Hodisalar

Pul topaman deb, mozorsiz qolgan bolam!

o`xshash surat 

Tong chog’i qiyomad bo’ldi. Bir hovuch so’ngakka aylanib qolgan keksa ona soch yulib yig’lardi, dod solib yig’lardi, faryod solib yig’lardi. Fig’oni falakka chiqdi, dardi olamga sig’madi. “Voy yoronlar, o’ynab ketgan bolam o’lib keldi”.

Vohamizning tumanlarining birida yashaydigan qarindoshimiznikiga to’yga boruvdik. Kutilmaganda qo’shni honadondagi yig’i ovozi hammaning qulog’ini qomadga keltirdi.

— O’lgan odam betobmidi — deya so’radim qarindoshimizdan. U bir pas tin oldida javob berdi:

— Qani endi betob bo’lganida, qani endi to’shakka mixlanib qolganida. Qani endi jasadi bo’lganida…

Men uning so’zlarini tinglar ekanman, achinish bilan bir qatorda hayratim ham ortib borardi. Buni suhbatdoshim darov angladi shekilli, to’liqroq javob berishga harakat qildi.

— Qo’lida xunari bor edi boyaqishning. Yog’och deganlariga shunday ishlov berar ediki, g’o’la deganlari qimmatbaho buyumga aylanib qolardi. Qishloqdagi har bir xonadonda raxmatlikning yasagan buyumlari bor. Rizqini topib, birovdan kam, birovdan ko’p bo’lib yashardi. Qushni qishloqda yashaydigan “Anvar” bilan tanishgan kunidan boshlab fikri o’zgardi. Aytishlaricha, “Anvar” unga xorijda ishlash taklifini bergan ekan. “Yurasizmi qishloqda xor bo’lib. Horijda ishingizga bo’lgan talab kuchli. Bu yerda bir yilda ishlaydigan pulingizni Rossiyada bir oyda  topasiz. Vaqtni boy bermang”, der ekan kallob. Ota-onasining qarshiligiga qaramasdan chet elga ketdi. Shu ketgandan besh oy qorasini ham ko’rsatmadi. Uydagilari ancha xavotir oldilar. Bu orada oilasi anchayin iktisodiy jixatlama ham qiynalishdi. Xatto kichkina o’gli qattiq shamollab olamdan o’tdi. Xech yo’qsa bolasining o’limi haqida aytish uchun ham u bilan bog’lanishning imkoniyati bo’lmadi. Kunlarning birida otasi uni izlab Rossiya tomonlarga ketdi. Yurgan daryo, deganlari rost ekanda, o’glini ishga olib ketgan Anvarni topishga erishibdi. Katta va’dalar bilan ishga olib ketgan “Anvar” keyin ma’lum bo’lishicha, odamfurushlik bilan shug’ullanar ekan. “O’glingiz boshqa viloyatda ishlayapdi, iltimos u bilan uchrashmang. Fikri buzilib ketamanga tushib qoladi. Shartnomasi tugagach maoshini olib o’zi sizni ko’rgani boradi”, deb ota bechorani ham aldabdi. O’zbekistondan borib, Anvarning qo’lida ishlaydigan bir yigit shunda ota bechoraga bor gapni aytibdi.

Men qiziq bir ertakning davomini bilishga oshiqayotgan boladek, suhbatdoshimga «qanday bor gap», degan savol nigohi bilan boqardim. U esa so’zida davom etdi.

— Xorijda insonning ichki a’zolarini kesib olib boshqa birovga o’rnatishning imkoniyati keng ekan. Donor topolmagan odamlar ilojsizlikdan Anvarga o’xshagan nokaslarga buyurtma berar emish. Anvar bugun janozasi bo’layotgan yigitni aldab xorijga olib borib, o’pkasini boshqa birovga berishga majbur qilibdi. Sho’rlik ota bu kismatni eshitgach chidab tura olmabdi va Anvardan o’glini topib berishini talab qilibdi. U esa o’zining sheriklari bilan, otani ham o’ldiribdi. Qiy-chuv boshlangach odam ko’payibdi. Keyin Anvar qochib ketibdi. O’z yurtidagi ishi qolib, Anvarga o’xshagan odamfurushlarning so’ziga uchib borgan yigitlar ham shu bahona qutilishga muvaffaq bo’libdi. Yaxshiyam odamiylik, degan xislatlarimiz bor insonlar sho’rlik otaning o’glini be ega qoldirmabdi, uyga olib kelishibdi.

— Rostdan ham achinarli…

— Ex, nimasini aytasiz, qishloqdan ketgan ko’p yoshlar yillar davomida ishlab na maosh olishibdi, na o’z yurtiga qaytishga chora topibdi. Borgan zahoti pasportlarini qo’lidan olib, qulday ishlatarmish, vijdonsizlar.

Qarindoshim bilan suhbatlashar ekanman, qo’shni uydagi ovoz baland-baland chiqardi.

Voy, chumoliga ham ozori yo’q turamov!

Voy, mozori yo’q bolamov!

Onaning insonni daxshatga soladigan yo’qlovlarini qishloqdoshlari tinglar ekan, ko’pchilik telefonda raqam terishga unnab ketdi. Go’yo xorijdagi bolasi ham shunday qismat topishidan qo’rqqanday, sarosimaga tushardi. Ona esa betin dod solardi.

— Taqdiring ham qurisin bolam! O’z yurtingda rizq yuqmidi, noshukur bolam.

Barzang yelkalarda tobut chayqalib borar ekan, kimdir yonidagi birodariga shivirladi:

Uzoqning boshog’idan yaqinning somoni afzal. Inson noshukur bo’lmasligi kerak. Manna oxiri nima bilan tugadi. Bir oiladan ikki kishi o’ldi. O’g’lining o’ligi qaysi tuproqda turob bo’larkan?

Sherigi uning so’zlarini ma’qullaganday bosh irg’adi.

O’zi hammaga ham ishonib ketavermaslik kerakda. Pul degani xazon emaski, xorijda supirib-supirib topilsa. Xar yerning o’z tarozisi bor, birodar…

                                                                                                                 B.Baratov

 

Related Articles

Back to top button