{"id":18263,"date":"2024-06-06T04:09:42","date_gmt":"2024-06-06T01:09:42","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=18263"},"modified":"2024-06-06T04:23:53","modified_gmt":"2024-06-06T01:23:53","slug":"tabiat-odami-nazar-eshonqul","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=18263","title":{"rendered":"Tabiat odami &#8212; Nazar Eshonqul"},"content":{"rendered":"<p>U kim edi? U to\u2019laligicha adabiyot bo\u2019lgan shaxs. U o\u2019zi deb, o\u2018zgalarni qurbon qilmagan. Uning har bir qadamidan adabiyot nafasi taralgan. Boysun tog\u2019larining qirlarida varrak uchurib, maysalarida mol boqqan, chillak o\u2018ynab, katta bo\u2018lgan barcha inson borki, adabiyot yarata oladi. Sababi, bunday go\u2018zal osmon bilan yashash, bunday tabiatda ulg\u2019ayish xohlamasangiz ham sizni ijodkor qilib tarbiyalaydi. Ustoz, adib Shukur Xolmirzayev ham Boysunning keng paxtazorlarida chopishib, qo\u2019ylar galasida oyog\u2019ini qovushturguncha, ochiq osmon tagida kitob o\u2018qib katta bo\u2019lgan shaxs edi. Uning tabiati boshqalarga qaraganda nozik, har bitta so\u2019zi o\u2018ylovga botirilgan holda taqdim etilgan. Shukur Xolmirzayev yoshligidan adbiyot farzandi bo\u2019ldi. U kitob bilan yashaganini, do\u2018stlari davrasidan ajralsa ham, kitobdan ajralmaganini bot-bot ta\u2019kidlab o\u2018tgan. Yosh adib yigirma yoshli yigit chog\u2019larida gurs etib adbiyotga kirishni boshladi. U o\u2018zi xohlagan tabiatni turli ko\u2019rinishlarda, odamni zeriktirmaydigan uslublarda yozib, o\u2019qishga majbur qiladigan ijodkor bo\u2019lib yetishdi. Yo\u2018q. U yetishmadi. Uni Boysun yetishtirdi. Boysunlik Usmon Azim aytganidek \u201cHamma yo\u2019llar ijodkor uchun Boysunga eltadi\u201d\u00a0 Shukur Xomirzayev ham Boysunning jaydari bolasi. Uning adabiyotdagi qadamlari faqatgina hikoyalar bilan o\u2019lchanmaydi. U yigirma ikki, yigirma uch yoshlarida yetarli salohiyatga ega bo\u2019lgan qissalari ham mavjud. \u201cOq oltin\u201d, \u201cTo\u2019lqinlar\u201d, \u201cO\u2018n sakkizga kirmagan kim bor?\u201d qissalarini eshitmaganlar kam bo\u2019lsa kerak. Ha, bu qissalarni ijodkor aynan, yogirma uch-yigirma to\u2019rt yoshlarida yozgan.<\/p>\n<p>Bu uning adabiyot ekanligini to\u2018liq ochib beradi. Uning har bir asari realizmga bog\u2019langan, har bittasida qishloq talqini yotadi. Badiiy tasvirga berilish hamma asarda ham (ba\u2019zan biz tanigan mashxur ijodkorlarning yoziqlarida ham) yaxshi natija bermagan, lekin Shukur Xolmirzayevning badiiy go\u2018zalligi xuddi yozilgandek emas, yaratilgandek. Uni o\u2018qimaslik esa, xatoday tuyilib qoladi. Adabiyotimizning Shukuri bir kun ustoz Nazar Eshonqulning \u201cAsarlaringizdagi badiiylikni olib tashlasa, qanday bo\u2019ladi?\u201d, degan savoliga shunday javob beradi: \u201cAylanayin, shu hikoyalar o\u2018sha gaplar bilan tug\u2019ilganda ularni qanday olib tashlay, ularsiz hikoya to\u2018kis bo\u2018lmaydi\u201d. Darhaqiqat, uning shu gaplar bilan tug\u2019ilgan hikoya, asarlarni o\u2019ldirib bo\u2019lmaydi. Ular yo\u2019qotilsa, asar ham o\u2019z xolini yo\u2019qotadi, nazarimda. Shukur Xolmirzayevning asarlarining barisi adabiyot uchun yaratilgan. Bugun o\u2019zbek adabiyotini, hikoyachiligini Shukur Xolmirzayevsiz tasavvur etishning imkoni yo\u2019q. Uning biz bilgan, sevgan asarlari haqida gapirishning hojati yo\u2018q. Vaholanki, bular haqida adabiyot gapiradi. Shunday bo\u2019lsa ham, bir narsani yodda tutishimiz shart! Adabiyotda kimdir paydo bo\u2019lsa, osmonda yongan kichik nuri ham so\u2019nmaydi, o\u2019lmaydi. Shukur Xolmirzayev ham porlab qoldi. U o\u2019z yulduzini Boysun tog\u2019lari aro olib kelib, adabiyot osmoniga mahtal qilib mixlab qo\u2019ydi.