{"id":18656,"date":"2024-08-26T16:06:27","date_gmt":"2024-08-26T13:06:27","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=18656"},"modified":"2024-08-26T16:06:29","modified_gmt":"2024-08-26T13:06:29","slug":"germaniyada-advokatura","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=18656&lang=kr","title":{"rendered":"Germaniyada advokatura"},"content":{"rendered":"<p>Germaniyada advokaturani tashkil etilishi va faoliyati maxsus qonun hujjatlari, 1959 yil 1 avgustda qabul qilingan \u201cAdvokatura to\u2019g\u2019risida\u201dgi Federal qonun va 1957 yil 26 iyulda qabul qilingan \u201cAdvokatlar xizmatiga haq to\u2019lash to\u2019g\u2019risida\u201dgi Federal nizom bilan tartibga solinadi.<\/p>\n<p>Advokatlik faoliyati bilan shug\u2019ullanish huquqini olish. Advokatlik faoliyati bilan shug\u2019ullanishga sud tuzilishi to\u2019g\u2019risidagi qonunga muvofiq sudyalik vazifasini bajarishga loyiq deb topilgan shaxslargagina ruxsat etiladi. Sudyalar va advokatlar uchun bir xil darajadagi ma\u2019lumot talab etiladi. Advokatlik faoliyati bilan shug\u2019ullanishga talabgor shaxs oliy yuridik ma\u2019lumotga ega bo\u2019lishi va Germaniya universitetlari birida olti semestr davomida huquq bo\u2019yicha kurslarda ta\u2019lim olishi lozim. Shundan so\u2019ng u ikkita maxsus imtihonni muvaffaqiyatli topshirishi kerak. Birinchi imtihon sudya yoki advokat bo\u2019lishni istagan shaxs ta\u2019lim olgan o\u2019quv yurtida topshiriladi. Birinchi imtihonni topshirgan shaxs 3,5 yildan 4,5 yilgacha bo\u2019lgan muddat davomida sud, prokuratura, notariat yoki advokaturada stajirovka o\u2019taydi. Stajirovka davomida stajerga maosh yer hokimiyati organlarining maxsus fondlaridan to\u2019lanadi.<\/p>\n<p>Stajirovkani o\u2019tab bo\u2019lgach talabgor ikkinchi imtihonni topshiradi. Bu imtihon tegishli ma\u2019muriy hudud (yer) adliya vazirligi (boshqarmasi) rahbarligida o\u2019tkaziladi. Adliya vazirligi (boshqarmasi) imtihon dasturini ishlab chiqadi va imtihon biletlarini shakllantiradi hamda imtihon komissiyasini tuzadi. Ikkinchi imtihonda birinchi imtihondan farqli ravishda talabgorning nazariy bilimlari emas, balki kasbga tayyorgarligini baholash uchun uning amaliy ko\u2019nikmalari sinovdan o\u2019tkaziladi. Bu imtihonni topshirgan shaxs sudya ham, advokat ham bo\u2019lishi mumkin. Mazkur umumiy qoidadan istisno ham mavjud bo\u2019lib, Germaniya huquq doktori ilmiy darajasiga ega bo\u2019lgan shaxs stajirovkani o\u2019tamasdan va imtihon topshirmasdan turib, advokat maqomini olishi mumkin.<\/p>\n<p>Talabgorga advokatlik faoliyati bilan shug\u2019ullanishga ruxsat berish masalasi talabgor yashayotgan joydagi ma\u2019muriy hudud (yer) adliya vazirligi (boshqarmasi) tomonidan advokatlarning hududiy hay\u2019atining fikri hisobga olingan holda hal qilinadi.<\/p>\n<p>Germaniya qonunchiligida fuqaroga advokatlik faoliyati bilan shug\u2019ullanish huquqini berishni rad etish asoslarining tugal ruyxati berilgan. Bular ko\u2019yidagilardan iborat bo\u2019lib, agar fuqaro:<\/p>\n<p>&#8212; Federal konstitutsiyaviy sudning qaroriga asosan asosiy fuqarolik huquqlarining biridan mahrum qilingan bo\u2019lsa;<\/p>\n<p>&#8212; sudning qaroriga ko\u2019ra ommaviy lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilingan bo\u2019lsa;<\/p>\n<p>&#8212; sudning qarori bilan advokaturadan chiqarilgan, ya\u2019ni chetlashtirilgan bo\u2019lsa;<\/p>\n<p>&#8212; intizomiy sudning qarori bilan odil sudlov organlaridan bo\u2019shatilgan bo\u2019lsa;<\/p>\n<p>&#8212; advokatlik unvoniga noloyiq bo\u2019lgan xatti-harakatni sodir etganlikda ayblangan bo\u2019lsa;<\/p>\n<p>&#8212; Germaniyada mavjud bo\u2019lgan ijtimoiy tizimni noqonuniy yo\u2019l bilan o\u2019zgartirishga yo\u2019naltirilgan harakatlarda ishtirok etayotgan bo\u2019lsa;<\/p>\n<p>&#8212; o\u2019zining jismoniy kamchiliklari yoki ruxiy axvoli tufayli uzoq vaqt davomida advokatlik vazifalarini munosib darajada bajarish imkoniga ega bo\u2019lmasa;<\/p>\n<p>&#8212; advokatlik kasbi va obro\u2019yiga muvofiq bo\u2019lmagan faoliyat bilan shug\u2019ullanayotgan bo\u2019lsa;<\/p>\n<p>&#8212; sudning qarori bilan o\u2019z mulkini boshqarish huquqi cheklangan bo\u2019lsa;<\/p>\n<p>&#8212; sudya yoki davlat xizmatini vazifasini bajarayotgan bo\u2019lsa (bu vazifalarni jamoatchilik asosida bajarish hollari bundan mustasno).