{"id":19159,"date":"2024-12-18T07:41:15","date_gmt":"2024-12-18T04:41:15","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=19159"},"modified":"2024-12-18T07:41:17","modified_gmt":"2024-12-18T04:41:17","slug":"manaviy-zarar-undirildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=19159","title":{"rendered":"Ma\u2019naviy zarar undirildi!!!"},"content":{"rendered":"<p>Da\u2019vogar MA sudga da\u2019vo arizasi bilan murojaat qilib, da\u2019vo arizasida javobgarlar AS va FXlar tomonidan sodir etilgan jinoyati oqibatida yetkazilgan zarar sifatida suddan 1.402.000 so\u2018m moddiy va 50.000.000 so\u2018m ma\u2019naviy zararni javobgarlardan solidar tartibda undirib berishni so\u2018ragan.<\/p>\n<p>Javobgar AS sud majlisida da\u2019vo talabini tan olmasdan, sodir etilgan qonunbuzilish holati bo\u2018yicha jinoyat ishlari bo\u2018yicha sudining 2023 yil 12 may kunidagi hukmi bilan jazoga tortilganligini, MA qasddan ushbu holatni keltirib chiqarganligini, oilaviy sharoiti og\u2018ir ekanligini, boshqa ushbu kabi holat takrorlanmasligini bildirib, da\u2019vo talabi asossiz ekanligini bayon etib, da\u2019vo talabini rad etishni so\u2018ragan.<\/p>\n<p>Aniqlanishicha, AS va FXlar 2022 yil 01 sentabr kuni soat 19:00 larda mahalla hududida fuqaro MA bilan o\u2018zaro janjallashib qolib, janjal vaqtida uning badanining duch kelgan joylariga qasddan urib-do\u2018pposlab, unga \u201cyengil\u201d tan jarohati yetkazishgan.<\/p>\n<p>Jinoyat ishlari bo\u2018yicha sudining 2023 yil 12 may kunidagi hukmi bilan AS va FXlar O\u2018zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi, 277-moddasi, 3-qismi \u201cg\u201d-bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga O\u2018zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi bilan 10 oy ozodlikni cheklash jazosi, JKning 277-moddasi 3-qismi \u201cg\u201d-bandi bilan JKning 57-moddasi qo\u2018llanilib, 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.<\/p>\n<p>Ularga nisbatan O\u2018zbekiston Respublikasi JKning 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo\u2018shish yo\u2018li bilan uzil-kesil 2 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 26-moddasiga ko\u2018ra, Insonning sha\u2019ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo\u2018lishi mumkin emas.<\/p>\n<p>Konstitutsiyaning 29-moddasiga ko\u2018ra, huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni ta\u2019minlaydi, ularga yetkazilgan zararning o\u2018rni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.<\/p>\n<p>Ushbu yetkazilgan moddiy zarar hisobi sudga taqdim etilgan tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan berilgan ma\u2019lumot va xarid cheklari bilan o\u2018z tasdig\u2018ini topadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi FKning 1021-moddasi 1-qismiga ko\u2018ra, ma\u2019naviy zarar uni yetkazuvchining aybi bo\u2018lgan taqdirda, zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanadi.<\/p>\n<p>Jinoyat oqibatida MAga yetkazgan tan jarohatlari natijasida MA ma\u2019naviy azoblanib, ruhiy qiynalgan bo\u2018lib, bu holatlar javobgarlarning bevosita aybi bilan sodir yetilgan.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi FKning 1022-moddasi 2-qismida, ma\u2019naviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma\u2019naviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon to\u2018lashga asos bo\u2018lgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanishi belgilangan.<\/p>\n<p>Da\u2019vogar javobgarlardan 50.000.000 so\u2018m ma\u2019naviy zararni solidar tartibda undirishni so\u2018ragan.<\/p>\n<p>Sud yetkazilgan ma\u2019naviy azoblarning xususiyatini hisobga olgan holda javobgarlar tomonidan yetkazilgan moddiy zarar 1.402.000 so\u2018m, ma\u2019naviy zararni 7.500.000 so\u2018m miqdorida deb hisoblaydi va javobgarlarning hisobidan solidar tartibda da\u2019vogarning foydasiga undirishni lozim topadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi FPKning 138-moddasi 1-qismida, hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan bo\u2018lsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan, garchi bu taraf davlat daromadiga tushadigan sud xarajatlarini to\u2018lashdan ozod etilgan bo\u2018lsa-da, ish bo\u2018yicha qilingan hamma xarajatlarni undirib berishi belgilangan.<\/p>\n<p>Shu bois sud tomonidan, javobgarlar AS va FXdan solidar tartibda da\u2019vogar MAning foydasiga 1.402.000 so\u2018m moddiy va 7.500.000 so\u2018m ma\u2019naviy zarar va sud xarajatlari uchun to\u2018langan 693.000 so\u2018m, jami 9.595.000 so\u2018m undirish haqida hal qiluv qarori qabul qilindi.<\/p>\n<p>Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, inson huquq va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlarini ta\u2019minlashda barcha huquq sohalari qatori fuqarolik huquqining ham muhim o\u2018rni bor.<\/p>\n<p>Jumladan, g\u2018ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroga yetkazilgan ma\u2019naviy zararning o\u2018rnini pul shaklida qoplash instituti huquqlarni himoya qilishning eng muhim fuqarolik-huquqiy vositasi hisoblanadi.<\/p>\n<p>\u00a0Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha<\/p>\n<p>Sariosiyo tumanlararo sudi raisi M.E.Nomozov<\/p>\n<p>\u00a0<\/p>\n<p>\u00a0<\/p>\n<p>\u00a0<\/p>\n\n\n<p><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Da\u2019vogar MA sudga da\u2019vo arizasi bilan murojaat qilib, da\u2019vo arizasida javobgarlar AS va FXlar tomonidan sodir etilgan jinoyati oqibatida yetkazilgan zarar sifatida suddan 1.402.000 so\u2018m moddiy va 50.000.000 so\u2018m ma\u2019naviy zararni javobgarlardan solidar tartibda undirib berishni so\u2018ragan. Javobgar AS sud majlisida da\u2019vo talabini tan olmasdan, sodir etilgan qonunbuzilish holati bo\u2018yicha jinoyat ishlari bo\u2018yicha sudining 2023 &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19160,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[31],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19159"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19159"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19159\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19161,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19159\/revisions\/19161"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/19160"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19159"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19159"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19159"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}