{"id":16467,"date":"2023-06-01T16:54:03","date_gmt":"2023-06-01T13:54:03","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=16467"},"modified":"2023-06-01T16:54:05","modified_gmt":"2023-06-01T13:54:05","slug":"2023-yil-yoz-faslining-birinchi-oyi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=16467","title":{"rendered":"2023 YIL YOZ FASLINING BIRINCHI OYI"},"content":{"rendered":"<p><i><span lang=\"UZ-CYR\" xml:lang=\"UZ-CYR\"><a href=\"https:\/\/hydromet.uz\/uz\/node\/3405\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O\u02bbzgidromet<\/a> xabar qiladi:<\/span><\/i><\/p>\n<p><i><span lang=\"UZ-CYR\" xml:lang=\"UZ-CYR\">Mintaqamizning iqlim sharoitiga ko\u2018ra, O\u2018zbekistonda, shuningdek, O\u2018rta Osiyoning barcha hududlarida yoz uzoq vaqt issiq va quruq bo\u2018ladi.<\/span><\/i><\/p>\n<p><i><span lang=\"UZ-CYR\" xml:lang=\"UZ-CYR\">Bunga qaramay, turli yillardagi yoz fasllari bir-biridan farq qiladi. Shunday yillar borki, jazirama issiq ancha uzoq vaqt davom etadi. Harorat tartibi aholi uchun nisbatan qulay bo\u2018ladigan yillar ham kuzatiladi.<\/span><\/i><\/p>\n<p><i><span lang=\"UZ-CYR\" xml:lang=\"UZ-CYR\">Biroq, so\u2018nggi yillarda yoz fasllarining o\u2018rtacha harorati tez-tez o\u2018rtacha yillik qiymatlardan oshib bormoqda.\u00a0<\/span><\/i><i><span lang=\"UZ-CYR\" xml:lang=\"UZ-CYR\">XXI<\/span><\/i><i><span lang=\"UZ-CYR\" xml:lang=\"UZ-CYR\">\u00a0asr boshidan beri faqat 2003 va 2009 yillardagi yoz fasllari me\u2019yordan biroz sovuqroq, boshqa barcha yoz fasllari esa me\u2019yor atrofida va undan iliqroq bo\u2018ldi. 2015 yildan boshlab barcha yoz fasllarining harorati me\u2019yordan yuqori bo\u2018ldi.<\/span><\/i><\/p>\n<p><i><span lang=\"UZ-CYR\" xml:lang=\"UZ-CYR\">Kelayotgan yoz fasli 2023 yilda qanday bo\u2018ladi?<\/span><\/i><\/p>\n<p><i><span lang=\"UZ-CYR\" xml:lang=\"UZ-CYR\">Deyarli har yili aholi orasida va hatto ba\u2019zi ommaviy axborot vositalarida yaqinlashib kelayotgan yoz fasli anomal (g\u2018ayritabiiy) issiq, barcha kuzatuv yillari uchun eng issiq bo\u2018ladi degan ma\u2019lumotlar paydo bo\u2018ladi. Shu bilan birga, ba\u2019zi hayoliy harorat qiymatlari aytiladi, ular odatda bu hudud uchun umuman to\u2018g\u2018ri kelmaydi.<\/span><\/i><\/p>\n<p><i><span lang=\"UZ-CYR\" xml:lang=\"UZ-CYR\">Bunday ma\u2019lumotlar odatda hech qanday ilmiy asosga ega emas. Meteorologiya fani bir vaqtning o\u2018zida bir necha oyga oldin harorat fonini prognoz qila olmaydi.<\/span><\/i><\/p>\n<p><i><span lang=\"UZ-CYR\" xml:lang=\"UZ-CYR\">Mutaxassislar kelayotgan yoz haqida nima deyishlari mumkin?<\/span><\/i><\/p>\n<p><i><span lang=\"UZ-CYR\" xml:lang=\"UZ-CYR\">Birinchidan, bugungi kunda yuqori aniqlik bilan biz faqat iyun &#8212; yozning birinchi oyi haqida gapirishimiz mumkin.<\/span><\/i><\/p>\n<p><b><i><span lang=\"UZ-CYR\" xml:lang=\"UZ-CYR\">Joriy yilning iyun oyi o\u2018rtacha issiq ob-havo bilan boshlanadi. Oyning eng boshida havo harorati 34-37<sup>o<\/sup>\u00a0atrofida bo\u2018ladi. Ikkinchi besh kunlikda issiq 37-40<sup>o<\/sup>\u00a0gacha, janubda va cho\u2018l hududlarda 40-43<sup>o<\/sup>\u00a0gacha ko\u2018tariladi va bunday harorat ikkinchi o\u2018n kunlikning boshigacha saqlanib turadi.