvchi sudlar tomonidan quyi sudlarning bekor qilingan qarorlarini yangidan ko\u2018rish uchun qaytadan ushbu sudlarga yuborish tartibi chiqarib tashlandi.Shu bilan birga har bir sud instansiyasining zimmasiga ish bo\u2018yicha yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklandi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, sud buyrug\u2018ini bekor qilishni rad etish to\u2018g\u2018risidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.<\/p>\n<p>Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish to\u2018g\u2018risidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.<\/p>\n<p>Apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining ajrimi, qarori qabul qilinganidan keyin darhol qonuniy kuchga kiradi.<\/p>\n<p>Birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko\u2018rilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori hamda apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.<\/p>\n<p>Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudlov hay\u2019atida, O\u2018zbekiston<\/p>\n<p>Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida ko\u2018riladigan shikoyat (protest) ushbu sudlar nomiga yo\u2018llanadi, lekin sud hujjatini qabul qilgan birinchi instansiya sudiga beriladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudlov hay\u2019atida taftish tartibida ko\u2018riladigan shikoyat (protest) bevosita Oliy sudning fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudlov hay\u2019atiga beriladi.<\/p>\n<p>Oliy sud raisining, Bosh prokurorning Oliy sud Rayosatiga taftish tartibidagi protesti bevosita Oliy sudga beriladi.Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e\u2019tiboran bir yil ichida beriladi. Qonun 2024 yil 1 yanvardan e\u2019tiboran kuchga kiradi.<\/p>\n<p>Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida o\u2018z tanlagan taraqqiyot yo\u2018lidan olg\u2018a siljimoqda. O\u2018zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo\u2018nalishi bo\u2018yicha Harakatlar strategiyasining ikkinchi yo\u2018nalishi qonun ustuvorligini ta\u2019minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga bag\u2018ishlangan bo\u2018lib, unda fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta\u2019minlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish sud-huquq sohasidagi islohotlarning ustuvor yo\u2018nalishlari etib belgilangan. Darhaqiqat, istiqlol yillarida mamlakatimizda sud hokimiyati mustaqilligini ta\u2019minlash va nufuzini oshirish, uni ilgarigi jazolovchi organdan inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiladigan, jamiyatdagi demokratik o\u2018zgarishlarning muhim vositasi bo\u2018lgan institutga aylantirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda nafaqat qonunchilik sohasida, balki qonunlarni amaliyotda qo\u2018llash, jazo tizimini tubdan qayta ko\u2018rib chiqish sohasida ham jiddiy o\u2018zgarishlar amalga oshirildi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan shu tarixan qisqa vaqt mobaynida amalga oshirilgan ishlarning salmog\u2018i beqiyos. Huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati shakllanishida sud islohotlari alohida o\u2018rin tutadi. U davlatimizdagi uch zabardast hokimiyatning biri sifatida, fuqarolarimizning huquqlari, erkinliklari daxlsizligi, qonun oldida barchaning barobarligi, mamlakat manfaati va el faravonligi yo\u2018lida qabul qilinayotgan qonunlar va ijroning Konstitutsiyaga muvofiqligini ta\u2019minlash\u2013bir so\u2018z bilan aytganda jamiyatda qonun va adolat tamoyillarini barqaror tutish kafolatidir.<\/p>\n<p><strong>Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha<\/strong><\/p>\n<p><strong>Sariosiyo tumanlararo sudining sudyasi\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 U.Xudoyqulov<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida, shu jumladan inson huquqlari va erkinliklarining kafolati sifatida adolatli sud-huquq tizimini shakllantirish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda Qonun ustivorligini ta\u2019minlash va qonuniylikni mustaxkamlash borasidagi islohotlar izchil davom etmoqda. Sudlovning odilligini ta\u2019minlovchi huquqiy maydon \u2013 umuminsoniy qadriyatlar va umume\u2019tirof etilgan huquq andozalariga asoslangan, shaklan va mohiyatan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19334,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[5],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19333"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19333"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19333\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19335,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19333\/revisions\/19335"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/media\/19334"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19333"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19333"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19333"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}