Boysun bahori
Qish uyqusidan keyin yer zumrad o’tlari bilan qoplanishi, tabiatning gullashi hamda daraxt gullarining xush bo’y hididan bahramand olishingiz mumkin. Boysun tog’ etaklarida aholining qadimdan o’z madaniy udumlarini saqlab qolganliklarini ularning o’tovlaridan , milliy sporti bo’lmish Kurash , Ko’pkari ka’bi o’yinlaridan hamda milliy san’at sanalmish Baxshichilik hamda Chanqobuz cholg’u asboblari sadosidan bilsangiz bo’ladi.
Shu sababli ham YUNESKO tomonidan ushbu hudud “Og‘zaki va nomoddiy madaniy meros durdonasi” deb tan olingan va uni ko’rgani har yili 50 dan ziyod mamlakat sayyohlari tashrif buyuradi. Yana shuni aytish joizki o’zbek millatining oshxonasini ma’daniyatdan ajratib bo’lmaydi va festivalga tashrif buyurgan barcha muxlislarga milliy taomlar taqdim etiladi. Ko’p sonli qozonlarda o’zbek milliy oshxonasining o’nlab taomlari tayyorlanadi ya’ni shu hududda yashovchi aholi tili bilan aytganda: Palov , Sho’rpa , Tandir , G’ilmindi , Yupqa , Xolvaytar, Qatlama va boshqalar.
Nafis san’at bayrami — “Boysun bahori” xalqaro folklor festevali bu yilda ham an’anaviy tarzda o’tkazilmoqda. Bu yil yettinchi bor tashkil etilyotgan festivalda YUNESKO, TURKSOY, Yevropa ittifoqi singari nufuzli xalqaro tashkilotlar, Buyuk Britaniya,Tailand Yaponiya kabi mamlakatlardan faxriy mehmonlar ishtirok etishmoqda. Shuningdek, 40 dan ortiq davlatdan 150 dan ziyod ishtirokchilar folklar va milliy xalq o’yinlari va tomosha san’ati muhlislari tashrif buyurgan.
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali YUNESKO tomonidan 2001- yilda O’zbekistonning Janubiy hududlari va Boysun ma’daniyati, og’zaki hamda nomoddiy meros durdonasi deb e’tirof etilgan . Ilk bora ushbu festival “Boysun bahori” 2002 – yilda o’tkazilgan. Dastlab, festival har yili o’tkazilar edi. Ammo 2005-yilda ma’lum sabablarga ko’ra u to’xtatildi va shundan so’ng 11 yil o’tgach 2017-yili bu festival an’ana yangilandi.
Ushbu festival O’zbekiston janubiy hududlarining nomoddiy, ma’daniy , og’zaki ijodini hamda shu hududda an’anaga aylangan sport o’yinlari Kurash, Ko’pkari ( ot o’yini ) va boshqa musobaqalari uchun maydonlar mavjud bo’lib har safargi festivalda ushbu an’anaviy sport o’yinlari tashkil e’tiladi.
“Ketmon Chopti’ tog’ tizmasi o’rab turgan go’zal hududda “Boysun Bahori” folklor festivali tashkil etiladi. Bu shahar tog’ yon bag’irlariga yaqin bo’lishiga qaramasdan u globallashuvdan ko’ra ko’proq konservatizmga yaqinroq hudud sanaladi. Ammo Boysun bahori festivalini boshqa festivallar bilan taqqoslab bo’lmaydi chunki bu yerda folklor ijodi tabiiy ravishda ijro etiladi hamda bu yerda ma’daniyatning avloddan avlodga meros bo’lib qolishi mahalliy aholining o’z urf-odatlarini saqlab qolganliklari yaqqol ko’zga tashlanadi.
Abdumalikov Diyorbek
O’zbekiston Jahon tillari universiteti
Xalqaro Jurnalistika fakulteti talabasi.