<\/span><\/i><\/b><\/p>\n<p><b><i><u><span lang=\"UZ-CYR\" xml:lang=\"UZ-CYR\">Birinchi o\u2018n kunlik davomida O\u2018zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo\u2018lishi kutilmoqda, faqat tog\u2018li hududlarda ayrim kunlarda mahalliy momaqaldiroqli yomg\u2018irlar yog\u2018ishi mumkin.<\/span><\/u><\/i><\/b><\/p>\n<p><b><i><u><span lang=\"UZ-CYR\" xml:lang=\"UZ-CYR\">Iyun oyining ikkinchi va uchinchi o\u2018n kunliklarida issiq qisqa muddatga biroz kuchsizlanish davrlari bilan harorat asosan 36-39<sup>o<\/sup>, respublikaning shimolida, janubida va cho\u2018l hududlarida 42<sup>o<\/sup>\u00a0atrofida bo\u2018ladi.<\/span><\/u><\/i><\/b><\/p>\n<p><b><i><u><span lang=\"UZ-CYR\" xml:lang=\"UZ-CYR\">Umuman olganda, iyun oyi me\u2019yordan 2-3<sup>o<\/sup>\u00a0ga iliqroq bo\u2018ladi.<\/span><\/u><\/i><\/b><\/p>\n<p><i><span lang=\"UZ-CYR\" xml:lang=\"UZ-CYR\">Ayrim kunlarda ba\u2019zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg\u2018ir yog\u2018ishi mumkin, umuman olganda, iyun oyidagi yog\u2018ingarchilik miqdori me\u2019yordan kam bo\u2018lishi kutilmoqda.<\/span><\/i><\/p>\n<p><i><span lang=\"UZ-CYR\" xml:lang=\"UZ-CYR\">Iyul va avgust oylari uchun ob-havo prognozlari faqat ehtimollik shaklida tuzilishi mumkin &#8212; bu uzoq muddatli prognozlarga eng to\u2018g\u2018ri va aniq yondashuvdir.<\/span><\/i><\/p>\n<p><i><span lang=\"UZ-CYR\" xml:lang=\"UZ-CYR\">Iyul va avgust oylarida 60-70% ehtimollik bilan harorat foni me\u2019yordan biroz yuqori va uning atrofida bo\u2018lishi kutilmoqda. Yoz anomal issiq bo\u2018lmaydi, biroq haroratni 40-42<sup>o<\/sup>\u00a0gacha, respublikaning shimoliy, janubiy va cho\u2018l hududlarida 43-45<sup>o<\/sup>\u00a0gacha ko\u2018tarilib, juda issiq ob-havoning ayrim davrlari ham istisno qilinmaydi. Bu bizning O\u2018rta Osiyo iqlimimizning xususiyatlaridan biridir.<\/span><\/i><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzgidromet xabar qiladi: Mintaqamizning iqlim sharoitiga ko\u2018ra, O\u2018zbekistonda, shuningdek, O\u2018rta Osiyoning barcha hududlarida yoz uzoq vaqt issiq va quruq bo\u2018ladi. Bunga qaramay, turli yillardagi yoz fasllari bir-biridan farq qiladi. Shunday yillar borki, jazirama issiq ancha uzoq vaqt davom etadi. Harorat tartibi aholi uchun nisbatan qulay bo\u2018ladigan yillar ham kuzatiladi. Biroq, so\u2018nggi yillarda yoz fasllarining o\u2018rtacha &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16468,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[31],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16467"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=16467"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16467\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16469,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16467\/revisions\/16469"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/16468"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=16467"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=16467"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=16467"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}