Rasmiy munosabat
Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali “Sho’rchi tumani Joyilma mahallasidagi fuqaroning yashash honadoni va g’isht zavodi buzib tashlandi” deya bayon qilingan xabar o’rganildi.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo’yicha Denov tumanlararo sudining joriy yil 2 fevral kunidagi sud qaroriga asosan javobgarlar B.Ibragimov, J.Nazirov, I.Nazirov, G’.Ochildiyev va G.Ibragimovlarni Oltinsoy tumani Gulchechak mahallasida joylashgan 174-A-uy bo’lgan noturay joy (tovuqxona firmasi) binosining yer maydoni qurilgan g’isht zavodi, yashash uyi, molxona va boshqa qurilmalarni qarzdorlar hisobidan buzish hamda uy-joydan chiqarish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Oltinsoy tuman bo’limi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan va javobgarlarga bir necha bòr sud qarori tushuntirilib, ogohlantirilgan. Biroq javobgarlar sud qarori talablarini bajarmasdan o’z ixtiyorlari bilan qurilmalarni buzmagan.
Shundan so’ng Byuronig tuman bo’limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan va 2022 yilning 08 iyun kuni mujburiy ijro tayinlanib, tegishli tashkilotlar ishtirokida majburiy ijro harakatlari amalga oshirilgan. Majburiy ijro harakatlari davomida javobgarlar tomonidan qarshiliklar ko’rsatilganligi bois ichki ishlar xodimlari tomonidan ishtirokchilarning xavfsizligi ta’minlangan.
Majburiy ijro harakatlari yakunlanmasdan qolganligi sababli boshqa kunga qoldirilgan.
Mazkur xabar hech qanday haqiqatga asoslanmagan hamda ijro ishi yuzasidan qonuniy harakatlar amalga oshirilib, ijro harakatlari olib borilmoqda.