<\/p>\n<p>Germaniya Federativ Respublikasida federal qonun hujjatlariga ko\u2019ra advokatlik faoliyatining ko\u2019yidagi turlari nazarda tutilgan:<\/p>\n<p>yuridik masalalar bo\u2019yicha maslahat va axborotlar berish;<\/p>\n<p>fuqarolik protsessida qatnashayotgan taraflarning sudda va suddan tashqari organlarda vakili sifatida faoliyat ko\u2019rsatish;<\/p>\n<p>ayblanuvchi yoki sudlanuvchining huquqlarini tergov organlarida va sudda himoya qilish. Jinoyat protsessida advokat jabrlanuvchi manfaatlarini himoya qiluvchi vakil sifatida ham qatnashishi mumkin;<\/p>\n<p>shartnoma asosida mijozning mulkini boshqarish;<\/p>\n<p>maxsus shartnoma asosida yuristkonsult vazifasini bajarish (advokat faqatgina maxsus shartnoma asosida yuristkonsult vazifasini bajarishi mumkin, ammo u federal qonunga muvofiq rasmiy ravishda yuristkonsult bo\u2019lib ishlay olmaydi).<\/p>\n<p>Germaniyada advokatura tuzilishi va Advokatlar palatasi. Advokat faqat o\u2019zi biriktirib ko\u2019yilgan suddagina advokatlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin. Ayrim hollarda mustasno tariqasida, faqat odil sudlov manfaatlaridan kelib chiqib advokatga boshqa sudlarda ham ishlashga ruxsat berilishi mumkin. Germaniya Federal Oliy sudida advokatlik faoliyati bilan shug\u2019ullanishga ruxsat etilgan advokatga har qanday quyi turuvchi sudlarda advokatlik faoliyati bilan shug\u2019ullanishga hech qanaqangi istisnolarsiz ruxsat etilmaydi.<\/p>\n<p>Germaniyada advokatlar hay\u2019atlari hududiy prinsipga asosan tashkil etiladi va bir ma\u2019muriy hududdagi (yerdagi) sudda faoliyat ko\u2019rsatayotgan advokatlarni birlashtiradi. Adliya vazirligi (boshqarmasi) bir hududda faoliyat ko\u2019rsatayotgan advokatlarning soni 500 nafardan oshgan taqdirda ikkinchi advokatlar hay\u2019atini tuzishga ruxsat berishi mumkin.<\/p>\n<p>Umumiy yig\u2019ilish hay\u2019at boshqaruvini saylaydi, a\u2019zolik badallari miqdorini va ularni to\u2019lash tartibini belgilaydi, advokatlar hay\u2019ati a\u2019zolari va ularning oila a\u2019zolarining ijtimoiy ta\u2019minlash masalalarini, stajirovka masalalarini, hay\u2019atning umumiy ehtiyojlariga mablag\u2019 ajratish, boshqaruv a\u2019zolari va advokatlik obro\u2019yi sudi a\u2019zolarining xarajatlarini qoplash masalalarini hal qiladi.<\/p>\n<p>Advokatlar hay\u2019atining ijro etuvchi organi boshqaruv bo\u2019lib, odatda uning tarkibiga 7 kishi saylanadi.<\/p>\n<p>Rasmiy jihatdan advokatlarning advokatlar hay\u2019atiga birlashishi majburiy emas. Advokat advokatlar hay\u2019atiga a\u2019zo bo\u2019lmasligi ham mumkin. Ammo advokatning advokatlar hay\u2019atiga a\u2019zo bo\u2019lmasligi uning faoliyatida turli qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Jumladan, advokatlar hay\u2019atiga a\u2019zo bo\u2019lmagan advokat hech qachon Federal Oliy sud huzurida ishlay olmaydi.<\/p>\n<p>Germaniyada aholiga advokatlar tomonidan bepul xizmat ko\u2019rsatish amaliyoti ham mavjud bo\u2019lib, bu xizmat uchun haq federal budjetdan to\u2019lanadi.<\/p>\n<p>Maqolada internet manbalaridan foydalanildi.<\/p>\n<p><strong>Surxondaryo viloyat sudi arxiv mudiri\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 E.Tilovov<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Germaniyada advokaturani tashkil etilishi va faoliyati maxsus qonun hujjatlari, 1959 yil 1 avgustda qabul qilingan \u201cAdvokatura to\u2019g\u2019risida\u201dgi Federal qonun va 1957 yil 26 iyulda qabul qilingan \u201cAdvokatlar xizmatiga haq to\u2019lash to\u2019g\u2019risida\u201dgi Federal nizom bilan tartibga solinadi. Advokatlik faoliyati bilan shug\u2019ullanish huquqini olish. Advokatlik faoliyati bilan shug\u2019ullanishga sud tuzilishi to\u2019g\u2019risidagi qonunga muvofiq sudyalik vazifasini bajarishga loyiq &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":18657,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[8],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18656"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=18656"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18656\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18658,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18656\/revisions\/18658"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/media\/18657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=18656"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=18656"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=18656"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}