Маданият

Hurmatli isteʼmolchilar!

Oʼzbekistonda havo haroratining keskin pasayishi hamda ehtimoliy yogʼingarchiliklar sababli, tabiiy va suyultirilgan gaz isteʼmoli, shuningdek, kundalik hayotda isitish moslamalaridan faol foydalanishning oshishi kutilmoqda.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali fuqarolardan yopiq gaz uskunalari, xususan, gaz plitalari, isitish va issiq suv uskunalari hamda dudburonlardan foydalanishdan oldin ularga texnik xizmat koʼrsatish kerakligini soʼrab qoladi.

Shuni yodda tutish kerakki, is gazi bilan zaharlanish, yongʼinlar, gaz-havo aralashmasi va boshqa shunga oʼxshash hodisalar bilan bogʼliq favqulodda holatlar koʼpincha qoʼlbola isitish moslamalari (“tarakan” pechkasi, “qozonli pechka”, “sandal”), shuningdek, binolardagi havo kirish-chiqish tizimidagi (ventilyatsiya) va dudburonlar nosozliklar tufayli sodir boʼladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati aynan kuz-qish mavsumiga o‘tish davrida dudboronlarni korikdan o’tkazmasdan, uni tozalamasdan foydalanish holatlarida yuz beryapti.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz taminoti filiali xodimlari kuz-qish mavsumida aholi ortasida is gazidan zaharlanish bilan bog’liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholining bu boradagi savodxonligini oshirish maqsadida doimiy ravishda tushuntirish ishlarini amalga oshirib kelmoqda.

Filialning shahar va tuman gaz taminoti bolimi uy ichiga xizmati mutaxassislari aholi xonadonlarida bolib, ularning gaz jihozlari, isitish pechlari va dudboronlarining sozligini tekshirib, gaz jihozlaridan tog’ri foydalanish boyicha tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

Shu o’rinda istemolchilarimizdan yana bir bora dudboronlarining sozligini, tozaligini, isitish uskunalarini gaz tarmog’iga ulashdan oldin ko’zdan kechirib, filialda tashkil etilgan gaz uskunalariga texnik xizmat korsatish xizmatidan foydalanishlaringizni tavsiya etamiz. Bu o’zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi kafolati demakdir!

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali xalqimizni isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʼlish, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qattiq rioya qilish lozimligi haqida iltimos qiladi.

Аgar sizda gaz taʼminoti bilan bogʼliq muammolar yuzaga kelganda, kecha-kunduz ishlovchi telefon raqamlariga (76) 221-25-10, «104» va «Call-center»ga bog‘lanish uchun (76) 221-05-97 raqamlariga murojaat qiling .

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali viloyatimizdagi har bir oilaga, har bir xonadonga iliqlik, ezgulik va farovonlik tilaydi.

Related Articles

Back to top button