Hodisalar

Seni oilang kutmoqda

Ma’lumki, yurtimizda har bir fuqaro azizdir uning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan huquqlari himoya qilinishi hech kimga sir emas. Biroq so‘ngi vaqtlarda xalqaro maydonda bo‘layotgan harbiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga chet elda turli sabablarga ko‘ra migrant sifatida istiqomat qilib kelayotgan fuqarolarning salbiy holatlarga tushib qolishi kuzatilmoqda.

Bugungi kunda Markaziy Osiyodan eng ko‘p fuqarolar oqimi tashkil qiluvchi davlat bu Rossiya Federatsiyasi xisoblanib, birgina Qirg‘iziston va Tojikistondan 1 (bir) milliondan oshiq fuqarolar, O‘zbekistondan 2 mln fuqarolarning mehnat migranti sifatida ishlab kelayotganligi aniqlangan.  Migrantlarning pul ko‘chirmalari Qirg‘iziston bilan Tojikiston YIMning taqriban 30%ni tashkil qiladi.

Biroq shuni xam takidlab o‘tish joizki 2022 yilning 24 fevral kunidan buyon Rossiya-Ukraina o‘rtasida sovuq munosabatlarning boshlanishi RF va Ukrainada bo‘lib turgan mehnat migranlarining faoliyatiga xam sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.

2022 yilning 18 oktyabr kuni O‘zbekiston Bosh konsulligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko‘magida Rostov viloyati xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazlaridagi 47 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarilib, shu kungacha minga yaqin fuqarolar vatanimizga qaytarib olib kelindi.

Afsuski, so‘ngi vaqtlarda chet elda bo‘lib turgan fuqarolarning o‘zlariga tegishli xuquq va majburiyatlarini suistemol qilmoqda. Ularning turli xil xususiy harbiy guruhlar tarkibiga moddiy mablag‘ evaziga qo‘shilish(yollanish) va qonunga zid ravishda jangovar harakatlarda qatnashish holatlari kuzatilmoqda. Ularning ushbu harakatlari esa O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasiga ko‘ra, nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib harbiy harakatlarda qatnashishi besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilanganligini bilish zarur.

Qolaversa fuqarolarning o‘zining kindik qoni to‘kilgan joyda shirindan-shirin farzandlari, ota-onasi va yaqinlari kutib turganligini, ular qisqa vaqt ichida mo‘may moddiy daromat topaman deb, farzandlarining bir umr yetim qolishiga sabab bo‘lishi mumkinligini chuqur anglashi zarur.

Related Articles

Back to top button