29.09.2025 yildagi O‘RQ–1084-sonli Qonun bilan inson huquq va erkinliklari ishonchli himoya qilinadi

Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari, uning shaxsiy hayoti daxlsizligi, shaxsiy hamda oilaviy siri, shaʼni va qadr-qimmati ishonchli himoya qilinishini taʼminlash maqsadida Qonun (O‘RQ–1084-son, 26.09.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonunning 3-moddasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
- 60-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bila turib yolgʻon xulosa berganlik, yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun ekspert Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238, 239-moddalariga muvofiq javobgar boʻladi”;
2) 62-moddaning ikkinchi qismi “oʻzi bajarayotgan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi” degan soʻzlardan keyin “yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmasligi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 64-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tarjimon bila turib notoʻgʻri tarjima qilganlik, yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238, 239-moddalariga muvofiq jinoiy javobgar boʻladi, bu haqda u sud tomonidan tilxat olib ogohlantiriladi”;
4) 98-moddaning uchinchi qismi “ekspert bila turib yolgʻon xulosa berganligi” degan soʻzlardan keyin “ish yopiq sud majlisida koʻrilganda yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganligi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 208-modda quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilganda yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik toʻgʻrisida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi. Tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 239-moddasiga muvofiq javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi”.
Qonun bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, yopiq sud majlisi muhokamasi ma’lumot hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik majburiyati yuklatilgan shaxs tomonidan ularni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ishni yopiq sud majlisida ko‘rish uchun asoslar mavjud bo‘lganda sud ishni yopiq sud majlisida ko‘rish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Ajrim chiqarilganda yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi ma’lumotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik to‘g‘risida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi.
O‘RQ–1084-sonli Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi inson huquq va erkinliklari, uning shaxsiy hayoti daxlsizligi, shaxsiy hamda oilaviy siri, shaʼni va qadr-qimmati ishonchli himoya qilinishini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Denov tumanlararo sudi sudyasi
S.Panjiyev
Sudya yordamchisi
A.Uzoqov




