Бу қизиқ

Sud qaroriga asosan xodimning buzilgan huquqlari tiklandi

Da’vogar J.S sudga dav’o ariza bilan murojaat qilib, javobgar «AAA» tashkilotiga nisbatan MCHJ rahbarining 2023 yil 17 noyabr kunidagi 28-K-sonli buyrug‘ini g‘ayriqonuniy deb topib, avvalgi «AAA» tashkiloti boshqaruvining ishlab chiqarish va tashkiliy ishlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga ishga tiklash, majburiy progul uchun ish haqi va 100.000.000 so‘m zarar undirishni so‘ragan.

Sud, taraflarning tushuntirishlarini tinglab, taqdim etilgan va to‘plangan hujjatlar va materiallarni o‘rganib chiqib, muhokama va tahlil qilib da’vo talabini qanoatlantirishni lozim topdi.

Aniqlanishicha, «AAA» tashkiloti boshqaruv raisining 2017 yil  01 maydagi 13-K-sonli buyrug‘iga asosan J.S «AAA» tashkilotining ishlab chiqarish va tashkiliy ishlar bo‘yicha maslahatchisi vazifasiga qabul qilingan.

«AAA» tashkiloti boshqaruv raisining 2023 yil 01 martdagi 03-K-sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 7-bandiga muvofiq egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudining         2023 yil 07 iyundagi hal qiluv qaroriga asosan «AAA» tashkilotining 2023 yil 01 martdagi 03-K-sonli buyrug‘i g‘ayriqonuniy deb topilib, J.S ilgari ishlab kelgan «AAA» tashkilotining ishlab chiqarish va tashkiliy ishlar bo‘yicha maslahatchisi vazifasiga 2023 yil 01 mart kunidan boshlab ishga tiklangan. Shuningdek, «AAA» tashkilotining hisobidan da’vogar J.Sning foydasiga majburiy bekor yurgan vaqtlari uchun jami 9.943.868 so‘m ish haqi (soliq va boshqa majburiy to‘lovlar ushlangan holda), 3.200.000 so‘m ma’naviy zarar va 30.000 so‘m pochta xarajati undirilgan.

Surxondaryo viloyat sudi Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellsiya instansiyasining 2023 yil 18 iyuldagi ajrimi bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudining       2023 yil 07 iyundagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 161-moddasida nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish asoslangan bo‘lishi kerak.

Sud aniqlashicha, «AAA» tashkiloti tomonidan J.Sni lavozimidan ozod etishda  ish beruvchi tomonidan g‘ayriqonuniy ravishda bo‘shatilgan deb hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, sud J.Sni ilgari ishlab kelgan «AAA» tashkilotining ishlab chiqarish va tashkiliy ishlar bo‘yicha maslahatchisi vazifasi yoki unga tenglashtirilgan lavozimga ishga tiklashni lozim topadi.

Mehnat kodeksining 155-moddasi birinchi qismida mehnat shartnomasini bekor qilish deganda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni tugatish tushuniladi.

Mehnat kodeksining 569-moddasiga ko‘ra, o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni ishga tiklash, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ta’rifini o‘zgartirish to‘g‘risidagi sud qarori yoxud g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash haqidagi yoxud g‘ayriqonuniy ravishda ishdan chetlashtirilgan xodimga avvalgi ishini berish to‘g‘risidagi yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organning qarori darhol ijro etilishi lozim.

Sudning hal qiluv qarori bilan da’vogar J.Sning da’vo arizasi qanoatlantirilib, javobgar «AAA» tashkiloti boshqaruv raisining 2023 yil 17 noyabrdagi 28-K-sonli buyrug‘i g‘ayriqonuniy deb topilgan va J.S ilgari ishlab kelgan «AAA» tashkilotining ishlab chiqarish va tashkiliy ishlar bo‘yicha maslahatchisi vazifasiga yoki unga tenglashtirilgan ish o‘rniga ishga tiklangan. Javobgar «AAA» tashkilotining hisobidan da’vogar J.Sning foydasiga majburiy bekor yurgan vaqtlari uchun jami 10.756.629 so‘m ish haqi (soliq va boshqa majburiy to‘lovlar ushlangan holda), yetkazilgan zarar va sud xarajatlari undirilgan.

Hal qiluv qarorining ishga tiklash qismi darhol ijroga qaratilib, hozirda xodim o‘z vazifasiga kirishib, ishlab kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda ish beruvchi xodim bilan mehnat munosabatlariga kirishar ekan, ular mehnat munosabatlarini tartibda soluvchi qonun hujjatlariga talablariga rioya etishlari shart.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha

Sariosiyo tumanlararo sudi raisi     M.E.Nomozov

Related Articles

Back to top button