Бу қизиқ

SUD ENDILIKDA DEPUTATLARGA HISOBOT TOPSHIRISHGA MAJBUR EMASLIGI QONUN BILAN BELGILAB QO‘YILDI

Lekin ular jamoatchilikka OAV orqali axborot beradi.

Keyingi yillarda «Yangi O‘zbekiston — yangi sud» prinsipi doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun insonning qadr-qimmati ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan muhim islohotlar amalga oshirildi.

Olib borilgan ishlar natijasida odil sudlovni amalga oshirish jarayonida shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi.

Shuningdek bugungi kunda sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish institutini takomillashtirish orqali protsessual kodekslarga fuqarolar uchun kulay hamda soddalashtirilgan tartibni yaratishga qaratilgan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchloi himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar olib borildi.

Prezident qarori

Prezident tomonidan 14.08.2024-yildagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlashga, sudlar faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilishga hamda yagona sud amaliyotini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-943-son Qonun imzolandi.

Ushbu Qonun sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini yanada mustahkamlashga, jamiyatning sudlar faoliyati to‘g‘risida muntazam axborot olishi uchun mustahkam huquqiy asoslarni yaratishga, sudyalar zimmasiga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan biror-bir majburiyat yuklatilishining oldini olishga hamda ular faoliyatining shaffofligini ta’minlashga, shuningdek qonunchilikdagi ayrim bo‘shliqlar va ziddiyatlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash

Endilikda Xalq deputatlari kengashlari sud raislarini sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitishmaydi. Ta’kidlanishicha, mazkur chora sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan. Ushbu talab 2018-yilda joriy etilgan edi.

Bundan tashqari, endilikda sud raislari har chorakda OAV orqali jamoatchilikni o‘z faoliyati haqida xabardor qilib borishadi.

Sudyani qamoqqa olish shartlari

Sudyani qamoqqa olish shartlari o‘zgarmoqda. Ilgari sudyaga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi faqat unga nisbatan o‘ta og‘ir jinoyat yoki odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan boshqa jinoyat sodir etganlikda ayb qo‘yilgan hollarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ushbu ehtiyot chorasini sudya tomonidan og‘ir jinoyat sodir etilganda ham qo‘llash mumkin. Mazkur qonun 14.08.2024 dan kuchga kirgan.

Bundan tashqari ushbu qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 6 yanvarda qabul qilingan «Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘RQ-600-sonli Qonuniga quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi: fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, jamoat birlashmalarining ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan da’vo arizalaridan, alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi, da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi, sud jarimalarini solish to‘g‘risidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan, chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizalardan, chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan, shuningdek fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlarini va ko‘chirma nusxalarini berganlik uchun»;«nazorat» degan so‘z «taftish» degan so‘z bilan almashtirilsin deb o‘zgartirish kiritildi.

Bundan ko‘rinadiki, mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida, shu jumladan inson huquqlari va erkinliklarining kafolati sifatida adolatli sud-huquq tizimini shakllantirish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda Qonun ustivorligini ta’minlash va qonuniylikni mustaxkamlash borasidagi islohotlar izchil davom etmoqda.

Sudlovning odilligini ta’minlovchi huquqiy maydon – umuminsoniy qadriyatlar va umume’tirof etilgan huquq andozalariga asoslangan, shaklan va mohiyatan yangi qonunlar qabul qilinmoqda.

Ularning asosiga qonuniylik, demokratizm, odillik, insonparvarlik, jinoiy qilmish uchun javobgarlikning muqarrarligi kabi odilona prinsiplar qo‘yilgan.

Номозов Музаффар

Фуқаролик ишлари бўйича Сариосиё туманлараро суди раиси.

Туранов Қаҳрамон

Фуқаролик ишлари бўйича Сариосиё туманлараро суди судьяси

 

 

Related Articles

Back to top button