Маданият

YER UCHASTKASIDAN O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN FOYDALANISH — QONUNIY JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

Yer — davlat va xalqning bebaho boyligi, undan oqilona va qonuniy foydalanish esa har bir fuqaroning mas’uliyatli vazifasidir. Yer resurslaridan belgilangan tartibga rioya qilmasdan foydalanish nafaqat yer munosabatlariga, balki boshqa fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Amaliyotda ayrim fuqarolar tomonidan tegishli hujjatlarsiz yer maydonlarini egallab olish, mavjud yer uchastkasining chegaralarini o‘zboshimchalik bilan kengaytirish yoki qonuniy huquqi bo‘lmagan holda yer uchastkasidan foydalanish holatlari uchrab turadi. Bunday harakatlar qonunchilikka zid bo‘lib, belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 60-moddasi 2-qismiga ko‘ra, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari, mansabdor shaxslarga esa 70 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirish uchun javobgarlik yanada og‘irroq belgilangan. Mazkur holatda fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari, mansabdor shaxslarga esa 400 baravari miqdorida jarima solinishi mumkin.

Qonunchilikda huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs uchun ham muhim qoida mavjud. Agar shaxs o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olish oqibatlarini bartaraf etsa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun javobgarlikdan ozod etilishi mumkin. Ushbu qoida yer uchastkasida noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq holatlarga tatbiq etilmaydi.

Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallash yoki unga nisbatan qonuniy huquqi mavjud bo‘lmagan holda foydalanishni takroran sodir etish esa yanada jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Xususan, ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin xuddi shunday harakat yana sodir etilsa, qonunchilikda jinoiy javobgarlik ham nazarda tutilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Uzun tuman sudi tergov sudyasi       

Alikulov A’zamberdi Xolmatovich

Related Articles

Back to top button