«Inson qadri va manfaatlari uchun» g’oyasi asosida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
2023 yil 20 oktabr kuni Denov Tadbirkorlik vf Pedagogika instituti Pedagogika fakultetida Fuqarolik ishlari bo’yicha Sariosiyo tumanlararo Sud raisi Nomozov Muzaffar Ergashovich, Sariosiyo tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Murotov Nuriddin Namozovich va FIB Sariosiyo tumanlararo sudyasi Turanov Qahramon fakultet talabalari va pedagog xodimlar ishtirokida «Inson qadri va manfaatlari uchun» degan ezgu g’oya asosida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda so‘z olgan FIB Sariosiyo tumanlararo sudi raisi M.Nomozov “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan islohotlarni jadal davom ettirish hamda huquq ustuvorligini ta’minlashga qaratilganligi haqida gapirib o‘tdi.
Shuningdek sudyalar fuqaroviy, iqtisodiy va jinoiy ishlar bo’yicha sudlarda ko’rilyotgan nizolar bo’yicha alohida nutq so’zlab yig’ilish ishtirokchilariga huquqiy tushuntirishlar berib o’tdi.
N.SHARIPOV veb-sayt muxbiri