Madaniyat

Ozbek tili bayrami kuni munosabati bilan madaniy-marifiy tadbir otkazildi

Surxondaryo viloyat mamuriy sudida, Ozbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda 21 oktyabr-Ozbek tili bayrami kungi munosabati bilan 2024 yil 18 oktyabr kuni sudya va sud xodimlari Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabning Ona tili va Adabiyot fani oqituvchisini N.Ulugov ishtirokida madaniy-marifiy tadbir otkazildi.

Ushbu tadbirda Sh.Mirziyoyevning “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bolgan ozbek tili xalqimiz uchun milliy ozligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho manaviy boylik, buyuk qadriyatdir” deya takilagan nutqlari tilimizga bo`lgan etiborning yana bir bor korsatadi. Til – davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demakdir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʻyilgan. Shu tariqa oʻzbek tili mustaqil davlatimizning Bayrogʻi, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yoʻli bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi. Ona tilimiz – oʻzbek tiliga 1989-yil 21-oktabrda davlat tili maqomi berildi.

Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Jamiyatda mavjud har bir sohaning malum bir mezoni bolganidek, yer yuzida-yashab, ijod qilayotgan har bir xalqning oz tili ularning aql-zakovati, shuuri, axloqiy kamolatga erishishda va milliy madaniyatini belgilovchi bir toxtamga kelgan til mezoni ham bolishligining zaruriyatini hozirgi davr taqoza etib turibdi.

Har qanday tilning jamiyatda tutgan orni va uning mavjudligi, mazkur tilning egasi bolgan xalqning, millatning borligi bilan belgilanadi. Milliy til bolmas ekan, uning milliy madaniyati ham, milliy marifati ham oz ahamiyatini yoqotadi. Biror tilning barqarorligi, osha xalqning adabiyoti, sanati va madaniyatining rivojlanishi bilan chambarchas bogliq bolishini kundalik hayot korsatib turibdi. Jamiyatda har bir kishi ozining ona tilisida va ozga (nemis, ingliz, frantsuz, xitoy, fors, tojik, ispan, yapon) tillarda ham muloqatga kirisha olsa bu unuing katta yutugi hisoblanadi. Ikki yoki undan ortiq tillarda sozlashish,fikr almashish xalqlar va millatlar ortasidagi ozaro dostlik, hamkorlik kabi qadriyatlarni mustahkamlashga zamin yaratadi. Til — xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi.

Alisher Navoiyning temuriylar davrida ozbek tilining obroyi uchun kurashgani ham shundan dalolat beradi. XX asr boshida marifatparvar bobolarimiz xalqni ilmga chorlash uchun tilni, alifboni isloh etishga harakat qilishgani ham ulkan marifiy ahamiyatga ega boldi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin ozbek tili rivojiga katta etibor berilgani natijasida Konstitutsiyamizda, “Davlat tili haqida”gi Qonunda ozbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, uni rivojlantirishning huquqiy asoslari belgilab qoyildi. Shu tariqa ozbek tili mustaqil davlatimizning bayrogi, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yoli bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi.

Bu ona tilimiz taraqqiyotida ilgari hech korilmagan yangi davr boshlan-ganining ifodasi edi.Bugungi kunda davlatimizning eng muhim hujjatlari ozbek tilida yozilmoqda. Ona tilimiz davlatlararo muloqotlarda, dunyoning nufuzli minbarlarida, xalqaro anjumanlarda ham keng qollanmoqda. U istiqlol yillarida milliy gurur manbaiga, mustaqilligimiz timsoliga aylanib qoldi. Ozbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun mamlakatimizda til bayrami sifatida nishonlanmoqda.

Diyorimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tilimiz rivojiga ham ijobiy tasir etmoqda. Uning lugat xazinasi yangi soz va tushunchalar bilan boyib, xorijiy tillar bilan aloqasi kuchayib bormoqda. Shu bilan birga, ona tilimizning imkoniyatlaridan keng foydalanish, uning xalqaro maydondagi obro-etibori va nufuzini yuksaltirish, eng zamonaviy soha va tarmoqlarda faol qollanishini taminlash boyicha kopgina ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Ana shu jarayonda ishtirok etish ona tilimizdan bahramand bolib voyaga yetgan, shu til orqali ozini, ozligini, butun dunyoni tanigan insonlar sifatida siz-u bizning ham farzandlik burchimizdir. Bu haqda soz yuritganda, bobomiz Alisher Navoiyning “Tilga etiborsiz — elga etiborsiz”, degan sozlarida naqadar chuqur hayotiy haqiqat mujassam ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.

Til bilish — madaniyat belgisi. Xalqimiz tabiri bilan aytganda, til bilgan el biladi. Shuning uchun ota-bobolarimiz qadim-qadimdan ikki-uch tilni bilgan. Bu esa ularga boshqa millat vakillari bilan erkin muloqot qilish, ulardan organish va ular bilan tinch-totuv, hamkor-u hamnafas bolib yashash imkonini bergan. Ayniqsa, bugungi kunda, mamlakatimiz butun dunyo bilan keng kolamda hamkorlik qilayotgan paytda til bilish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuning uchun yurtimizda nufuzli xalqaro tillar sirasiga kiradigan tillarni organishga ixtisoslashgan maxsus maktab va litseylar, oliy oquv yurtlari ochilmoqda, talabalarimiz til organish uchun xorijga yuborilmoqda. Lekin ona tili har qanday sharoitda ham inson uchun ruhiy tayanch bolib qoladi. Ayniqsa, milliy ozlikni anglash, “Kim edim-u, kim boldim?” degan savolga javob topish, xotira tuygusi bilan yashashda ona tilining ahamiyati beqiyos. Aynan ona tili tufayli inson oz ajdodlari bilan doimo ruhiy muloqot qilib yashaydi.

Yani, ularning aytgan ogitlari, yozib qoldirgan asarlari, qilgan ezgu ishlari ona tili orqali avloddan avlodga otib boradi. Shunday qilib, ona tilini puxta bilish, u bilan gurur-iftixor qilish milliy manaviyat, ozlik ifodasi bolsa, boshqa tillarni bilishga intilish madaniyat belgisi, qoshimcha bilim quroliga ega bolishdir. Bizning tilimiz- Ozbek tilidir. Ozbek tili boyicha fikr yuritar ekanmiz, eng avvalo har qanday ozga tilga bolgan munosabat osha xalqning tiliga, millatiga bolgan hurmat va etiborni unutmaslik kerak hamda osha tilga ehtiyotkarlik bilan yondashish lozim boladi. Buni etiborga olmaslik, oz tilidan ajralgan xalqning oziga xos milliy urf-odatlari, madaniyatini aks ettiruvchi belgilari han asta-sekin barham topa boshlaydi.Natijada, bir tilning yoqolishi osha til vakillarining boshqa millat til tarkibiga kirib, singib ketishiga olib kelishining muqarrarligini unutmaslik kerak bo‘ladi.

Surxondaryo viloyat ma’muriy sudi sudyasi

N.Bobomuratova

Surxondaryo viloyat ma’muriy sudi sudya katta yordamchisi

Z.Temirov

Related Articles

Back to top button