Бу қизиқ

YER UCHASTKALARI TO‘G‘RISIDA

“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 6-sentabrdagi PF-135-son Farmoni

Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi:

Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida — 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni o‘n besh ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

Boshqa aholi punktlarida — 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni o‘n besh ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

Barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati o‘n besh ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi,

Bundan boshlang‘ich narxi 50 foizdan ortiqqa pasaytirilgan holda realizatsiya qilingan yer uchastkalari mustasno.

L.G’oibov

“Elektron onlayn auksionlarni

tashkil etish” AJ Surxondaryo viloyati vakili

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button