{"id":14937,"date":"2022-04-05T10:50:08","date_gmt":"2022-04-05T07:50:08","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=14937"},"modified":"2022-04-05T10:50:11","modified_gmt":"2022-04-05T07:50:11","slug":"muzrabot-gaz-toldirish-shaxobchasiga-press-tur-bolib-otdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=14937","title":{"rendered":"MUZRABOT GAZ TO\u2018LDIRISH SHAXOBCHASIGA PRESS-TUR BO\u2018LIB O\u2018TDI"},"content":{"rendered":"<p dir=\"auto\">\u201cHududgaz Surxondaryo\u201d gaz ta\u2019minoti filialiga qarashli Muzrabot\u00a0gaz to\u2018ldirish shaxobchasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar va favqulodda vaziyatlar sodir bo\u2018lganda ob\u2019yekt rahbarlari va ishchi xodimlarning to\u2018g\u2018ri harakat qilishini muvofiqlashtirish, hududdagi ishchi xodimlarni xavfsiz hududga ko\u2018chirish va jabrlanganlarni tezkorlik bilan qutqarish ishlarini tashkil etish, jabrlanganlarga birinchi tez tibbiy yordam ko\u2018rsatish ishlarini tashkil etish, moddiy boyliklarni asrash bo\u2018yicha ob\u2019yekt rahbariyati, ishchi xodimlarning amaliy ko\u2018nikmalarini oshirishga bag\u2018ishlangan maxsus-taktik o\u2018quv mashg\u2018uloti jurnalist hamda blogerlar hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo\u2018limi, Tuman Sog\u2018liqni saqlash bo\u2018limi bilan hamkorlikda tashkil etilib, o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Muhtaram Prezidentimizning viloyatimizga qilgan tashriflari davomida berilgan topshiriqlariga asosan 2016 yilda Muzrabot tumani \u201cYangi diyor\u201d mahallasi xududida oylik quvvati 840,0 tonnaga teng bo\u2018lgan suyultirilgan gaz to\u2018ldirish shaxobchasi (GTSH) qurib bitkazilgan. Ushbu GTSH orqali bugungi kunda viloyatning Angor, Termiz, Muzrabot va Sherabod tumanlari aholisiga xizmat ko\u2018rsatib kelmoqda. Shuningdek, ilgari aholi maishiy gaz ballonlarni xususiy sinovdan o\u2018tkazish syexlari orqali navbatdagi texnik ko\u2018rikdan o\u2018tkazib kelgan bo\u2018lsa, bugungi kunda \u201cHududgaz Surxondaryo\u201d gaz ta\u2019minoti filialiga qarashli gaz to\u2018ldirish inshootlari qoshida sinov markazlari qurib bitkazilib, shu yerning o\u2018zida maishiy gaz ballonlarni joriy sinovdan o\u2018tkazilish va ta\u2019mirlash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Bu esa o\u2018z navbatida aholiga ancha qulayliklar yaratdi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Ma\u2019limot o\u2018rnida gaz ballonlarni texnik ko\u2018rikdan o\u2018tkazish tartibi O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 iyun kunidagi 348-son Qarorida \u201cGaz ballonlarini ta\u2019mirlash va texnik ko\u2018rikdan o\u2018tkazish tasdiqlangan tariflarga muvofiq iste\u2019molchi hisobidan gaz ta\u2019minoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi\u201d ko\u2018rsatib o\u2018tilgan. Qarorga asosan \u201cHududgaz Surxondaryo\u201d gaz ta\u2019minot filialining 2020 yil 15 dekabr kunidagi 216-son buyrug\u2018i ilovasida 1 dona maishiy gaz ballonni ta\u2019mirlash va sinov ko\u2018rigidan o\u2018tkazish 5 yilda 1 marta o\u2018tkaziladi, yiliga 15 000 so\u2018m, 5 yilga 75 000 so\u2018m etib belgilab qo\u2018yilgan.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Muzrabot\u00a0gaz to\u2018ldirish shaxobchasi Angor, Termiz, Muzrabot va Sherobod tumanlari iste\u2019molchilariga xizmat ko\u2018rsatadi. 2022 yil yanvar-mart oylarida, 16 nafar mutaxassis tomonidan iste\u2019molchilarning maishiy gaz ballonlariga 2008,1 tonna suyultirilgan gaz to\u2018ldirib berilgan. Bu ballon hisobida 100407 dona maishiy gaz ballonni tashkil etadi. Ushbu shaxobchada malakali muxandis va texnik xodimlar faoliyat yuritayongan bo\u2018lib. Ishchi xodimlarga qulay ish sharoitini yaratish maqsada shu yerning o\u2018zida ovqatlanish dam olish va yuvinish xonalari mavjud.