{"id":18344,"date":"2024-06-21T16:03:08","date_gmt":"2024-06-21T13:03:08","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=18344"},"modified":"2024-06-21T16:58:34","modified_gmt":"2024-06-21T13:58:34","slug":"xorijiy-mamlakatlar-advokatura-institutlari-qiyosiy-huquqiy-tahlilining-ahamiyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=18344&lang=kr","title":{"rendered":"Xorijiy mamlakatlar advokatura institutlari qiyosiy-huquqiy tahlilining ahamiyati"},"content":{"rendered":"<p>Xorijiy mamlakatlar advokatura institutlari qiyosiy-huquqiy tahlili turli mamlakatlardagi mazkur institutning o\u2019ziga xos va bir-biridan farqlovchi xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi.<\/p>\n<p>Yuridik fanda qiyosiy-huquqiy tahlil turli huquqiy tizimlar, shu jumladan advokaturani o\u02bbrganishning muhim usullaridan biridir. Tahlilning bu turini qo\u02bbllash turli huquqiy tizimlardagi advokaturaning umumiy, alohida va mushtarak xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.<\/p>\n<p>Turli mamlakatlardagi advokatura institutini o\u02bbrganishda qiyosiy-huquqiy tahlilni qo\u02bbllash tizimli va aniq maqsadni qo\u02bbzlab amalga oshirilgandagina o\u02bbz oldiga qo\u02bbyilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshira oladi.<\/p>\n<p>Advokatura institutini o\u2019rganishda qiyosiy-huquqiy tahlilning turli shakllari qo\u02bbllaniladi. Advokatura tarixini o\u2019rganishda tarixiy qiyosiy-huquqiy tahlil qo\u02bbllanilib, advokaturaning rivojlanishi qonuniyatining tarixiy jihatlari o\u02bbrganiladi. Ko\u02bbpchilik holatlarda esa qiyoslash predmeti turli davlatlardagi amaldagi advokatura instituti bo\u2019ladi. Bu tahlil advokatura institutining hozirgi zamonda rivojlanish tendensiyalarini o\u02bbrganishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Advokaturani qiyosiy-huquqiy tahlil etishning ob\u2019yektlari xilma-xil bo\u02bblishi mumkin. Qiyosiy tadqiqotning ob\u2019yektiga qarab, u turli darajada o\u02bbtkazilishi mumkin.<\/p>\n<p>Birinchi, nisbatan eng past darajadagi tadqiqot \u2013 bu advokatura to\u02bbg\u02bbrisidagi huquqiy normalarni qiyoslash (mikroqiyoslash)dir. Bunda qiyoslashning obyekti bo\u02bblib, turli davlatlarning advokatura to\u02bbg\u02bbrisidagi qonun hujjatlari hisoblanadi. Bu darajadagi qiyoslashda ko\u02bbpchilik hollarda tegishli qonun hujjatlarining yuridik-tahlil jihatlari qiyoslanadi.<\/p>\n<p>Ikkinchi, o\u02bbrta darajadagi tadqiqotda advokatura huquqiy institutlari qiyoslanadi. Bunda advokatura institutlari, butun huquqiy tizim bilan bog\u02bbliq holda advokatlik faoliyati kafolatlari va advokatlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari tadqiqot (qiyoslash) obyekti bo\u02bblib, xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Uchinchi, yuqori darajadagi tadqiqotga advokatura institutlari har tomonlama qiyoslanadi (makroqiyoslash). Bunda turli huquqiy tizimlardagi hozirgi zamon advokatura institutlari ularning shakllanishi va faoliyat ko\u02bbrsatishi jarayoni, faoliyatining asosiy prinsiplari va huquqiy tartibga solish manbalari, ijtimoiy himoya va advokatlik kasbining obro\u02bbyi, advokatlik amaliyoti nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning bu turli advokatura institutlari haqida nisbatan to\u02bbla va ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish hamda uni yanada rivojlantirishga yo\u02bbnaltirilgan takliflar ishlab chiqish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Qisqacha kilib aytganda, turli huquqiy tizimlar va mamlakatlardagi advokatura institutlarini qiyosiy-huquqiy tahlil yordamida o\u02bbrganish birinchidan, hozirgi zamonda advokaturaning roli, funksiyasi va rivojlanish qonuniyatlarini tushunib yetishga, ikkinchidan, advokatlik faoliyatining huquqiy asoslarini, advokatlik faoliyati amaliyotini takomillashtirishga, uchinchidan, advokatura instituti bilan bog\u02bbliq nazariy bilimlarni o\u02bbrganish, advokatlarning umumiy va kasbiy madaniyatini oshirishga ko\u2019maklashadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong><em>Surxondaryo viloyat sudi sudya katta yordamchisi <\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong><em>F.Mirzaqulov<\/em><\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xorijiy mamlakatlar advokatura institutlari qiyosiy-huquqiy tahlili turli mamlakatlardagi mazkur institutning o\u2019ziga xos va bir-biridan farqlovchi xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi. Yuridik fanda qiyosiy-huquqiy tahlil turli huquqiy tizimlar, shu jumladan advokaturani o\u02bbrganishning muhim usullaridan biridir. Tahlilning bu turini qo\u02bbllash turli huquqiy tizimlardagi advokaturaning umumiy, alohida va mushtarak xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Turli mamlakatlardagi advokatura institutini o\u02bbrganishda qiyosiy-huquqiy &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":18350,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[8],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18344"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=18344"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18344\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18352,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18344\/revisions\/18352"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/media\/18350"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=18344"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=18344"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=18344"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}