<\/p>\n<p>Tabiatning jonlanishini har kun, har soniya ham ko\u2019ravermaymiz. Bugungi kunda eng zamonaviy kameralar bilan ularning bir necha kunlik harakatini bir nechta tezlashtirilgan jadrlar orqali payqashimiz oson. Ko\u2019rmasdan-chi? Shukur Xolmirzayev, tabiatni o\u2019zidan ayro tutmagan adib, bizga mana shu baxtni ato etib ketgan. Uning ko\u2019plab hikoyalarida tabiat mavzusi, mehribonlik, jonivorlarga bo\u2019lgan munosabat doimo yuqori o\u2019rinda turgan. Sh. Xolmirzayevning \u201cOt egasi\u201d, \u201cPodachi\u201d hikoyalarida insonning hayvonga muhabbati \u201cKo&#8217;kboy\u201d hikoyasida<\/p>\n<p>hayvonning insonga sadoqatini ko&#8217;ramiz. \u201cAdabiyotda Surxon kolorintini-o\u2019zi tug\u2019ilib o\u2019sgan Boysun tog\u2019larining manzaralarini, surxandaryoliklar hayotini, udumlarini, betakror so\u2019zlash tarzini, dialektini olib kirdi\u201d,-deb Shukur Xolmirzayevga ta\u2019rif beradi professor Normatov. Gapni ko\u2019paytirmay uning bitta hikoyasida shu ta\u2019rif urg\u2019usini chaqaylik.<\/p>\n<p>\u201cO\u2019zbeklar\u201d ijodkor paxta siyosati, bizning mehmondo\u2019stligimiz, tanti o\u2019zbek tushunchasini mana shu hikoyada jamlagan. Surxon etaklarida paxta terishga chiqqan talabalarning hayoti, umuman, paxta davridagi xos xunrezliklar, hammasi aytilgan. Dastlab, shoirtabiat qahramonimiz Egamqul hammani yaxshi ko\u2019radi. Bog\u2019larni ham, tog\u2019-u adirlarni ham, Botir aka va boshqalarni ham. Hikoyada Botir aka (cho\u2019pon)ning\u00a0 uyi bir ahvoldaligini ko\u2019rib, rahmi kelgan dilovar Egamqul ularning tantiligiga tan bergan. Ularni hurmat qilganidan, go\u2019yo, u bir burda non yesa ham, ahvollari og\u2019irlashib qolishidan qo\u2019rqib, bir burda ham yemaydi. Ammo kursdoshlari kun ora to\u2019da-to\u2019da bo\u2019lib, cho\u2019ponni uyidan ovqatlanishar, bechora cho\u2018pon esa, bunda faqat xursand bo\u2019lar edi. Paxta bolalarni bora-bora o\u2019g\u2019rilikka o\u2019rgatdi. Hammasi ochlikdan. Ular bilib, bechora cho\u2019ponning yo\u2019qolgan qo\u2019zisigacha bo\u2019gizlashdi. Egamqul bo\u2019lsa, gapirolmadi, bir tugun harom go\u2019shtni og\u2019ziga sololmadi. O\u2019zini kasalga solib faqat tomi sarg\u2019aygan qamish bilan yopilgan xujrada yotar edi. U qo\u2019rqar, qanday qilib, Botir aka chaqirganda uyiga chiqishga, uning ko\u2019zlariga qarashga dosh berolmas edi. Shunda qahramonimiz faqat biz aytgan tabiat bilan dardlasha olar, ichidagini gulga ingan shabbodalarga to\u2019kar edi, xolos. Ketayotgan chog\u2019larida Botir aka va ayoli undan nafratlanishdi. Uni kiborli, bizni ovqatimizni mensimaydi deb, undan xafa bo\u2019lsihdi. Tomoqqa nimadir tiqiladi. Bechora \u201cshoirsifat\u201d qahramonimiz esa, indamay boshini xam qilguncha, osmondan bittalab to\u2019kilayotgan qorlarga termulguncha, aftobusga o\u2019tiradi.<\/p>\n<p>Bu hikoyani aytib berib bo\u2019lmaydi, buni faqat o\u2019qib, mazza qilish mumkin. Haqiqiy \u201ctabiatxo\u2019r\u201d, \u201cmehmonxo\u2018r\u201d insonlarni shu hikoyadan topsih mumkin. Shukur Xolmirzayev shunaqa ulkan qarashli inson. U bizga o\u2018xshagan jo\u2018n emas, ikkita misrada qotib qolmaydi. Bir tabiat atrofini ellikta yo\u2019ldan ellik xil uslubda ko\u2019rsata oladi. Mana haqiqiy \u201ctabiatxo\u2018r\u201d. Boysun etaklarida yiqilib, yiqilib katta bo\u2019lgan yana bir ijodkor Erkin Azam ham Shukur Xolmirzayev haqida \u201cIjodkorning bog\u2019i\u201d hikoyasini yozgan. Unda