<\/p>\n<p dir=\"auto\">\u201cHududgaz Surxondaryo\u201d gaz ta\u2019minoti filiali tomonidan tashkil etilgan press-turda tizim mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, davlat, nodavlat tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo\u2018limi va tuman Sog\u2018liqni saqlash xodimlari ishtirok etdi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">\u201cHududgaz Surxondaryo\u201d gaz ta\u2019minoti filiali tomonidan gaz ta\u2019minotini yaxshilash choralari ko\u2018rilib, eskicha usulda ishlashning har qanday shakllaridan to\u2018laligicha voz kechilyapti. Tizim tasarrufidagi tashkilot hamda korxonalar faoliyatini tubdan yaxshilash mexanizmlari tobora o\u2018zgarib boryapti. Jumladan, aholiga suyultirilgan hamda tabiiy gazni o\u2018z vaqtida yetkazib berish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko\u2018rish, gaz quvurlarini mukammal ta\u2019mirlash dasturlarini muddatida bajarish va gaz taqsimlash punktlarining namunaviy holatdaligini doimiy nazorat qilishga katta ahamiyat qaratilmoqda.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Endilikda suyultirilgan gaz iste\u2019molchilar uchun gaz ta\u2019minoti to\u2018lovlarini ID-kartalar orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Ya\u2019ni, fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan bankka borib karta ochishi va unga pul o\u2018tkazishi mumkin. Gaz yetkazib berish xizmat mashinalariga esa ushbu kartadan pul yechib oluvchi apparatlar o\u2018rnatilgan. Shuningdek, ID-karta balansini uyali aloqa vositasi orqali kuzatib borish imkoniyati ham mavjud.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Iste\u2019molchilar suyultirilgan gaz ballonlarini qabul qilganda suyultirilgan gazning belgilangan sifatda va hajmda yetkazib berilishini talab qilish, gaz miqdorini nazorat tarozilarida o\u2018lchab ko\u2018rish, belgilangan miqdorda bo\u2018lmagan suyultirilgan gazni olishdan bosh tortishga qonuniy haqqi bor. Shu o\u2018rinda aytib o\u2018tish joyizki\u00a0\u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 avgust kunidagi 646 son qarori\u201d bilan tasdiqlangan nizomga asosan gaz ta\u2019minoti bo\u2018limi avtoulovlari maxsus nazorat tarozisi bilan ta\u2019minlanishi lozim bo\u2018lib, faqatgina iste\u2019molchilar tomonidan so\u2018ralganda (talab qilingan taqdirda) nazorat tarosizi orqali o\u2018lchab beriladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Bugungi kunda har bir sohada uchrashi mumkin bo\u2018lgan ovoragarchiliklarni bartaraf etib, aholi uchun imkon qadar sodda va sifatli qulayliklarni yaratish, samarali xizmat ko\u2018rsatish tizimini yo\u2018lga qo\u2018yish har bir tarmoq oldida turgan ustuvor masala. Bo\u2018lib o\u2018tgan press-tur davomida jurnalist va blogerlar o\u2018zilariga qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">\u201cHududgaz Surxondaryo\u201d gaz ta\u2019minoti filiali matbuot xizmati<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cHududgaz Surxondaryo\u201d gaz ta\u2019minoti filialiga qarashli Muzrabot\u00a0gaz to\u2018ldirish shaxobchasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar va favqulodda vaziyatlar sodir bo\u2018lganda ob\u2019yekt rahbarlari va ishchi xodimlarning to\u2018g\u2018ri harakat qilishini muvofiqlashtirish, hududdagi ishchi xodimlarni xavfsiz hududga ko\u2018chirish va jabrlanganlarni tezkorlik bilan qutqarish ishlarini tashkil etish, jabrlanganlarga birinchi tez tibbiy yordam ko\u2018rsatish ishlarini tashkil etish, moddiy boyliklarni &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14938,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[5],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14937"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=14937"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14937\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14939,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/14937\/revisions\/14939"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/14938"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=14937"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=14937"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=14937"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}