Hodisalar

Tabiat va atrof-muhitga yetkazilgan zarar undirildi.

Da’vogar «BMTB» DAVLAT MUASSASASI da’vo ariza bilan sudga murojaat kilib, unda 2023 yilda davlat muassasasi xodimlari nazorat-kuzatuv ishlarini olib borayotganida, SBZ hech qanday ruxsatnomasiz o‘suvchanligini yuqotmagan pista daraxtlarini tag qismidan hamda 3-tup pista daraxtlarini yon shoxlarini shikastlantirishi oqibatida tabiatga 7.920.000 so‘m zarar yetkazganligini, ushbu zararni ixtiyoriy ravishda qoplash yuzasidan 2024 yil 02 fevral kuni yuborilgan 01/07-sonli ogohlantirish xati oqibatsiz qoldirilganligini bildirib, da’vogar «BMTB» DAVLAT MUASSASASI foydasiga 7.920.000 so‘m zararni javobgar hisobidan undirib berishni so‘ragan

Sud majlisida javobgar SBZ da’vo talabini qisman tan olib, 850.000 so‘m ma’muriy jarimani to‘langanligin, oilaviy sharoiti og‘ir ekanligini, zararni to‘lashga imkoniyati yetmasligini bildirib, qonuniy yengillik berishni so‘radi.

 Aniqlanishicha, 2023 yilda davlat muassasasi xodimlari SBZ hech qanday ruxsatnomasiz o‘suvchanligini yuqotmagan to‘nka oldi diametrlari 12,13,15 sm.li pista daraxtlarini tag qismidan hamda 3 tup pista daraxtlarining yon shoxlarini shikastlantirib, o‘simlik dunyosiga zarar yetkazgan.

Mas’ul xodimlar tomonidan ushbu haqida tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan va SBZ dan holat bo‘yicha tushuntirish olingan hamda ushbu haqida dalil sifatida fototasvir taqdim etilgan.

«BMTB» DAVLAT MUASSASASI tomonidan 2023 yil SBZ ga nisbatan 1.700.000 so‘m ma’muriy jarima jazosi tayinlangan va jarima jazosi javobgar tomonidan to‘langan.

 Ish hujjatlarida mazkur holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktabrdagi 290-sonli qarorining 14-ilovasiga asosan hisoblanganda javobgar SBZ ning huquqbuzarligi natijasida o‘simlik dunyosiga jami 7.920.000 so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasiga ko‘ra, davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 49-moddasiga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslar o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashlari shart.

Javobgar SBZga o‘zining g‘ayriqonuniy harakati oqibatida tabiatga 7.920.000 so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

Shu bois sud da’vogar «BMTB» DAVLAT MUASSASASI ning MFS ga nisbatan yetkazilgan zararni undirish haqidagi da’vosi qanoatlantirilgan hamda javobgar SBZ hisobidan ««BMTB» DAVLAT MUASSASASI hisobiga 7.920.000 so‘m moddiy zarar va 34.000 so‘m pochta xarajati jami 7.954.000 so‘m undirilgan.

Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish, flora va fauna olamini asrab-avaylash, keng miqyosdagi ekologik inqirozga yo‘l qo‘ymaslik insoniyat oldidagi dolzarb vazifalarga aylangan.

Tabiat va inson o‘rtasidagi munosabat ma’lum bir qonunlar orqali boshqariladi. ularga rioya qilmaslik ertami, kechmi, albatta ekologik halokatga olib keladi. Tabiatda turlarning rivoji zanjir kabi bir-biri bilan chambarchas bog‘langan, ular o‘zaro yaxlit ekotizimni tashkil etadi. Hattoki, bir giyoh turining yo‘qolishi ham yashil olam muvozanati buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha

Sariosiyo tumanlararo

sudining sudyasi- U.Xudoyqulov

 

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button