{"id":17632,"date":"2024-01-20T17:27:32","date_gmt":"2024-01-20T14:27:32","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=17632"},"modified":"2024-01-20T17:30:30","modified_gmt":"2024-01-20T14:30:30","slug":"ulugbek-qosimov-eng-achinarlisi-yashirin-iqtisodiyot-sabab-ishchilar-kelgusida-pensiyaga-chiqishlari-uchun-zarur-bolgan-ish-stajlaridan-mahrum-bolmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=17632&lang=kr","title":{"rendered":"Ulug\u2018bek Qosimov: Eng achinarlisi yashirin iqtisodiyot sabab ishchilar kelgusida pensiyaga chiqishlari uchun zarur bo\u2018lgan ish stajlaridan mahrum bo\u2018lmoqda!"},"content":{"rendered":"<p>Davlatimiz rahbari huzurida joriy yil 16-yanvarda o\u2018tkazilgan 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta\u2019minlash bo\u2018yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig\u2018ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta\u2019minlash, qurilish sohasida \u201cYashirin iqtisodiyot\u201dga qarshi kurash masalalari yuzasidan muhokama yig\u2018ilishi<a href=\"https:\/\/www.surxondaryo.uz\/uz\/blog\/okimlik-yangiliklari\/1781\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"> o\u2018tkazildi.<\/a><\/p>\n<p dir=\"auto\">Surxondaryo viloyati hokimi rahbarligida o\u2018tkazilgan muhokamada qurilish sohasidagi qator dasturlar ijrosi tahlil qilindi. Viloyatda 2024-yilda \u201cIjtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish\u201d dasturiga jami 153 ta obyekt kiritilgan bo\u2018lib, shundan, 109 ta yangidan boshlanuvchi, 44 tasi yildan yilga o\u2018tuvchi loyihalar hisoblanadi. Maktablar qurish, rekonstruksiya va mukammal ta\u2019mirlash bo\u2018yicha 58 ta obyektdan 15 tasining loyiha-smeta hujjatlarlarini ishlab chiqish oxiriga yetkazilmagan. Maktabgacha ta\u2019lim va sog\u2018liqni saqlash obyektlarining 8 tasida komleks ekspertiza hulosalari olinmagan.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Loyihalarni ishlab chiqishni \u201cshablon\u201d qilmasdan, har bir hududning o\u2018z imkoniyatlaridan kelib chiqib, birinchi navbatda kelgusida uning samaradorlik ko\u2018rsatkichlarini hisobga olish lozimligi qayd etildi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Viloyat rahbari qurilish sohasidagi \u201cYashirin iqtisodiyot\u201dning davlat va jamiyat rivojiga, aholi turmush farovonligiga salbiy ta\u2019siriga ham to\u2018xtalib o\u2018tdi.<\/p>\n<blockquote dir=\"auto\"><p><em>\u2013 Doimiy ravishda tadbirkorlarning soliq hisobotlarini to\u2018g\u2018irlash yoki \u201cyashirin iqtisodiyot\u201dga barham berish bo\u2018yicha qator ishlar olib borilishiga qaramasdan 2023-yil davomida 4 288 ta holatda 917,0 mlrd so\u2018m budjetga soliqlar hisoblanmasdan, berkitib kelingani aniqlangan. Tahlil natijalariga ko\u2018ra faoliyat ko\u2018rsatib kelayotgan 1 794 ta korxonadan 737 tasi yoki 41 foizi soliq hisobotlarida ishchilar sonini 1 nafar ko\u2018rsatib kelgan. Vaholanki, ushbu korxonalar tomonidan o\u2018tgan yilning o\u2018zida 89,2 mlrd so\u2018mlik qurilish ishlari bajarilgan. Mazkur korxonalar haqiqatda ishlayotgan xodimlar sonini soliq hisobotlarida kam ko\u2018rsatib, ularga \u201ckonvert\u201d usulida ish haqi berish orqali budjetga soliq to\u2018lashdan qochmoqda. Eng achinarlisi, bu holatlar hisobotda ko\u2018rsatilmagan ishchilarni kelgusida pensiyaga chiqishlari uchun zarur bo\u2018lgan ish stajlaridan mahrum qilmoqda \u2013 deya ta\u2019kidladi viloyat rahbari.&nbsp;<\/em><\/p><\/blockquote>\n<p dir=\"auto\">Sohada \u201cyashirin iqtisodiyot\u201dga qarshi qat\u2019iy kurash, korxonalarni sog\u2018lomlashtirish, tadbirkorlarga halol faoliyat yuritish har tomonlama foydali ekanligini tushuntirish yuzasidan mutasaddi tashkilot va organlarga vazifalar belgilab berildi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Yig\u2018ilishda umumiy ovqatlanish shahobchalari tomonidan mijozlarga xarid cheklarini bermaslik holatlari aniqlanayotganligi ta\u2019kidlanib, soliq organlariga&nbsp;restoran, kafe va sohadagi boshqa xizmat ko\u2018rsatuvchi korxonalar bilan manzilli ishlab, tushuntirish ishlarini olib borish, ularning qonuniy faoliyat yuritishini ta\u2019minlash vazifasi yuklandi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Shuningdek, yig\u2018ilishda \u201cTashabbusli budjet\u201d dasturining 2023-yil 2-mavsumi ijrosi ham tahlil qilindi. Qurilish-ta\u2019mirlash ishlari sust olib borilayotgan 47 ta obyektda ishlarni jadallashtirish, 6 ta obyektdagi xarid ishlarini yakuniga yetkazish topshirildi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Muhokama yakunida viloyat rahbari, Prezidentimizning daryo o\u2018zanlaridan noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilish to\u2018g\u2018risidagi qaroriga ham to\u2018xtalib, Surxondaryo daryosi o\u2018zanidan noqonuniy foydalanish holatlarini zudlikda to\u2018xtatish, buning ustidan qat\u2019iy nazorat o\u2018rnatish vazifasini qo\u2018ydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Davlatimiz rahbari huzurida joriy yil 16-yanvarda o\u2018tkazilgan 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta\u2019minlash bo\u2018yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig\u2018ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta\u2019minlash, qurilish sohasida \u201cYashirin iqtisodiyot\u201dga qarshi kurash masalalari yuzasidan muhokama yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi. Surxondaryo viloyati hokimi rahbarligida o\u2018tkazilgan muhokamada qurilish sohasidagi qator dasturlar ijrosi tahlil qilindi. Viloyatda 2024-yilda \u201cIjtimoiy va ishlab chiqarish &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":17633,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[31],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17632"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=17632"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17632\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17635,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17632\/revisions\/17635"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/media\/17633"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=17632"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=17632"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=17632"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}