ham tabiat bilan tillasha oladigan adibning kechilmalari, bog\u2019ni sevishi, o\u2019zi yaratgan go\u2019zallikdan hech qachon ajralgisi kelmasligi haqida yozib o\u2019tilgan. Umuman, ijodkor borki, tabiatni sevadi. Xohlasa ham, xohlamasa ham. Uning qoni shunga moslashgan. Ba\u2019zida u olis-olislardagi gulni o\u2019pgisi, ba\u2019zida yomg\u2019irni bittalab ushlagisi keladi. Tabiatni his qilgan ijodkordan esa, go\u2019zal va o\u2019lmas asarlar yaratiladi. Shukur Xomirzayev ham bizga o\u2019zining tabiatni baham ko\u2019rib kelmoqda.<\/p>\n<p>Boshida aytganimizdek, har bitta ijodkorning dunyosi, tabiati bo\u2019lakcha. Shukur Xolmirzayev Boysun kenliklar odami. Uning asarlarida Jek London, Ernest Xemenguey kabi ijodkorlarning qalami ham bilinib turadi. Har bitta ijodkor kimdandir oziq olishi kerak. Mening fikrimcha, Shukur Xolmirzayevning asosiy ba\u2019zasi jahon adabiyoti durdonalaridan yig\u2019ilgan. Uning o\u2019ylov mezonlari keng yaylovga o\u2019xshaydi. Bu bo\u2019yicha bir necha olimlar o\u2019z fikrini keltirib o\u2019tgan. Tangidchi U.Normatov \u201cZaminda yashaymiz, zaminni o&#8217;ylaymiz\u201d maqolasida<\/p>\n<p>Sh. Xolmirzayev hikoyalariga xos mazkur xususiyat haqida shunday deydi: \u201cInson va tabiat munosabati Sh. Xolmirzayev hikoyalarining yetakchi leytmotiviga aylanib qoldi.<\/p>\n<p>Shunisi xarakterliki, yozuvchining so&#8217;nggi yillarda yaratgan deyarli barcha hikoyalari shu mavzu atrofida aylansa-da, ular bir-birini takrorlamaydi, har gal avtor masalaning yangi qirrasini kashf etadi, yang xarakter yaratadi, xarakter qalbining yangi tomonini ochadi&#8230;\u201d.\u00a0 Adabiyotning ham o\u2019z me\u2019xonlari bo\u2019lganidek, adib ham o\u2019z mezonlaridan chiqib ketishga harakat qilmagan. Uni shu mezonlar tarbiyalagan axir. Hayoti davomida shu qolipda ko\u2019plab hikoyalar yaratdi va adib o\u2019zidan boy adabiy merosni bizga tashlab ketdi. Uning shogirti, hamnafas do\u2019sti Nazar Eshonqul aytadi: Shukur akadek insonlar kam tug\u2019iladi. Ular o\u2019z nomi bilan o\u2019z dunyosini qura olgan INSON\u201d. Umumiy qilib aytganda, Shukur Xolmirzayevdek o\u2019z yo\u2019lini yaratib, keyin takrorlanmas qilib ketadigan adiblar juda kam.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>G\u2019afurova Go\u2019zal<\/strong><\/p>\n<p><strong>O\u2018zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>U kim edi? U to\u2019laligicha adabiyot bo\u2019lgan shaxs. U o\u2019zi deb, o\u2018zgalarni qurbon qilmagan. Uning har bir qadamidan adabiyot nafasi taralgan. Boysun tog\u2019larining qirlarida varrak uchurib, maysalarida mol boqqan, chillak o\u2018ynab, katta bo\u2018lgan barcha inson borki, adabiyot yarata oladi. Sababi, bunday go\u2018zal osmon bilan yashash, bunday tabiatda ulg\u2019ayish xohlamasangiz ham sizni ijodkor qilib tarbiyalaydi. Ustoz, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":18266,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[9],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18263"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=18263"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18263\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18267,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18263\/revisions\/18267"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/18266"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=18263"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=18263"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=18263"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}